Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!

0овоз

Men 24 yoshdaman turmush ortog'im 29 yoshda. Biz turmush qurganimizga to'rt yil bo'ldi. Erimning xarakterini hech tushunmadim, menga qo'ng'iroq qilmaydi. Men Unversitetda oqir edim kvartirada yashab, haftasiga borar edim osha bir haftani ichida menga telefon qilmasdi. Dugonalarim oldida uyalar edim uyalganimdan men kechqurun telefon qiling dep aytar edim. Bilmadim menga ko'ngli yo'qday sezilardi, chidap yashab kelyapman o'rtada bir og'ilmiz bor. Yahshi ichmaydi, chekmaydi, 5- mahal namoz o'qiydi, urmaydi lekin menga befarqday seziladi. Ko'p gapirsam ko'p gapirma deydi. Urushib ketsak uyga uch kunlab kelmay qo'yadi. Hozirgi paytda men Moskva shahridaman kelganimga bir yil bo'lsa ham telefon qilmaydi. Gaplashamiz "WhatsUp" orqali xolos. O'shanda ham men birinchi yozaman yoki qo'ng'iroq qilaman. Siz kilmaysiz desam: "Meni bilasanku shunday xarakterim "- deydi. Bir er hotin bo'lib uzoq gaplashmaymiz, oship ketsa 10- minut gaplashamiz. Meni balkim tushunmaganlar bordir sababi ering ichmasa, chekmasa, senga yomon so'z aytmasa, senga yana nima kerak? dersizlar tog'rikuya lekin bir bora telefon qilib holini so'rasa yahshi so'zini aytsa deyman. Ichimdagini top deganlardan erim. Ayol romantikani yahshi ko'radi. Bir marotaba men unga romantikalik tun qilib sham, sharlarni osib bezatsam - pulni hayf qilibsanda degan, juda yomon bolganman. Tortishsak gapirmasdan yuraveradi men birinchi so'z boshlab kechirim sorasam gapiradi.... Nima qilish kerak????

11 та жавоб

Bakhtiyor Sheraliev жавоб берди 540
Hilolaxon, singlim. Avvalo mana shunday turmush o'rtoq uchragani bilan Sizni tabriklayman. Hozirgi kunda zararli odatlarga ega bo'lmagan yigit topish anqoning urug'i bo'lib ketgan. Eringizni ta'riflashingizga qaraganda u introvert xarakterli ekanlar. Bunday odam tabiiy holda mana shunday bo'ladi. Lekin ularning yaxshi tomonlari juda ko'p, eng muhimi jahl bilan qaror qabul qilmaydi. Bunday odamlardan juda kamdan-kam holatlarda xiyonat sodir bo'ladi. Lekin bir narsaga juda hayron qoldim, hozir eringizsiz Moskvada nima qilib yuribsiz? Agar qisqa muddatga bo'lmasa tezda bu ishingizdan qayting, hech qachon eringizdan uzoqlashishga harakat qilmang. Er-xotin albatta birga yashashi lozim, har qanday holatda ham. Urishib qolgan vaziyatlarda ham. Endi Sizga psixolog sifatida bir necha maslahatimni aytsam, avvalo eringizni boricha qabul qiling, u mana shunday degan narsani ongingizga singdiring, axir nima qilganda ham u ko'z ochib ko'rganingiz. Ishonavering buning ahamiyati nihoyatda yuqori. Ikkinchidan, eringiz (-) minus ekan, Siz (+) plyus bo'lishga harakat qiling. U yozmasa Siz yozing, u telefon qilmasa Siz telefon qiling. Bu narsa Sizni ayollik g'ururingizga tegmasin aslo, chunki oilaga kirishda ortiqcha g'ururni tashqarida qoldirgan ma'qul. mana ko'rasiz 5-10 yil birga ahil yashasangiz bir-biringizga juda bog'lanib qolasizlar. Uchinchidan, erimning menda ko'ngli yo'q degan o'yni hayolingizdan chiqarib tashlang, agar biror shubhangiz bo'lsa tekshirib ko'ring, axir ayollar bunga usta bo'ladiku, agar gumoningiz bo'lmasa yaxshilab kuzating, introvert odamlar o'z mehrini, sevgisini, hissiyotlarini ochiqlashga qiynaladi, ba'zan bundan uyaladi. Lekin ayrim jihatlarda ularning mehrini, sevgisini sezib olish mumkin. Eringizni boshqalarniki bilan aslo solishtirib yurmang, bu juda katta xato bo'ladi. Boshqalarga havas qilib, o'zingiznikidan ayrilib qolmang deyman, singlim. Qolaversa orada farzandingiz bor ekan, farzand oilani mustahkamlaydi. Agar eringiz farzandiga e'tiborli, mehribon bo'lsa bilingki u Sizga befarq emas. Erni er qiladigan, qaro yer qiladigan ham xotin ekanligini unutmang. Eringiz mehr berishni bilmasa, Siz unga mehr berishni o'rgating, shunday mehr beringki Sizdan boshqasini ko'ra olmay qolsin. Menga qaramayaptiku, telefon qilmayaptiku deb siqilmang, yaxshilab mehnat qilsangiz albatta ko'zlagan maqsadingizga erishasiz. Lekin talabalikdagi ayriliqlar, qolaversa hozirgi holatingizdagi ayriliqlar Sizlarni yaqinlashtirish o'rniga aksincha uzoqlashtiradi, shu bois tezda uyga qaytish harakatini qiling, chunki oila hamma narsadan muhim! Salomat bo'ling!

Hilola изоҳ берди

Bahtiyor Sheraliev en avvalo rahmtat sizga juda yahshi fikrlarnki koldiripsiz.
Togri aytasiz karor kilishga shoshmaydi   " Meni eti oylik homilam bor edi oshanda gap talashib ketkaiz oshanda men jahl ustida men " uyinga bormayman hech kachon "- deganman  u esa  mayli " Alloh hohlasa talok" - dep  sms yozib yubordi. Men shokdaman yiglaganman rosa kayokda uyga kelmaysan kelganman bir soatni ichida kelib bor bolsa yok bolsa yok kilamiz deganman  uydagilarga aytaman deganimda  " hech kimga aytma men seni korkitish maksadida aytgan edim. Alloh talokni hech kachon hohlamaydi"- dep javob bergan.  Men oshanda togrisi fikrlay olmay kolganman........  Kinolarda osongina mot kilib koyadiku. Rivoyatlarda donishmandlar akilona javob beradiku huddi oshanday.

Balkim, men jahlim tez ,  romantikany yahshi korganim uchun kiynalip ,  sikilip  yurgandurman

Bakhtiyor Sheraliev изоҳ берди

Eringiz to'g'ri aytibdi Alloh xohlasa deb yozgan bo'lsa taloq tushmaydi, menimcha eringiz juda aqlli yigit! Hurmatli Hilolaxon, singlim, Allohni tanigan, har xil yomon odatlardan xoli bunday erni qo'ldan chiqarmang. Men kasbim taqozosi bilan juda ko'p har xil oilalardagi ayollar va erkaklar bilan gaplashganman va Sizga aytishim mumkinki, Siz eng yaxshi holatdasiz! Bir opa bilan 3-4 yil oldin gaplashgan edim, bir kuni kelsam yotog'imda erim o'ynashi bilan yotibdi, qulog'imni ushlab dod deb yig'ladim, uchta bolam bor, ota-onamnikiga ketolmayman deydi. Hozir ham chidab yashayapti. Yoki yaqinda bir qiz bilan gaplashgan edim, erim yaxshiyu, lekin meni xotin o'rnida ko'rmaydi ba'zan, jahli chiqsa qo'liga uchragan narsani menga qarab otadi, bir gal boshim piyola bilan urib hushimdan ketgizibdi, kasalxonada o'zimga keldim. Ajrashaman deyapman, lekin ota-onam bizni sharmanda qilib ajrashib kelma deyapti deydi. Bir ayol esa bir bolasi bilan erining zulmidan o'zin osishga harakat qilar ekan, shu ayol bilan gaplashgandim. Xullas, singlim aytmoqchimanki, Sizda deyarli muammo yo'q, Sizdagi tushunmovchiliklarni ayol sifatida Sizning o'zingiz hal qila olasiz. Yana aytaman, bunday yaxshi erni qo'ldan chiqarmang. Baxtli bo'ling.

xech_kim изоҳ берди

Bu masalaga jiddiy qarang! Bu kabi masalalarni diniy idoradan so'ragan yaxshi xech bir ilmli kishidan so'ramay turib taloq tushmadi deyish bu noto'g'ri Payg'ambarimiz  S. A. V aytganlar uch narsada xazil qilib bo'lmaydi 1-taloqda 2-nikohda 3-qulni ozod qilishda deganlar taloqni xazil tariqasida aytsa ham taloq qo'ygan xisoblanadi bu masalani albatta diniy idoradan so'rashingiz kerak. Hurmatli erkaklar ahli ayolinglarni yaxshi korsangiz xech qachon ularni qo'rqitish yoki hazil tariqasida "taloq" so'zni ishlatmang!
Abrorbek жавоб берди 0
Salom yaxshimisiz menimcha bu juda qorqinchili emas. Agar eriz shunday bolsa bu uni be farq degani emas buni bilishni qancha istamang u ozgarmaydi yaxshisi erizdan andoza olib 1 hafta u kabi fikirlang yani u nima ish qiladi nimalarga qiziqadi .shu savolarni biron vaog'ga yozib kunda oqin va men shunday ish qilsam bkr kunda kayfiyatim qancha buziladi hokazo.ba siz shu asnoda 8 kun yashab korin agar bu ham yoqmasa erizga begona bir ozbekiston nomerida gudok tashlab qoyin agar eriz tel qilganda olishmasin.yana tel qilsa telfoni olib biron.ayol chiroyli oovozda gapirib qoyib qoysin.va shu holatni ertasi kuni ham qilsin agar eriz yana qaytarib tel qilsa ba gaplashib yuborsa bilinki siz kongildagidek ayol emassiz..ha yana bir gap erkaklar hechqachon ayyolarga be farq bolishmaydi shunchaki sinab korishadi unutmang agar sizga maqul kelsa 8 kun yashab korish esdan chiqmasin @PARFUM707

Hilola изоҳ берди

rahmat maslahat uchun.
Bilasizmi men siz aytgandan boshka yol tutganman yani dindi organishni makul korganman. Muhammad salollohu alayhi vassalamning tarjimai holini okiganman. Ha albatta uni kongliga yol topgande boldim lekin  dugonalarim bilan gaplashganda yoki kino korganimda nega erim shunday bola olmas ekan a degan fikr boradi
Olimjon Axmedov жавоб берди 0
Nega siz Moskva shahridasiz? Eriz qaerda? Oziz hech sababini suramadizmi erizdan nega bunaqa deb?
Фируза Латипова жавоб берди 0
Сиз ҳам намоз ўқинг.
Bahodir Toshmatov жавоб берди 0
Avval universitetda oqidiz haftada bir borar ediz endi Moskvadasiz , qiziq birga yashamasdan nega undan mehr kutasiz.
Муслима Сокин Қалб жавоб берди 0
Сиз ҳам қўнғироқ қилманг, қани қандай муносабат кўрсатаркан. Бундай эркакларни совуқмижоз дейишади. Бемеҳр, бефарқ лоқайддек кўринадию, аслида уларни бори шу. Психикасида болалигида аёлларга нисбатан салбий шаклланган бўлишиям мумкин. Хотин йўлда, бола белда, сен ўзингни қариндошларингни ўйла, деб қулоғига сингдирилиб катта қилинмаган бўлса, ўзгаришига ишонч бор. Бўлмасам, сиз ҳам ўзингизни ҳурмат қилиб, ўғлингизга эътибор бериб яшашга мажбурсиз. Айрим совуқмижоз эркаклар, аёл киши ҳамма ишни уддалаши керак, деб ўйлайди. Бу одамларни беэътиборлик билан тарбия қилса бўлади. Лекин, бировни боласини қайта тарбиялагандан кўра, ўз фарзандингизни тарбиялаганингиз маъқулроқ. Сизни Москвага кетишингизга бефарқ бўлган бўлса, у йигит диний соҳада илмсиз. Аёл киши сафарга маҳрам билан чиқиши кераклигини диндорлар билади. Бошқа ютуқлари ўзиники, оиласи учун қайғурмайдиган эътиборсиз эркакка аёл киши узоқ вақт чидолмаса керак. Аксарият ҳолларда, афсуски ажрашиш билан тугайди. Сиз оилангизни сақлаш ниятингиз бўлса, уни борлигича қабул қилинг. Иккингиз ҳам ўз соҳангизни ривожлантиринг, асосий эътиборни фарзанд тарбиясига қаратинг. Ҳаётда, бошқа кимгадир эмас, Аллоҳга, оилангизга боғланиб яшашдан умид узманг. Аёл киши сифатида эрингизни қизиқтиришга уйга қайтганингизда уруниб кўринг. У қизиққан нарсалар ҳақида гапиринг. Уни ўзгаришидан умид қилманг, инсоннинг туғма табиати ҳеч қачон ўзгармайди.

XAMZA изоҳ берди

Ех диндан бехабар дисизми масквага юборгани учун а балки бу кизни узи пул купрок ишлайман деп кетаман деп туриб олгандир кейн шу гапига шунаканги ерлар борки уришиб тортишиб утиришни фойдаси йуклигини билиб шу учунхам индамай уз билганингни кил деп юргандир манам шунакарокман хотиним бир гапимга кулок солмаса гаплашмиман  кейн кутаман уйлаган режаси каерга боради экан деп ва шунака эркаклар борки масалан узини акилли деп билган хотинга акил талашмай уз холига ташаб куяди  бунакалар сабирли эркак булади совук мижоз емас балки у эри билгандир гапиришини фойдаси йуклигини шу учунхам хатосини тишуниб олар деп тел хам кимиди
Гайрат Рахманов жавоб берди 0
Ерни олдида булиш керак аел киши. Эр жонивор хам, хакикий эркак шекилли. Хотин Москвада, узи каерда.
Madinka Batirova жавоб берди 0
Qanaqa hayot bu.. His tuygu,oilaga bogan muhabbat yogakan nmaga uylanadi. 6ziga oxwagan g'o'ddayganga uylaniwi keregidi!
kamola жавоб берди 0
Eriz ichimdagini top diydigan xillardan bolsa demek ichidagini toping bu unchalik qiyimas uni psixologiyasiga etibor qaratin.kopro kuzatin etibor berin.qars ikki qoldan chiqadi.har qanaqa vaziyatta ham ikki inson bir birini tushunishi eng muhimi.
xech_kim жавоб берди 200
Ha tog'ri turmush o:ryog'ingizning zararli odatlati yoq ekan bu sizning baxtingiz eringizdan ularga nimalar yoqishini yaxhsilab sorab bilib oling va shu ishlarni eringiz kutmaganidan xam a'lo bajarishga xarakat qiling korasiz eringiz sizga nisbatan qarashlari va muomilalari albatta o'zgaradi Allohga ishonib sabr bilan xarakat qiling albatta natijasini korasiz va shu bilan birga ozingiz va eringiz o'rtasidagi muhabbatni xurmat e'tiborni kuchayishini Allohdan sorab duo qilishni xam unutmang!!!!
Martin жавоб берди 0
Hoh erkak hoh ayol boʻlsin mexir bermay etiborsiz boʻlsa demak qachonlardir qattiq sevib koʻngli singan. Ichida hech kimga aytmagan siri yoki yolgʻoni boʻladi. Hilolaxon siz oʻsha sirni turmush urtogʻiz xoxishi bilan aytmagunicha sizga oʻzingiz orzu qiganchalik yaqinlik qilaolmaydi. Muhimi siz kuchli aqilli boʻlishiz kerak.har bir insonni hech kimmga aytolmagan siri yoki yolgʻoni boʻladi wu ikkisidan aytib qutilmaguncha ishoning ichki dunyoyizni oʻzgartraolmaysiz bu ish ancha mexnat talab qiladi lekin samarali chunki oʻzimdan kepchiqib aytiyapman. Man hozir oʻtish davridaman oʻzgarish aloo darajada. Demoqchimanki turmush oʻrtogʻizni etiborini sevgisini qozonmoqchi boʻlsangiz man aytgan gaplarni oʻzizda sinab koʻring dunyo qarashizni oʻzgartiraolsayiz eringizni yurak tubidagi sirni oʻqiyolasiz. Qaysidir gapim koʻnglizni xra qigan boʻlsa uzur soʻrayman.

Сизнинг жавобингиз

Жавобни шошилмасдан, тўғри ва имло хатоларсиз ёзишга ҳаракат қилинг, кириллча ёзсангиз "қ" "ҳ" "ғ" "ў" ҳарфлари билан ёзинг ёки вергул билан ажратиб ёзинг, лотинча ёзсангиз, "sh"ни "w" қилиб ёзманг илтимос!!!
Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.