Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!
Menim yoshim 23 salomatligim yahshi lekin sochim juda ko`p tukilayabti yani 2 yil davomida boshlandi soch to`kilishiga qarshi maslahatingizni so`rayman va to`kilgan soch yana chiqadimi?

Alisher изоҳ берди

Meniyam yowim 23 da xozirda Rossiyadaman sochim anchadan beri tokilyapyti kecha trixolog xuzurida boldim uning aytiwicha 23 25 yow orasida juda kop erkaklarda soch tokilishi kuzatilarkan lekin dorisini qisangiz albatta qayta osib chiqarkan

3 та жавоб

Muhammadjon жавоб берди 73

Avvalo soch to’kilishiga moyillik tug’diruvchi eng katta omillardan biri irsiy sabablar ekanligi ko’pchilikka ma'lum Qolaversa, alopesiya ya'ni soch to’kilishi ko’pincha kosmetologik nuqson sifatida qaralgan. Ammo soch to’kilishi har doim ham soch ildizining holati yomonligi tufayli yuz
beravermaydi. Uning asosiy sabablari tanada yashiringan bo’lib, bu sabablar turfa xil bo’lishi mumkin. Quyida ushbu sabablar haqida muxtasar fikr yuritmoqchimiz. Bu dard tashhisini aniqlash va davolash esa mutaxassis shifokor tomonidan amalga oshirilishi lozim. Soch to’kilishiga olib
keluvchi sabablar sirasiga quyidagilar kiradi:
1 Yallig’lanish kasalliklari.
Sochlar yuqori haroratli isitma va titroq bilan kechadigan tumov, qizilcha, zotiljam (o’pka yallig’lanishi)dan so’ng ikki oylar o’tgach to’kilib boshlashi mumkin. Bu sog’aygandan so’ng eng kamida bir necha hafta davom etadi.
2 Tug’ruqdan keyingi holat. Ayollar farzand ko’rganlaridan ikki – uch oy o’tgach sochlari to’kila boshlashi va bu yarim yilgacha davom etishi mumkin. Bu homilador ayol organizmining o’ta zaruriy vitamin va mikroelementlarga muhtojligi natijasi o’laroq yuzaga keladi. Vaqt o’tgach
jarayon asta-sekin to’xtaydi.
3 Ichki a'zolar kasalliklari. Xavfli surunkali kasalliklar sil, zaxm (sifilis), oqqon (leykoz) dardi, ichki sekresiya bezlari — qalqonsimon va oshqozon osti bezi, gipofiz, tuxumdonlar xastaliklari organizm holatini keskin o’zgartirib yuborishi mumkin. Bu esa teri, tirnoq va sochga o’z ta'sirini o’tkazmay
qolmaydi. Asosiy kasallik davolanilgandan keyin sochlar yaxshilab parvarish qilinsa, ular
o’z asliga qaytadi.
4 Dorivorlarning noxush qo’shimcha ta'siri. Yuzdan ortiq turli xil dori darmonlar soch to’kilishiga olib keladi. Homiladorlikdan saqlovchi vositalar, qon bosimiga qarshi tabletkalar,
siydik haydovchi, depressiyaga qarshi vositalar va hatto muntazam qabul qilinadigan aspirin ham suiste'mol qilinganda sochlarga zararli ta'sir ko’rsatishi mumkin. Shuning
uchun ularni o’z bilgicha ichish aslo mumkin emas. Agar sochingiz to’kilishidan tashvishda bo’lsangiz, biror bir dorini ichishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashing. Agar u yoki bu dori sochga aks ta'sir qilsa, u holda shifokoringiz sizga boshqa dori tavsiya qilishi mumkin.
5 Nurlanish. Rentgen va boshqa nurlar ham sochning vaqtinchalik to’la
to’kilib ketishiga va boshning kal bo’lib qolishiga olib kelishi mumkin. Agar nurlanish juda kuchli bo’lgan bo’lsa, u holda kallik doimiyga aylanadi va sochni tiklash imkoniyati
yo’qolishi mumkin.
6 Gormonal buzilishlar ham soch to’kilishiga olib keladi.Sochlar sog’lom bo’lishi uchun yetishmayotgan gormonlar o’rnini to’ldirish muhimdir. Buning uchun shifokor
ko’rsatmasi va tavsiyasiga amal qilish zarur.
7 Mexanik bosim va soch tolalarini zo’riqtirish. Sochga taqiladigan turli xil qisqichlar, taroqlar va boshqa bezakli taqinchoqlar soch ildizi va bosh terisini zo’riqtiradi, natijada soch to’kila boshlaydi.
8 Stress holatlari.
Asabiylik, surunkali ziqlik, tajanglik va tushkunliklarda ham soch juda siyraklashishi mumkin. Bunday holatlardan qutilish uchun shifokor ko’magi
kerak bo’ladi.
9 Darmondorilar yetishmovchiligi.
Dorixonalarda sotiladigan ayrim polivitaminlar ham soch tuzilishiga aks ta'sir qilishi mumkin. Shuning uchun, yaxshisi, mutaxassis shifokordan sizga qanday vitaminlar zarur ekanligini aniq
bilib oling.
10 Zaharlanish.
Agar soch to’p-to’p bo’lib to’kilsa, bu og’ir metallardan zaharlanish belgisi bo’lishi
mumkin.
Yuqorida soch to’kilishining ayrim sabablari haqida to’xtaldik, xolos. Tibbiy nuqtai-
nazardan kuniga 50-60 dona soch to’kilishi me'yoriy holat hisoblanadi. Soch to’kilishining
sabablarini aniq-tiniq bilmasdan turib, o’z bilgicha davolanishga intilish turli ko’ngilsizliklarga sabab bo’lishi mumkin. Shuning uchun davolanish, albatta, mutaxassis maslahatisiz amalga
oshirilishi mumkin emas.

Shuhrat изоҳ берди

Iltimos soch tokilishni yanayam yaxwiroq o’rganib iloji bolsa trixolog maslaxatini olib yozvoring kecha trixolog xuzurida boldim judayam kop sabablarni aytdi kopini tuwunmadim
Abdusattor жавоб берди 0

Soch to‘kilishi biror jiddiy kasallik alomati degan havotir bo’lgan taqdirda, shifokor ko‘rigidan o‘tish, jumladan, shifokor-trixolog bilan maslahatlashish darkor.
Shifokorlar genetik tahlillar asosida soch to‘kilishining sabablari va sizning qaysi guruhga mansub ekaningizni aniqlab, zarur choralarni belgilaydi. Agarda soch to‘kilishi irsiyat yoki keksalik bilan bog‘liq bo‘lsa, unga barham berish mushkul.
Soch tolalarining me’yoridan ortiq to‘kilishiga barham berish uchun ularni kamroq bo‘yang, boshni yuvgandan so‘ng imkon qadar fen bilan quritmang.

Шавкат изоҳ берди

Ха фен блан куритмаса сочни нами блан бош шамоллайдию
Mansur Urazbaev (Avitsenna.uz) жавоб берди 0

Shuhratbek, eng asosiysi sizga trixolog maslahati zarur. Ya’ni, soch nega to’kilayotganini bilmasadan turib, biror chora ko’rish qiyin. Maslahatimiz, yaqin atrofdagi shifoxona yoki klinikalarda trixolog shifokorlar ko’rigiga boring. (Trixologlar asosan xususiy klinikalarda ko’p bo’ladi).
Soch yana chiqadimi? Savolingiz o’rinli, agar mutahassis tomonidan tezlikda chora ko’rilsa, qayta chiqadi. (Agar, nasliy sababga ko’ra to’kilmayotgan bo’lsa)

Shuhrat изоҳ берди

Mansur Urazbaev Trixolog menga judayam kop narsalarni gapirdi ayrimlarini umuman tuwunmadim agar iljoi bo’lsa yordam bering qanaqadur jinsiy aloqani gapirdi va erkakchilik kuchayiwini gapirdi

Сизнинг жавобингиз

Жавобни шошилмасдан, тўғри ва имло хатоларсиз ёзишга ҳаракат қилинг, кириллча ёзсангиз "қ" "ҳ" "ғ" "ў" ҳарфлари билан ёзинг ёки вергул билан ажратиб ёзинг, лотинча ёзсангиз, "sh"ни "w" қилиб ёзманг илтимос!!!
Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.