Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!

0овоз

Savol "Til" dagi oʻzgarish haqida

Savol:tilda paydo boʻlayotgan op yiringsmon dogʻlardan qanday oson va tez xalos boʻlish mumkin va nima sababdan kelib chiqadi bu kasallik? til tam sezishni yuqotyapti bu qanaqa kasallik oʻzi? Biror kimda shunaqa kasallik uchraganmi?! Maslahat bering:

1 та жавоб

Bakhtiyor Sheraliev жавоб берди 500
Hurmatli Martin, Siz aytgan tildagi oq dog'lar odamda turli sabablarga ko'ra kelib chiqadi. Organizmda yuzaga kelayotgan o'zgarishlarning sababini to'g'irlamasdan turib kasallikni to'liq bartaraf qilish qiyin, zotan imkonsizdir. Quyidagi sabablarga ko'ra tilda oq dog'lar paydo bo'ladi:
- Stomatit;
- Oshqozon-ichak kasalliklari;
- Yurak, qon-tomir kasalliklari;
- Infeksion kasalliklar;
- Organizmning shamollashi;
- Zamburug'li kasalliklar;
- OITS;
- Organizmning suvsizlanishi;
- Organizmning biror bir ovqat yoki dori mahsulotlariga nisbatan allergiya berishi;
- Og'iz bo'shlig'i gigiyenasiga rioya qilmaslik.
Tildagi ushbu dog'larning holati va joylashuviga ko'ra davolash choralari ham turlicha bo'ladi. Sizga stomatolog, infeksionist, gasterontolog yoki endokrinolog vrachlardan birortasining qabuliga borishni maslahat beraman. Shunday bo'lsada uy sharoitida bunday dog'larni turlicha yo'llar bilan davolash mumkinligini aytib o'taman.
1) Hind metodi: bunda og'izga dog'langan toza o'simlik moyidan bir osh qoshiq olib uni yutib yubormasdan og'izda til bilan yaxshilab aylantirib turiladi, bu jarayon 1-2 minut davom etishi mumkin. Keyin moy tupurib tashlanadi. vaqti-vaqti bilan takrorlab turilsa oq dog'lar ketadi.
2) O'simlik damlamalari: jumladan, marmarak, moychechak, tirnoqgul, eman po'stlog'i kabi o'simliklardan tayyorlangan damlamalar orqali og'izni chayish mumkin.
3) antibiotiklar
4) aloe sharbati
Salomat bo'ling.

Сизнинг жавобингиз

Жавобни шошилмасдан, тўғри ва имло хатоларсиз ёзишга ҳаракат қилинг, кириллча ёзсангиз "қ" "ҳ" "ғ" "ў" ҳарфлари билан ёзинг ёки вергул билан ажратиб ёзинг, лотинча ёзсангиз, "sh"ни "w" қилиб ёзманг илтимос!!!
Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.