Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!

3овозлар

Қонни қандай кўпайтириш мумкин?

Mahinur изоҳ берди

Nega faqat chap qulogim biraja shingilab turibdi? ishtish qobilyatimam susaygan,? lekin ogriq yuq!?

2 та жавоб

Muhammadjon жавоб берди 63

Foydali maslahatlar
• Mastava, sho’rva va oshga no’xat, lo’viya, ko’katlar yoki temir moddasi ko’p bo’lgan boshqa moddalar moddalarni qo’shing.
• Ovqatda temir moddasi miqdorini oshirish uchun ovqat pishirayotgan vaqtingizda qozoningizni (cho’yan) tez-tez kapgir bilan kovlab turing.
• Kunduzi qorningiz ochsa qora mayiz, o’rik qoqi, pista, bodom yoki yong’oqlardan yeng.
• Agar ovqat bilan ozgina go’sht yesangiz, qoningizga ko’proq temir moddasi singadi.
• Qon bilan ich o’tish va ba’zi qurtlar natijasida kamqonlik kelib chiqqan bo’lsa, bularga albatta davo qilish kerak.
• Homiladorlik orasida 2-3 yil farq bo’lishi kerak.
• Qora choy ichmang. Chunki uning tarkibida «tanin» moddasi bor, u 90 % gacha temir moddasining qonga so’rilishiga to’sqinlik qiladi.
Kamqonlikning oldini olish
Kamqonlikdan saqlanishning eng samarali yo’li — to’g’ri ovqatlanish, S vitamini va temir moddasi ko’p bo’lgan ovqatlar iste’mol qilishdir. Shu chora odam organizmida qon ko’payishida muhim rol o’ynaydi.
Tarkibida temir moddasi bo’lgan oziq ovqatlar ro’yxati
Jigar 100 gramm 6.8 mg
Handon pista 100 gramm 4.3 mg
Oddiy pista 100 gramm 3.9 mg
Bodom 100 gramm 3.9 mg
Mosh 100 gramm 3.8 mg
Mol tili 100 gramm 3.4 mg
No’xat 100 gramm 3.0 mg
Kizil loviya 100 gramm 2.8 mg
O’rdak go’shti 100 gramm 2.7 mg
O’rdak tuxumi 100 gramm 2.7 mg
Qora mayiz 100 gramm 2.6 mg
Mol go’shti 100 gramm 2.5 mg
Qo’y go’shti 100 gramm 2.2 mg
O’rik qoqi 5 ta butun 1.7 mg
Oq loviya 100 gramm 1.4 mg
Tovuq go’shti 100 gramm 1.3 mg
Baliq 100 gramm 1.1 mg
Ko’katlar 1/2 piyola 1.0 mg
Qizilcha 100 gramm 0.8 mg
Tuxum 1 dona 0.7 mg
Behi va olma tarkibida temir moddasi kam (behi 0.6 va olma 0.3)
S vitaminga boy masaliqlar
• Bulg’or
• qalampiri
• qulupnay
• Tut
• Pomidor
• O’riq
• Tarvuz, Qovun
• Limon
• Mandarin
• Anor

Ҳабибулло жавоб берди 453
Майиз, ёнғоқ ва ачал истеъмол қилиш орқали ҳам кўпайтириш мумкин. Ва ҳозир ҳамма дорихоналарда гемотоген диб номланган ширинлик бор. Ўшани истеъмоли ҳам бўлади

Сизнинг жавобингиз

Жавобни шошилмасдан, тўғри ва имло хатоларсиз ёзишга ҳаракат қилинг, кириллча ёзсангиз "қ" "ҳ" "ғ" "ў" ҳарфлари билан ёзинг ёки вергул билан ажратиб ёзинг, лотинча ёзсангиз, "sh"ни "w" қилиб ёзманг илтимос!!!
Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.