Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!

0овоз

aniq malumot kerak iltimos . Javon uchunn oldindan rahmat

1 та жавоб

Sirojiddin жавоб берди 999

IELTS ingl. International English Language Testing System) – inglizzabon mamlakatda taʻlim olmoqchi, immigratsiya qilmoqchi yoki amaliyot oʻtmoqchi boʻlgan kishilar uchun test sinovi. Test ingliz tili ona tilisi boʻlmagan odamlarga bu tilni qanchalik chuqur bilishlarini aniqlashga yordam beradi.

Avstraliya, Yangi Zelandiya davlatlariga immigratsiya maqsadida hujjat topshirganlar, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Amerika, Britaniya, Irlandiya universitetlarida oʻqishni hohlaganlar IELTS testini topshirishlari kerak. IELTS imtihonining yakuniy bahosini tan oladigan dunyo universitetlari muntazam ravishda oshib bormoqda.

Testning har bir boʻlimi uchun ballar 1 dan 9 gacha boʻlgan shkalada oʻlchanadi. Soʻng 4 boʻlim boʻyicha oʻrta ball hisoblanadi. Eng yuqori ball 9.

9 — tajribali foydalanuvchi — ekspert
8 — juda yaxshi foydalanuvchi
7 — yaxshi foydalanuvchi
6 — kompetent foydalanuvchi
5 — oʻrtacha foydalanuvchi
4 — chegaralangan foydalanuvchi
3 — nihoyatda chegaralangan foydalanuvchi
2 — qisman foydalanuvchi
1 — foydalanuvchi emas

Universitetda oʻqish uchun IELTS boʻyicha oʻrtacha 6.0 balliga ega boʻlish zarur. Agar natija 5.0 yoki 5.5ni tashkil etsa, u holda siz 6.0 koʻrsatkichiga ega boʻlish uchun shu oʻquv yurti qoshidagi koʻpi bilan 30 hafta davom etadigan ingliz tili kurslariga qatnashishingiz kerak boʻladi (ayrim universitetlar oʻrtacha ballarini 6.5 deb eʻlon qilishlari mumkin). Shunday qilib, IELTS Academic module boʻyicha oʻtish balli 5.0.

TAFE, kollejlar va trening kurslari uchun 5.5 miqdoridagi oʻrtacha ball talab etiladi; 4.5 yoki 5.0 natijasiga erishish hollarida siz 5.5 koʻrsatkichiga ega boʻlish uchun shu oʻquv yurti qoshidagi koʻpi bilan 30 hafta davom etadigan ingliz tili kurslariga qatnashishingiz kerak boʻladi. Demak, talabalik vizasini olish uchun IELTS General Training module boʻyicha oʻtish balli 4.5.

(Manba: Wikipedia)

Сизнинг жавобингиз

Жавобни шошилмасдан, тўғри ва имло хатоларсиз ёзишга ҳаракат қилинг, кириллча ёзсангиз "қ" "ҳ" "ғ" "ў" ҳарфлари билан ёзинг ёки вергул билан ажратиб ёзинг, лотинча ёзсангиз, "sh"ни "w" қилиб ёзманг илтимос!!!
Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.