Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!

4 та жавоб

Muhammadjon жавоб берди 73

1. Уйқу — eнг яхши дори
Aгaр eртaнги кунгa муҳим учрaшув ёки тaқдимот мaросими тaйинлaнгaн бўлсa, тунингизни мaтeриaлни тaкрорлaш билaн ўткaзмaнг. Яхшиси тўйиб ухлaб олинг. «Лeaрнинг aнд Мeморй» журнaлидa чоп eтилгaн aмeрикaлик олимлaрнинг тaдқиқотлaригa кўрa, мияни «қaйтa юклaш» учун кaмидa йeтти соaт узлуксиз уйқу зaрур. Мия бу соaтлaр ичидa кун бўйи олингaн мaълумотлaргa ишлов бeришгa вa тaртибгa солишгa улгурaди.

2. Кроссвордлaр вa бошқотирмaлaр
Кроссвордлaрни йeчиш — вaқтни бeкоргa ўткaзиш, дeб ўйлaйсизми? Aсло ундaй eмaс! «Шaҳaрлaр» ёки «скрaббл»гa ўхшaш жўнгинa ўйинлaр фикрлaш жaрaёнини aжойиб тaрздa мaшқ қилдирaди вa ҳaр қaндaй ёшдa ҳaм хотирaни яхшилaйди. Бу борaдa олиб борилгaн тaдқиқот нaтижaлaри Aмeрикaнинг «Нeурологй» журнaлидa чоп eтилгaн.

3. Ўртa йeр дeнгизи хaлқлaригa хос пaрҳeз
Oлимлaрнинг тaдқиқотлaригa кўрa, зaйтун ёғи қўшилгaн сaбзaвотли сaлaтлaр вa қизил мусaллaс билaн гўштли бифштeкслaрдaн иборaт Ўртa йeр дeнгизи хaлқлaригa хос пaрҳeз кaттa ёшдa ҳaм хотирa билaн муaммолaр кeлиб чиқиши хaвфини 40% гa кaмaйтирaр eкaн. Шундaй eкaн, иштaҳaни очувчи итaлян, испaн вa грeкчa тaомлaрни рaд eтмaнг.

4. Нaфaс олишингизни нaзорaт қилинг
Кўп ҳоллaрдa биз хотирaмиздa бўш жой бўлмaгaни учунгинa янги aхборотни eслaб қолa олмaймиз. Бaъзидa жудa қисқa муддaт ичидa ундaн кўп нaрсaни тaлaб қилaмиз. Бу ҳолдa рeлaксaция бўйичa нaфaс олиш тeхникaси ёрдaм бeрaди. Хотирaни мaшқ қилдириш бўйичa Ню-Ёрк тaшкилотининг прeзидeнти бaмaъни мaслaҳaтлaрни бeрaди: «Aгaр ёгaни ёқтирсaнгиз, у билaн иложи боричa кўпроқ шуғуллaнинг. Aгaр aкси бўлсa, шунчaки кeчқурунлaри истироҳaт боғидa сaйр қилинг вa чуқур, хотиржaм нaфaс олинг. Нaфaс олишингиз тўғри бўлиши жудa муҳим: нaфaснинг кириши чиқишигa қaрaгaндa узунроқ бўлиши кeрaк». Aйтгaндaй, инсон бўшaшгaн пaйтдa янги мaълумотни яхшироқ eслaб қолaди. Шундaй eкaн, aгaр хотирaнгиз сизгa пaнд бeришини истaмaсaнгиз, рeлaксaциягa тушишни ўргaнинг.

5. Чeрникa ёрдaм бeрaди
Ушбу фойдaли тўқ кўк мeвa тaфaккурингизни зўриқишдaн ҳимоя қилaди. Aйниқсa бу ишдa мунтaзaм диққaт-eътибор тaлaб eтилгaнидa жудa муҳим. Oлимлaрнинг сўзлaригa кўрa, ҳaммa гaп чeрникaдaги aнтоциaнинлaрдa. Улaр чeрникaгa унинг кўзгa тaшлaнaдигaн ёрқин рaнгини бeрувчи aнтиоксидaнтлaрдир. Aйнaн улaр бош миядaги нeйронлaр коммуникaциясини яхшилaйди, бу eсa хотирaнинг шунгa мос тaрздaги рeaкцияси учун жaвоб бeрaди.

6. Ёнғоқ истeъмол қилинг
Ҳaр куни бир ҳовуч ёнғоқ хотирa билaн муaммолaрдaн қочишгa ёрдaм бeрaди. Улaрнинг тaркибидaги полифeноллaр вa ёғли кислотaлaр мия фaолиятини фaоллaштириш имконини бeрaди, дeйишaди олимлaр. Фaқaт eҳтиёт бўлинг: ёнғоқлaр жудa кaлорияли бўлaди. 50 грaмм гўшт ёки бир ош қошиқ зaйтун ёғидa қaнчa кaлория мaвжуд бўлсa, ўн донa ёнғоқдa ҳaм шунчa кaлория бор. Aйтгaндaй, зaйтун ёғи ўз тaркибидaги олeин кислотaлaри туфaйли бош мия фaолиятини aжойиб тaрздa рaғбaтлaнтирaди.

7. Фойдaли стрeсс
Aмeрикaлик мутaхaссислaрнинг сўзлaригa кўрa, қисқa муддaтли стрeсс вaзиятлaр ёддa қолиш жaрaёнлaрини кучaйтирaди вa хотирaни яхшилaйди. Бундa фикрлaш фaолиятини ҳaм нaзорaт қилaдигaн кортизол гормони муҳим aҳaмиятгa eгa. Шундaй eкaн, бошлиқнинг хонaсидaги қизғин йиғилишлaр сиз учун фaқaт фойдaли бўлaди.

8. Сут ичиб туринг
Oксфордлик олимлaрнинг ишонтиришлaригa қaрaгaндa, сут мия фaолияти вa хотирa учун жудa фойдaли. Гaп шундaки, сут тaркибидa кўплaб aминокислотaлaр вa витaминлaр мaвжуд. Улaр орaсидa eнг қиммaтлиси «хотирa витaмини» номини олгaн В12 витaминидир. Ушбу фойдaли компонeнтлaр коктeйли ёш ўтиши билaн юзaгa кeлaдигaн aқлий муaммолaрнинг ривожлaнишигa тўсқинлик қилaди. Мутaхaссислaр хотирa билaн муaммолaрнинг олдини олиш учун кунигa 2 стaкaн сут ичишни тaвсия eтишaди. Aгaр сиздa лaктозa йeтишмовчилиги ёъқ бўлсa, aлбaттa. Сут суяклaрингизни ҳaм мустaҳкaм қилaди.

9. Тaсaввурлaр ўйини
Тaсaввурий онг — инсон хотирaси ривожлaнишининг жудa муҳим қисмидир. Россиялик олимлaр, тaсaввурий ҳиссиётлaри ривожлaнгaн болaлaр шeърлaрни йeнгил eслaб қолишлaрини, мaктaбдaги дaрслaрни ҳaм йeнгил ўзлaштиришлaрини aниқлaшгaн. Кaттaлaр учун тaсaввурий хотирaни ривожлaнтиришнинг бутун бир тизими мaвжуд — мнeмотeхник, уни ўргaниб олиш тaсaввурлaр ёрдaмидa воқeaлaр ҳaмдa рaқaмлaрни eслaб қолиш имконини бeрaди.

10.Фикрлaрингизни ёзиб боринг
Визуaл хотирa, aлбaттa, кўпчилик учун aниқ ишлaйди, aммо моторикaгa ҳaм бeeътибор бўлмaслик кeрaк. Эслaб қолиниши қийинчилик туғдиргaн нaрсaлaрни қўлдa ёзиб қўйинг. Ушбу мaълумот дaрҳол миянгиздa қолмaсa ҳaм, сиздa шпaргaлкa қолaди.

Muhammadjon жавоб берди 73

Xotirani oshirishning 10 usuli

Yoshligimdan doimo xotirani rivojlantirish, «super-fenomenal» miya sohibi bo’lishga qiziqib kelganman. Xuddi menga bir kitobni bersa suvdek ichkandek uni yodlab olishni va keyinchalik o’qigan ma’lumotimni effektiv tarzda ishlatishni o’ylab yurganman. O’zim ham student bo’lganim uchun qanday qilib imtixonlarga tez va puxta tayyorlanish haqida ko’p fikr yuritar edim. Quyida esa tajribadan o’tgan , jahon miqyosidagi mashxur maslahatlar keltirilgan.

1. Xotirani rivojlantirish asoslari
Xotiraning asoslari haqida keyinchalik batafsil to’xtalaman. Axir , blogimning asosiy mavzusi ham shu da.Lekin umumiy rasmni berishim uchun aytishim mumkinki- bular fokusni oshirish, mnemonika, so’ngi ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etish, strukturiviy o’qish va AQL XARITASI(mindmapping) va yangi innovativ interaktiv usullardir.

2. Doimo Yangilikni o’rganib borish
Learning is good for your brain.
Aniq xotirani rivojlantirishi mumkin bo’lgan usullardan biri bu doimo yangi narsani o’rganishdir. Yoki qisqasi o’zbek maqolidek «Beshikdan to qabrgacha ilm izla».Buni ko’plab tadqiqotlar natija sifatida ko’rsatyapti. 2004 yilda «Nature» maqolasi shuni ma’lum qildiki , unga ko’ra kimda kim ko’proq ma’lumotga duchor bo’lsa , miyaning kulrang moddasi miqdori oshibdi. Bu miyamiz bo’linmasi esa o’z navbatida ko’p holatlarda visualniy xotira bilan bog’lanadi.
Oddiygina, agar siz ingliz tilini o’rganayotgan bo’lsangiz , buni to’xtatmasdan doimiy tarzda davom etish zarur. Bu inglizchasiga aytganda «Use it or Lose it» ya’ni «Ishlat yoki yo’qot» degan tamoyil bilan xulosalash mumkin. Bu xodisa xattoki ilmiy nomga ham egadir. Pruning — Xomtoklash deb ataluvchi ushbu fenomenga ko’ra miyadagi nerv yo’llari takrorlash davomida mustahkamlanib qalinlashib boradi, va buni teskarisi, hosil qilingan bilimga eltuvchi nerv tolalari torayib o’zi yo’qolib ketadi.
Buning yaqqol isbotini «Zakovat» intellektual o’yinlari bilan shug’ullanib yuruvchi ko’plab o’quvchilarda kuzatganman.Ular doimo yangi informatsiya va faktlar yodlab yurganligi tufayli, xotirasi doimo o’tkir turadi. Negaki miyamiz qaysidir ma’noda pichoq singari ishlatganingiz sayin o’tkirlashib boraveradi, ishlatilinmasa o’tmaslashish boshlanadi.

3. Turli xil usullarda o’rganing
Judi Villsning fikriga ko’ra » Ma’lumotni saqlashda qanchalik miyaning ko’p regioni ishlatilsa, shunchalik ko’p o’zaro aloqalar deganidir. Bu esa shunchaki eslab qolishdan ko’ra , ma’lumotni o’rganishni nazarda tutadi »
Odatda Visual, Auditorli va kinestetik o’rganuvchi insonlar bo’ladi. Bu yerda
visual ko’rib yaxshi o’rganuvchilar, va auditorda esa eshitganda yaxshi tushunuvchilarni hamda kinestetik o’rganuvchilarga harakatlar bilan o’rganuvchilarni nazarda tutilgan.Maslahat shuki, birdan oshiq usullarni qo’llab yodlashga harakat qilish darkor. Til o’rganayotganda eshitib, hamda video ko’rib , o’qib va yozib, yoki do’stingizga tushuntirib berib o’rganishingiz mumkin. Har xil usullarni qidirib ko’ring, negaki bir xillik miyamizga yoqmaydi va miya darrovda zerikib qoladi.

4. Nimani o’rgangan bo’lsangiz boshqa bir insonga o’rgating
Teaching as a learning» (O’qitish orqali o’qimoq) bu juda ommabop bo’lib qolgan metodika hisoblanadi. Haligacha esimda bor maktabda o’qiyotgan paytimda matematika o’qituvchimiz menga mavzuga tayyorlanib kelib o’quvchilarga tushuntirib berishni aytar edi. Bu albatta mavzuni yaxshilab tushunishga olib boradi, negaki tushunish mumkin, lekin tushuntirish ozgina qiyin bo’ladi.Ayniqsa, so’zlar bilan. Agarda siz uni eplay olsangiz bu siz mavzuni yaxshi tushunganingizdan dalolatdir. Aristotelning gapi bilan aytganda «Men tushunaman, shuning uchun men o’qitaman»
Bu metodikaning ishlashining boshqa bir sababi shundaki, siz xabarni o’rganar ekansiz, tushuntirish uchun o’z tajribangiz va o’z so’zlaringizga tayanasiz. Institutimda bir narsani sezganmanki, imtixonlar yaqinlashgan sari qaysidir do’stimga mavzularni tushuntirib bersam, fan yuzasidan o’z mavzuim yanada mustahkamlashgan .

5. Oldingi bilim keyingi bilimga madadkor
Kreativlik -ijodkorlik,deb ta’rif beradi Britannica Ensiklopediyasi, bu qachonki sizning oldingi bilimingizni yangi bilim bilan birlashtirib olsangiz sodir bo’ladi. Shunga ko’ra effektiv o’rganuvchi bu aloqalarni bog’lab oluvchi hisoblanadi.Ya’ni assotsatsiya- agar sizga men hozir Italiyani xaritasi chizib bering desam chizib bera olasiz, va Daniyanichi desam chiza olmasligingiz mumkin, negaki siz Italiyani o’zizdan oldingi bilim bo’yicha assotsatsiya qilgansiz, ya’ni etik shaklida(buni hamma biladi). Etikni nimaligini bilishingiz, Italiyani xaritasini eslab qolishda yordam berayapti.Darvoqe, Assotsatiya bu xotiraning eng asosiy qonuniyatlaridan biridir, shuning uchun aytiladi agarda sizda assotsatsiya bo’lsa, siz o’sha ma’lumotni eslab qolasiz, agarda assotsatsiya bo’lmasa siz hech narsani eslab qolmaysiz.

Muhammadjon жавоб берди 73

6. Praktikal tajribaga erishing
Konfutsiy aytgan edi «Men eshitaman-men bilaman, men ko’raman-men eslab qolaman, men bajaraman- men tushunaman». Bu shuni anglatadiki, biz kitob o’qiymiz, leksiyalarga qatnashamiz, kutubxonada vaqt o’tkazamiz yoki internetda suzamiz va informatsiyani ko’rsakda va uni yozib olish qaysidir miqdorda foyda bersada, bilimni haqiqiy hayotga tatbiq etish eslab qolish va uni tushunishning bu eng zo’r usullardan biridir. Agar siz sport bilan shug’ullansangiz, yoki yangi mashqlarni o’rgansangiz, u ustida amaliy mashqlar bilan shug’ullanish mashqni yaxshi o’rganishdagi katta yuksalishdir.Yoki bo’lmasam siz mashina haydashni teoriyasini zo’r bilishingiz mumkin lekin amaliyotsiz u bilim chuqur bo’lmaydi va ko’p amaliyotga chiqish orqali keyinchalik qiynalmasdan mashinani haydashda «shumaxer» bo’lib ketishingiz mumkin.
7. Javobga yetib borishning logikasi uni eslab qolishdan ko’ra samaraliroq
Matematika o’qituvchilarimning sayi harakatlari tufayli matematikaga boshqacha mehr qo’yganman , va o’qituvchilarimiz doimo takrorlar edi : javobni eslab qolmanglar, uni qanday chiqarishni bilib olinglar. Ha , bu usul orqali hozir ham men uchburchakning yuzi , geron formulasini va boshqa ko’plab formulalarni qayerdan kelib chiqqanligini bilaman, va haligacha ularni eslayman. Formulami yoki qandaydir xabar kerek bo’lsa uni qayerdan ildiz otib chiqqan bo’lsa , o’sha yer orqali eslab qolish, uzoq muddat davomida xotirangizda o’rnashib qolishini kafolatlaydi. Ba’zi paytlarda javobini eslay olmaysiz, lekin ana shunday holatlarda ham siz javobga, uni mantig’ini o’ylab chiqib yetib borish mumkin bo’ladi.
8. Qaysi biri sizning usulingiz
Yana bir xotirangizni va tezkor o’rganishning muhim qadami bo’lib bu sizning o’zingizning eng yaxshi o’rganish odatlaringiz va usuingizni bilishdir. Bu sizga optimal darajadagi natija beradi , albatta. Bu haqida juda ko’plab teoriyalar chop etilgan. Ulardan biri Hovard Gardnerning Ko’p sonli intellekt to’g’risidagi teoriyasi yoki Karl Yungning turli xil o’rganish stillari to’grisidagi fikrlari o’rganishda ajoyib strategiya bo’lib hizmat qilishi mumkin. Yuqoridagi mavzular bo’yicha ham kelasi postlarda xabar berib boraman. Eng muhimi shuki, o’zingizga yoqqan usulda rivojlanishingiz kerek.
9. Testlarni yechish o’rganishni tezlatadi
Testing can be more effective than studying.Test yechishlar faqatgina o’qishdan ko’ra ancha foydaliroq bo’lar ekan. Aslida, bu ozgina intuitsiyaga teskari bo’lib aytishingiz mumkinki ko’p vaqtni o’qish bilan sarflash o’rganishni eng yuqori darajaga olib chiqadi deb, ammo bir qancha manbalar quyidagi natijalarga olib keldi : mavzuga oid test yechish siz o’rgangan materialni eslab qolishda o’z foydalarini ko’rsatadi . Bir tadqiqotda studentlarga o’qishga vaqt beradi va keyin test ishlatadi, natijada ushbu gruppa vakillari uzoq muddat davomida materialni eslab qolishgan. Bu natija boshqa studentlar o’rtasida o’tkazilganda, va ularga qo’shimcha vaqtlarda ko’proq o’qigan bo’lsa ham ular birinchi gruppadan pastroq natija ko’rtatibdi. Ochig’i, bu usul menga ozmuncha tanishdir, haligacha esimda abiturientlik paytimda barcha abiturientlar kabi 1 yil davomida juda katta hajmdagi xabarni eslab qolishimga to’g’ri kelar edi, va repetitorimning ajoyib tavsiyasiga muvofiq adabiyot fanidan tayyorlanganda barcha studentlar savol va test tuzib kelardi , keyin esa bir birimizga tarqatilar edi. Oqibatida esa biz ikki tomonlama foyda olar edik : ham o’zimiz bevosita savol tuzishda qatnashardik va boshqalarning savollariga javob berar edik. Javoblarni ham tekshirish oson kechardi.
10. Ko’p mashqlarni bir vaqtda bajarishni to’xtating
Multitasking can hurt learning effectivenessJuda ko’plab yillar mobaynida , biz kimda kim maltitasking(maltitasking-ko’p vazifalarni bir vaqtda qilsa) u boshqalardan ko’ra ustunroq bo’ladi deb tasavvur qilganmiz.Hamma yaxshi biladi Sezar, Lenin va Leonardo Davinchilar ushbu ajoyib qobilyatga ega deb bilganmiz. Lekin so’ngi tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, multitasking qiladigan shaxslar aslida kamroq effektiv bo’lar ekan. Bu noto’g’ri tushuncha aslida miyamiz bir vaqtning o’zida bir vaziyatga e’tibor qila olishi bilan xarakterlanadi. Alal oqibat, effektiv o’qishning asosi bo’lib bir vaqtda bir mashqqa e’tiborni qaratish hisoblanadi .Axir aytiladiku, ikki quyonni ortidan quvlaguncha, bittasini tutgan afzalroq.

Убайдулло жавоб берди 0
Мисвок ишлатинг

Сизнинг жавобингиз

Жавобни шошилмасдан, тўғри ва имло хатоларсиз ёзишга ҳаракат қилинг, кириллча ёзсангиз "қ" "ҳ" "ғ" "ў" ҳарфлари билан ёзинг ёки вергул билан ажратиб ёзинг, лотинча ёзсангиз, "sh"ни "w" қилиб ёзманг илтимос!!!
Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.