Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!
Salom. Achchiq bodom yog'i haqida malumot bersangiz iltimos. U yog' yuzdagi teshiklarni va qora donochalarni yo'qatishda yordam beradimi? iltimos javob bersangiz, kutaman.

3 та жавоб

Bakhtiyor Sheraliev жавоб берди 890

Hurmatli Nigoraxon. Biroz vaqt ilgari yuzdagi qora donachalardan xalos bo'lish haqidagi savolga javob bergan edim. Sizga o'sha javobni keltirib o'taman, balki uning sizga foydasi tegishi mumkin.
Javob: Odatda yuzdagi qora nuqtalar yog'li yuz egalarida ko'p uchraydi, bu o'sha terida yog' ishlab chiqaruvchi apokrin bezlarnng jadal ishlashidan dalolat beradi. Qora donachalarning paydo bo'lishi esa teri yuzasini toza saqlamasligingizning oqibatidir. Odatda yog'li yuzlarni kunda kamda ikki mahal iliq suvda yog'ni ketkazuvchi sovun bilan yuvish kerak. Savolga o'g'il bola yoki qiz bola ekanligingizni aytmagan ekansiz. Tanlaan nickname ingizdan Sizni o'g'il bola deb o'ylab quyidagi tavsiyalarni beraman. Yuzdagi qora nuqtalarni siqib tashlash kerak, faqat buni yo mutaxassis qilishi lozim yoki o'zingiz teriga shikast yetkazmasdan turib amalga oshirishingiz kerak. Qora nuqtalar ostidagi yog' bezining chiqish qismida yog' qatib qoladi va teridagi chang bilan qo'shilib qora rangga kiradi, vaqt o'tib ular yanada qattiqlashadi. Buning uchun kasmetologga borish eng yaxshi variant, lekin bunga imkoningiz bo'lmasa quyidagi protseduralarni uyda o'zingiz amalga oshirsangiz bo'ladi. avvalo qo'lingizni bir necha marta yaxshilab sovunlab yuvib olasiz, oxirida 70% li spirt bilan chayasiz. Shundan keyin yuzingizni bug'laysiz. Buning uchun bir choynak suvni qaynatib, suv qaynab bo'lgach ichiga bir osh qoshiqda osh sodasi solasiz va unning bug'iga yuzingizni ehtiyotlik bilan tutib turasiz. Yuzingizni bug'ayotgan paytda ustingizni kattaroq qalinroq mato bilan yopib turganingiz yaxshi, bu bug'ni faqat yuz qismiga urib, tashqariga chiqb ketmasligiga yordam beradi. 8-10 daqiqa xuddi mana shunday holatda turasiz. Bug'lash yuzdagi yog' bezlarining teshiklari kengaytirib, ularda qotib qolgan yog'ni yumshatadi. 10 daqiqa bug'laganingizdan keyin, quydagi ishlarni tezlik bilan amalga oshirasiz. Yuzni bug'lashdan oldin toza sterillangan aptekadan olingan bintni 10 smdan qilib kesib 2-3 marta buklab 6-7 ta tayyorlab qo'yasiz. Yuzni bug'lab bo'lishingiz bilan quruq bint bilan yuzingizni asta sekin artasiz. Bintni tez tez almashtiring, artayotganingizda unga qarasangiz qoraygan bo'ladi. Artib bo'lgach, bintni vodorod peroksidning 3% li eritmasidan ho'llab yana xuddi shunday qilib yengilgina artib olasiz. Birinchi artish yuzdagi yumshagan yog'larni olib tashlash uchun, ikkinchi H2O2 li artish yuzdagi ochilib qolgan teshiklarga bakteriya va mikroblar tushmasligi uchun, bu narsa yuzni ham oqartiradi, ham mikroblarni o'ldiradi. Shundan keyin toza qo'l bilan agar katta qora nuqtalar bo'lsa ohista, yuzning terisiga ziyon yetkazilmasdan siqasiz, agar o'zingiz qila olmasangiz uydagi biror yaqiningizdan yordam so'rashingiz mumkin, faqat qo'lni yuqorida aytganimdek tozalab olish esdan chiqmasin. Siqish qo'pol, terini qizartirish darajasida amalga oshirilsa albatta mayda chandiqchalar hosil qiladi. Siqib bo'lgach yuzga yupqa qilib bolalar kremi surtasiz (bu krem aptekada 2000 so'm atrofida turadi), krem tarkibidagi A va E vitamini yuz terisini oziqlantirib uning tez tiklanishiga yordam beradi. Xuddi shu amaliyotni haftada bir marta qo'llab tursangiz va yuzingizni bir kunda ikki marta iliq suvda sovunlab yuvib tursangiz muammolardan xalos bo'lasiz. Yuz parvarishi uchun bir necha yil oldin bir maqola yozgan edim, shuni ham o'qib ko'rishingizni maslahat beraman. Salomat bo'ling.

Muzaffar жавоб берди 0
Salom. Bodom yogi òt pufagi toshini xam maydalab tushiradi deb eshitdim. Shu gap rost bòlsa qanday qòllashni aytib bersangiz iltimos. Javob un oldindan raxmat
Nozim жавоб берди 0
Mani peshonamda akınlar kupayib kotalashib ketyabdi man xozir turkiyadaman uzbekistonda bulganimda ilojisini topardim nima qilaman maslaxat bering

Сизнинг жавобингиз

Жавобни шошилмасдан, тўғри ва имло хатоларсиз ёзишга ҳаракат қилинг, кириллча ёзсангиз "қ" "ҳ" "ғ" "ў" ҳарфлари билан ёзинг ёки вергул билан ажратиб ёзинг, лотинча ёзсангиз, "sh"ни "w" қилиб ёзманг илтимос!!!
Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.