Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!

6 та жавоб

Abdusattor жавоб берди 325

Tomoq bodomchalarinig yallig’lanishi qovuq va oyoqlarning shamollashi bilan bog’liq. Shuning uchun bu xastaliklarning barini davolash choralarini ko’rish lozim.

Muhammadjon жавоб берди 73

Siydik ayirish a’zolari kasalliklari va ulaning oldini olish.

Siydik ayirish a’zolarining ko’p uchraydigan kasalliklariga buyrak va siydik yo’llarining yallig’lanishi hamda tosh kasalliklari kiradi. Yallig’lanish kasallikIari shamollash va qon orqaIi buyrak hamda siydik yo’llariga rnikroolar tushishi natijasida kelib chiqadi. Ayniqsa, tomoq og’riganda (angina), tish kasalliklarida (karies), o’pkaning yallig’lanish kasalligida, ich ketish kasaIliklarida mikroblar qonga o’tib, siydik ayirish organlarini yallig’lantiradi. Bunday kasalliklaming oldini olish uchun yuqorida ko’rsatilgan kasalliklardan saqlanishga, shamolla¬maslik choralarini ko’rishga e’tibor berish kerak.

Buyrak tosh kasalliklarining asosiy sababi odam organizmida tuz almashinuvining buzilishidir. Bu ko’pincha tug’ma xususiyatga ega. Ammo uzoq yillar, oylar davomida ovqatlanish qoidalarining buzilishi, ya’ni tuzni ko’p iste’mQl qilish, issiq sharoitda terlashning ko’payishi natijasida buyrakda siydik ajralishining kamayishi va siydikning quyuqlashishi undagi tuzlarning cho’kishiga va tosh hosil bo’lishiga olib keladi. Kam harakat qilish ham buyrakda qon aylanishining sekinlashishi va siydikning uzoq vaqt to’planib turishi oqibatida tosh hosil bo’lishiga sharoit yaratadi.

Tosh hosil bo’lishining oldini olish uchun tuzli ovqatlarni kam iste’mol qilish, asosan qaynatilgan suv (choy) ichish, yozning issiq kunlarida ko’proq suyuqlik (sovutilgan choy) ichish hamda doim jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish tavsiya etiladi.

Abdulloh Muhammad жавоб берди 0
Shuningdek kindikka asal qo'yish mavjud kasallilarni davolab jinsiy a'zolarga quvvat bo'ladi
аноним жавоб берди 0
Tuxumni ilitib, sarig'ini qovuq, chot, moyak atroflariga surtilsa, uch kunda foydasi sezilar ekan.
Abbosbek жавоб берди 0
Shu kunlada kop siyadigan bop qoldim sibogandan ken azgina achishvoti nma qisa boladi shunga nma bn davolasa samaraliro maslaxat bervorila Iltmos Urolika bomi botta
sokinqalb жавоб берди 70
Sistit kasalligini davolash uchun oyqlarni har doim issiq ushlash kerak, oyoq ostiga bel va qovuq sohangizga grelka qo'yib romashka damlab sekin sekin iching

Сизнинг жавобингиз

Жавобни шошилмасдан, тўғри ва имло хатоларсиз ёзишга ҳаракат қилинг, кириллча ёзсангиз "қ" "ҳ" "ғ" "ў" ҳарфлари билан ёзинг ёки вергул билан ажратиб ёзинг, лотинча ёзсангиз, "sh"ни "w" қилиб ёзманг илтимос!!!
Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.