Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!

Hayotga qiziqishim yo`q

Assalomu alaykum. Sizlardan iltimosim menga yordam berishingiz so’rab qolaman. Menda qanday hayotga qiziqish ham yuq, biror bir ish qilishga intilish ham,shuningdek yuragim uzidan uzi (sababsiz) g’ash bulaveradi.lekin hamma yoq joyida.lekin sababini aniqlay olmayapman.

5 та жавоб

barno жавоб берди 0
Bunday vaziyatlar barchada bo`ladi. Aslo gam chekmang. Ozingiz qiziqqan ishlar bilan shug`ullaning.
Kayfiyatingizni ko’taring!
Bo’lib o’tgan asabbuzarlikdan ko’nglingiz g’ash, hayotdan hafsalangiz pir bo’lgandaymi? Quyidagilarga amal qilsangiz, bu ko’ngilsizlikdan qutulasiz! — Issiq vanna qabul qiling. Bu sizning tinchlanib, o’zingizga kelib olishingizga katta yordam beradi — Uyquga ketishda bo’lib o’tgan janjalni o’ylamasdan, boshqa yaxshi narsalar haqida xayol surib uxlashga harakat qiling. Ko’rasiz, ertalab kechagi tushkunlikdan asar ham qolmaydi. — Sport bilan shug’ullaning, To’g’ri, kayfiyatingiz bo’lmaganda hech narsa yoqmaydi. Ammo jismoniy harakat, sizdagi salbiy hissiyotlarni quvib chiqarishga qodir! — Do’kon aylanib o’zingiz uchun yangi narsa xarid qiling, go’zallik saloniga borib, imijingizni o’zgartiring. — Ko’nglingizga yaqin odamga qo’ng’iroq qilib yoki uchrashib, dildan suhbatlashing.
ansor жавоб берди 10
Аллохга итоатида булинг  илимга берилинг намоз укинг истигфора айтинг
Notanish жавоб берди 0
Kitob va namoz kop tushkunlikdan qutqaradi
Bahriddin жавоб берди 0
Assalomu alaykum do'stlar. Bu savolli kim bergan bilmadimu lekin menga sal o'xshash joyi bor ekan. Faqat farqi meni ishlarimning hammasi joyida. Pul topishdan ham muammo yo'q. Lekin so'nggi paytlarda hech narsaga qiziqishim qolmayapti. Hamma narsadan zerikkandekman. Avvaliga bular ko'p ishlaganimdan deb o'ylagandim. Lekin dam olsam, uyda o'tirsam, juda zerikib ishlagim kelaveradi. Sportdan ham yiroq emasman. Uylanmaganman! Lekin, sevgan qizim bilan ham hammasi havas qilarlik u ham mendagi holatga hayron. Agar orangizda oldin shunday holatni boshidan o'tkazgan yoki chiqish yo'llarini biladiganlar bo'lsa iltimos maslahat beringlar.
Sarvar Ismailovich жавоб берди 0
Assalomu alekum!!! Yaxshimisiz?? Menda ham shu holat yuz bergan. Akajon maslahatim nomoz o'qishni boshllasangiz hammasi joy joyiga tushib ketadi.

Сизнинг жавобингиз

Жавобни шошилмасдан, тўғри ва имло хатоларсиз ёзишга ҳаракат қилинг, кириллча ёзсангиз "қ" "ҳ" "ғ" "ў" ҳарфлари билан ёзинг ёки вергул билан ажратиб ёзинг, лотинча ёзсангиз, "sh"ни "w" қилиб ёзманг илтимос!!!
Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.