Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!
Asalomu aleykum.Qanday qilib inson o'ziga bo'lgan ishonch uyg'otish mumkin? Inson o'zidagi qo'rquvni, tortinchoqlikni, depresiyani, jamoat oldida o'z fikrini erkin ifodalay olmaslik holatlarini yo'qotish imkoni bormi? Yoshligimda bu holatlardan umuman begona edim. Keyinchalik boshqalarni bosimi, uydagi notinchliklar tufayli o'zimni erkinligim va qat'iyatmni yo'qotib qo'ydim. Hattoki, o'z gaplarimni oxirigacha ayta olmay tezroq tugatishga harakat qilaman. Bunday harakterni o'zgartirish mumkinmi? O'zgartirish mumkin bo'lsa, bu holatda qanday maslahat berasizlar. Maslahatiz uchun oldindan rahmat.

1 та жавоб

SOBIRKHAN жавоб берди 0
Bu holat menga ham notanish emas, siz aytgan xususiyatlarni barchasi menda ham bor edi. Biror ishga qo'l urishni boshlasam, miyamdagi ovoz bu qo'limdan kelmasligini uqtirardi. O'zimga ishonchim yo'q, o'zimga o'zim tushunmasdim. Keyin, hammasini boshqatdan boshladim, o'tmishimdagi yutuqlarni eslardim, bu kuch bag'ishlardi. Miyamdagi negativ ovozlarga e'tibor bermay qo'ydim. Kichkina yutug'imdan ham quvonishni o'rgandim, bu holat ham plus berardi. O'ziga ishonch orttirishni yo'llari ko'p. Masalan, psixologik kitoblar. "O'zlik sari yetti qadam" kitobini pley marketdan yuklab oling. O'zingizdagi qo'rquvni yo'qoting. Dunyoda qo'rqoq odam bo'lmaydi, o'zingiz haqingizdagi o'y-fikrlar sizni qo'rqoqqa aylantiradi. Sizni qo'rquvga solgan narsaga tik boqishni o'rganing. Kimdir sizni urmoqchi bo'lsa, unga taslim bo'lmang. Bilmadim, bu maslahatlar qanchalik to'g'ri, shuyog'ini ham o'zi arang yozdim.

abror изоҳ берди

Maslahatiz uchun rahmat. Siz to'g'ri yozgansiz. Bu gapizga 100% qo'shilaman.

Сизнинг жавобингиз

Жавобни шошилмасдан, тўғри ва имло хатоларсиз ёзишга ҳаракат қилинг, кириллча ёзсангиз "қ" "ҳ" "ғ" "ў" ҳарфлари билан ёзинг ёки вергул билан ажратиб ёзинг, лотинча ёзсангиз, "sh"ни "w" қилиб ёзманг илтимос!!!
Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.