Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!

2 та жавоб

Muhammadjon жавоб берди 73

Aksariyat odamlar fikricha, odam tug'ilishi bilan bo'yi past yoki baland bo'lishi aniq bo'ladi, so'ng u ulg'ayishi davomida o'sha belgilangan bo'yga yetadi va undan so'ng umuman o'smaydi. Ammo bu fikr xato va aslida bu holatga ta’sir etuvchi bir necha faktorlar bo'yning qanday o'lchamda bo'lishini to'g'ridan to'g'ri belgilab beradi.
Misol uchun genetika tabiiy bo'y o'sishida juda muhim o'rin egallaydi. Undan tashqari, bizning garmonlarimiz ham bunga o'z ta’sirini o'tkazmay qolmaydi. Ammo bu garmonlarga bizning kundalik ishlarimiz, mashg'ulotlarimiz va hayot tarzimiz ta’sir o'tkazadi.
Va nihoyat istemol qilayotgan mahsulotlaringiz, muhim rol o'ynaydi. Agar kundalik ratsioningiz meva, sabzavot, sut mahsulotlari, go'sht mahsulotlaridan tashkil topgan bo'lsa, bo'yingiz yana o'sishi uchun barcha imkoniyatlar bor. Faqatgina biroz nima qilish lozimligini o'rganib so'ng shu ishni qunt bilan bajarsangiz bo'lgani.
Garmonlar inson ko'p narsalarni belgilab beradi. Bo'y uzunligiga kelsak, birinchi navbatta gap odamning bo'y garmoni haqida boradi(гормона роста человека, human growth harmone). Ushbu garmon funksiyasi oddiy, yetilganlik yoshiga qadar organizmda o'sishni ta’minlab berishdir.
Ushbu garmonning organizmdagi dozasiga sizning kun tartibingiz va ratsioningiz katta ta’sir o'tkazadi. Misol uchun yaxshi tungi uyqu bo'y garmonining ajralishiga sabab bo'ladi. Agarda siz qoniqarli darajada uxlaydigan hayot tarzi bilan yashasangiz, siz aslida o'sishingiz mumkin bo'lgan balandlikga yetmaysiz.
Bo'yni o'stirish bo'yicha maslahatlar:
Yuqorida ta’kidlanganidek, tungi uyqu juda muhim, chunki uyquda odam organizmida garmonlar ajraladi. Shu sababli bu uxlashga alohida e’tibor bering.
Quyosh nurlari orqali odam D vitaminiga ega bo'ladi. D vitamini bo'yning o'sishiga katta ta’sir ko'rsatadi. Quyosh nurlari sizga yordam berishini unutmang.
Kun mobaynida ko'proq suv ichishga harakat qiling. Organizmni suvsizlikdan himoya qiling.
Hammaga ma’lumki, bo'y o'sishi jarayonida odam skeleti, suyaklari o'sadi. Suyaklarning o'sishiga ta’sir o'tkazuvchi moddalar bu — kalsiy va sink (цинк) moddalaridir. Shu sababli siz iloji boricha kundalik ratsioningizga aynan shu moddalarni ko'proq iste’mol qilishga harakat qilishingiz lozim. Tadqiqotlar natijasida shu ma’lum bo'ldiki, bo'yi pastligiga shikoyat qilgan aksariyat balog'at yoshidagilar organizmida yuqoridagi ikki modda yetishmasligi yaqqol aniqlandi.
Ayrim g'arbiy davlatlar olimlari bu sohani o'rganib, bo'y garmonini aktivlashtiruvchi dori-darmonlar o'ylab topdilar. Ularning fikricha bu dorilar, garmonga ta’sir o'tkazib ularni organizmda ajralishini ta’minlab berar ekan. Shunday dorilarning biri sifatida misol uchun — Somatropinne yoki Vita Growth kapsulalarini olishimiz mumkin. Bu dori organizmni bo'yni o'stiruvchi amino aksidlar bilan ta’minlaydi — deb dori ishlab chiqaruvchisining rasmiy saytida yozilgan. Dori qabul qilishdan oldin mutaxassislar bilan maslahatlashish shartdir.
Bu kabi dorilar yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligini unutmang. Sizga rostdan ham bo'yingiz o'sishi zarurligi haqida o'ylab ko'ring. Xudo hammani turlicha yaratadi. Bo'yning baland emasligi ayib emas. Sizni shu holatingizda ham sevadigan va jon kuydiradigan odamlar kam emas. Dunyoda qanchadan qancha bo'yi baland lekin boshqa tarafdan omadsiz, baxtsiz va yolg'iz odamlar bor. Shu sababli bo'y sizga hayotingizga hech qanday sezilarli o'zgartrish kiritmaydi. Shu fikrlarni o'ylab ko'rishni unutmang!

Xasan жавоб берди 0

Suvsiz daraht usmagandek inson istemol qiladigan narsalar vitaminlarga darmon dorilaga boy bolishi shart yana jiyda mevasini qaynatib olib har kun erta tongda 3 oy dovomida ichilishi yaqshi natijalarga elitshi haqida oqidm sinab korin

Сизнинг жавобингиз

Жавобни шошилмасдан, тўғри ва имло хатоларсиз ёзишга ҳаракат қилинг, кириллча ёзсангиз "қ" "ҳ" "ғ" "ў" ҳарфлари билан ёзинг ёки вергул билан ажратиб ёзинг, лотинча ёзсангиз, "sh"ни "w" қилиб ёзманг илтимос!!!
Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.