Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!

Chet el avtomobilni o`zbekistonga olib kirish

Assalomu alaykum ! Chet el avtomobilni sotib oldim uni uzbekistonga qanday olib kiraman unga bojxona tolovlari qanday bo`ladi necha %ni tashkil etadi?

Azizbek изоҳ берди

Javob noaniq qoniqarsiz

4 та жавоб

Muhammadjon жавоб берди 73

O'zbekiston Respublikasiga xorijiy davlatlardan olib kirilgan avtoulovlarning bojxona rasmiylashtiruvi Adliya vazirlida 2004 yilda 14 dekabrda 1430-son bilan ro'yxatga olingan O'zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan avtotransport vositalarini rasmiylashtirish tartibi to'g'risida'gi Nizom talablari asosida faqat avtotransport vositasi egasining yashash manzilidagi hududda faoliyat ko'rsatuvchi bojxona boshqarmalarida amalga oshiriladi.
O'zbekistonga import qilingan avtoulovlar uchun O'zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga asosan, import bojxona boji, aktsiz solig'i, qo'shilgan qiymat solig'i undirilishi belgilangan bo'lib, ushbu bojxona to'lovlari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 27 martdagi PQ-823-sonli Qarori 1-ilovasida hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 29 dekabrdagi PQ-1024-sonli Qarori 12-2-ilovasida avtoulovlarning turi bo'yicha ko'rsatilgan stavkalardan kelib chiqib bojxona qiymatidan(import boji), avtoulov dvigatel hajmidan(import boji, aktsiz solig'i) hamda avtoulov uchun hisoblangan aylanma oborot(qo'shilgan qiymat solig'i)dan hisoblanadi. Aylanma oborot O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 206-moddasiga asosan import boji, aktsiz solig'i hamda avtoulovning bojxona qiymatlari yig'indisini o'z ichiga oladi.
Shuningdek Vazirlar mahkamasining 2002 yil 4 dekabrdagi 425-sonli qaroriga asosan uchinchi mamlakatda ishlab chiqarilgan va chegaradosh davlatlardan O'zbekiston Respublikasiga qayta eksport qilingan avtoulov importi uchun yana qo'shimcha ravishda avtoulov bojxona qiymatidan 20 foiz miqdorida bojxona yig'imi undiriladi.
Avtoulovning bojxona qiymati O'zbekiston Respublikasi 'Boj tarifi to'g'risida'gi Qonuni, Adliya vazirligida 1998 yil 13 yanvarda 390-son bilan ro'yxatga olingan 'O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash to'g'risida'gi Yo'riqnoma hamda Adliya Vazirligida 2000 yil 22 fevralda 899-son bilan ro'yxatdan o'tgan 'O'zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilgan tovarlarning bojxona qiymatini e'lon qilish va nazorat qilish Qoidalari' talablariga asosan, deklarant tomonidan bojxona bahosini chiqarishning 6 ta usullaridan birini izchillik asosida bosqichma-bosqich qo'llash yo'li bilan aniqlanib, so'ng bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiruvchi tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlariga taqdim etiladi. Bunda bojxona qiymatini deklarant belgilangan tartibda tasdiqlangan hujjatlar bilan asoslab berishi kerak.
Undan tashqari Adliya Vazirligida 1998 yil 8 aprelda 429-son bilan ro'yxatdan o'tgan 'Erkin savdo zonasini tashkil etish to'g'risida'gi bitimni imzolagan mamlakatlar ro'yxati'ga kiritilgan davlatlarda ishlab chiqarilib ushbu davlatlardan birining rezidenti tomonidan eksport qilinsa va mazkur bitim ishtirokchisi bo'lgan davlat rezidenti tomonidan bitim ishtirokchisi bo'lgan boshqa davlatning bojxona hududidan olib kirilsa import boji stavkasi qo'llanilmaydi.
Shuningdek Adliya Vazirligida 1998 yil 8 aprelda 426-son bilan ro'yxatdan o'tgan 'Eng yaxshi qulaylik rejimi taqdim etiladigan savdo-iqtisodiy hamkorlik to'g'risida'gi bitimni imzolagan mamlakatlar ro'yxati'ga kiritilgan davlatlarda ishlab chiqarilgan avtoulovlar importi uchun import boji stavkasi bir barobar miqdorda undiriladi.
Yuqorida keltirilgan bitimlarni imzolamagan davlatlarda ishlab chiqarilgan hamda bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida kelib chiqish mamlakati aniq bo'lmagan avtoulovlar uchun import boji stavkasi ikki barobar miqdorda undiriladi.
Shu bilan birga, bugungi kunda amalda bo'lgan bojxona qonunchiligiga asosan, jismoniy shaxslarga faqat o'z ehtiyojlari kelib chiqib, o'zlari tomonidan olib kelingan avtoulovlar uchun Adliya vazirligida 1996 yil 10 sentyabrda 279-son bilan ro'yxatdan o'tgan Me'yorda belgilangan 1000 AQSh dollari(chegaradosh davlatlar uchun 25 AQSh dollari) miqdoridagi bojsiz olib kirish normasi qo'llanilishi mumkinligini ma'lum qilamiz.

AsqarBek жавоб берди 140
qonun qarordagi gaplarga unchalik tushunmayman. mana masalan men yevropadan 120 ming aqsh dollarlik moshina sotib oldim. uni uzb hududiga olib kirish uchun qancha tulayman bojxonaga. umumiy ketadigan harajatlar qancha buladi

Юсуф изоҳ берди

божхона жуда куп томонга етбор беради мошина модели нечанчи йилдан ишлаб чкарлган от кучи ва хоказо сиз айтган мошина 120$мин буса камида 250$минг га Узб номерини така оласиз! "ва жуда куп жойдан сухбатга чакршади"

AsqarBek изоҳ берди

Exe. Tinchgina rasvo busayam gm moshinalarini olib mingan yaxshi ekan

Юсуф изоҳ берди

шунака ока ............................................
аноним жавоб берди 0
O'zbekistonga kirib kelgan xorijiy avtotransport vositasi necha kungacha bojxona bojlari va soliq to'lashtan ozod etiladi
Uktam жавоб берди 0
assalomu alekum, sizlardan bir iltimos, savolimga aniq javob berishga harakat qiling. men amerika qoshma shtatlaridan chevrolet malibu 1,2 model avtomashinasini olib kelmoqchiman. Maslahatingiz ? ...  menga mashina arzon tushushi uchun nimalarga etibor qaratishim kerak ? misol uchun aytishlaricha 2015-2018 yillar oralig'ida ishlab chiqarilgan avtomashinalar arzonroq palooon summani tashkil qilarkan deyishyapti, matori 3.2 emas 2.0 bulsa yanada arzonroq bular ekanmish. bu tartib uzi qanday ishlaydi ? kalkulyatsa qanday amalga oshiriladi ? qanday qilib man uzim bir model mashinani tanlab uni o'zbekistonga olib kirib xujjatlashtirib bemalol qollanishim uchun, taxminiy summani qanday chiqarishim mumkun ???

Сизнинг жавобингиз

Жавобни шошилмасдан, тўғри ва имло хатоларсиз ёзишга ҳаракат қилинг, кириллча ёзсангиз "қ" "ҳ" "ғ" "ў" ҳарфлари билан ёзинг ёки вергул билан ажратиб ёзинг, лотинча ёзсангиз, "sh"ни "w" қилиб ёзманг илтимос!!!
Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.