Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!

Chocolate Slim ni qanday foydalari va zararlari bor? kim biladi?

10 та жавоб

Sirojiddin Muhammad жавоб берди 2159

Chokolate Slim – firibgarlik mahsuloti yoxud hamyoningizni boʻshatish boʻyicha qulay vosita!

Shokolad slim (Chokolate Slim) (Slim (ing.) – maʼnosi: nozik, xushbichim) – ozish uchun taklif qilinayotgan navbatdagi firibgarlik mahsuloti! Nomi bunday ekaniga qaramay, u hech qanday shokolod emas, balki oddiy kakao kukuni asosidagi quruq ichiimlik xolos. Eng asosiysi, u kishining ozishiga hech qanday taʼsir koʻrsatmaydi, uning tarkibidagi moddalar alohida olinganda ham, birgalikda qoʻllanilganda ham, inson vaznining kamayishiga sabab boʻla olmaydi.

Chokolate Slim mahsuloti reklamasining bu qadar surbetligini faqatgina “Suyuq kashtan” reklamasi bilan solishtirish mumkin xolos. Endi boʻlsa, barchasini tartib bilan koʻzdan kechiraylik. Sotuvchilar tomonidan Shokolad Slim isteʼmol qilgan odam 28 kunda 24 kg gacha vazn tashlashi mumkinligi , bu mahsulot faqat “tabiiy mahsulotlardan” tashkil topganligi, “Biologik faol qoʻshimcha” emasligi va “ortiqcha vazn muammosining sababini bartaraf qilishi” vaʼda qilinmoqda. Shuningdek, «moskvalik parhez boʻyicha mutaxassis Yevgeniya Verxovseva» bunga kafolat bermoqda. Buning imkoni bormikin? Bunday savollarga javoblarni Shokolad Slim tarkibidan qidirib koʻramiz.

SHOKOLAD SLIM NIMALARDAN TASHKIL TOPGAN?

Mahsulot yorligʻida keltirilgan tarkib chindan ham tabiiy mahsulotlardan iborat, unda hech qanday boʻyoqlar, hid beruvchi vositalar va hatto, yumshatgichlar ham mavjud emas. Unda faqat rezavor mevalar, zamburugʻli qoʻziqorinlar, boshoqli oʻsimliklar, kofe donachalari va kakao kukuni borligi koʻrsatilgan. Keling, uning har bir takrkibiy qismini koʻzdan kechiraylik:

GOJI RЕZA MЕVASI (ЯГОДЫ ГОДЖИ)

Goji reza mevasi inson vazniga hech qanday taʼsir qilmaydi, boshqa mevalardan koʻra koʻproq darmondori (vitamin) va mikroelementlarga ham ega emas va yogʻ toʻplanishiga qarshi hech qanday taʼsirga ega emas. Bu shunchaki odamlar isteʼmol qiladigan reza mevadir.

ASAI RЕZA MЕVASI (ЯГОДЫ АСАИ)
Bu ham insonlar isteʼmol qiladigan reza meva, unchalik shirin emas. Uning vatani boʻlgan Amazoniyada ushbu meva xoʻjagʻat (malina) yoki krijovnik kabi isteʼmol qilinadi. Asai mevasini boshqa mevalardan ustun taraflari haqida hech qanday maʼlumot yoʻq. Amerikaning oziq ovqat va dori-darmonlar boshqarmasi (FDA) hatto bu sevaning salomatlikka zarar keltirmasligini ham tasdiqlagani yoʻq. Aytgancha, Shokolad Slim sotadigan saytlarda «Asai reza mevasi» degan yozuv tagida oddiy golubikaning rasmi turibdi, Asai esa boshqacha oʻsimlikdir.

CHIA URUGʻI (СЕМЕНА ЧИА)

Qisqacha qilib aytganda, bu boshoqli ekin donini koʻproq Janubiy Amerikada insonlar va qishloq xoʻjalik hayvonlari isteʼmol qiladilar. Uning ozishda beradigan samarasi isbotlanmagan, lekin qon quyilishiga qarshi dori ichadigan kishilarga Chia oʻsimligi urugʻini isteʼmol qilish tavsiya qilinmaydi, chunki ularda qon oqishi kuzatilishi mumkin.

LINCHJI QOʻZIQORINI YOKI GANODЕRMA (ГРИБ ЛИНЧЖИ, ОН ЖЕ ГАНОДЕРМА)

Bu yoqimsiz zamburugʻli qoʻziqorin turi hisoblanadi. Koʻp sonli boʻlmasa-da, ayrim tadqiqlotlar natijalariga koʻra, Linchji qoʻziqorini yoʻgʻon ichak va toʻgʻri ichakning bezarar oʻsmalarini (kolorektaly adenoma) davolashda yaxshi foyda beradi. Shuningdek, bu zamburugʻ Gepatit V bilan ogʻrigan bemorlarda jigar faoliyatini yaxshilaydi. Bugungi kunga qadar oʻtkazilgan barcha tadqiqotlar Linchji qoʻziqorini xolestirin darajasini pasaytirishini isbotlamagan. Qon quyilishiga qarshi dori ichadigan hamda qon ivishi past boʻlgan kishilarga bu qoʻziqorinni isteʼmol qilish tavsiya etilmaydi. Biroq sogʻlom odamlarda ham Linchji isteʼmol qilish bosh aylanishi, oshqozon-ichak yoʻllarining kasallanishi va teri yalligʻlanishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, Linchji isteʼmol qilgan kishilarda zaharlanish kuzatilgan, ulardan biri, hatto, oʻlim holatigacha borgan.

YASHIL KOFЕ DONI (ЗЕРНА ЗЕЛЕНОГО КОФЕ)

Bu borada fikrlar chalkash, chunki, bir tomondan baʼzi tadqiqotlar yashil kofe ekstraktining vazn tashlashga ozroq taʼsir koʻrsatishini isbotlagan boʻlsa, boshqa tomondan, bu kabi vazn tashlash kishilarda qayt qilish, uyqusizlik, bosh ogʻrigʻi, oshqozon kasallanishi va yurak urishining buzilishiga sabab boʻlgan. Faqat bu donni oʻzida sinagan kishilarda nojoʻya taʼsirlar turlicha boʻlgan. Yashil kofe ekstraktini isteʼmol qilishda inson organizmiga boʻladigan ijobiy taʼsirdan koʻra, salbiy taʼsir koʻproq boʻlgani uchun ham olimlar uni isteʼmol qilishni tavsiya qilmaydilar. Biroq Shokolad Slim uning ekstraktini emas, balki donini qoʻllashini hisobga olsak, uni isteʼmol qilishdan unchalik yomon taʼsir qilmaydi.

TABIIY KAKAO (НАТУРАЛЬНОЕ КАКАО)

Odatiy va xushtaʼm mahsulot. U hatto foydadag xoli emas. Tadqiqotlarning koʻrsatishicha (albatta, bu tadqiqotlar “Mars” shokolad kompaniyasi tomonidan moliyalashtirilgan), bir necha yil davomida kakaoni muntazam isteʼmol qilish yurak-qon tomirlari kasalliklarining oldini olishda juda yaxshi yordam beradi. Mustaqil tadqiqotlarning koʻrsatishicha, qora shokolad va kakaoli mahsulotlarni isteʼmol qilish qon bosimini pasaytirar ekan. Kakaoning foydali jihatlari haqida yana nima deyish mumkin? Ishonchli maʼlumotlar unchalik koʻp emas. Qora achchiq shokolodni isteʼmol qilish sirroz bilan kasallangan bemorlarning jigar faoliyatini yaxshilashi va surunkali holsizlik sindromining paydo boʻlishini pasaytirishi mumkin ekan. Bu maʼlumotlar bugungi kunga qadar qilingan tadqiqotlar natijalari. Kakao va ozish soʻzlarini birlashtiruvchi yagona narsa, bu – qora achchiq shokolad va shakarsiz kakao yeyish vazn oshishiga olib kelmasligi xolos.

CHOKOLATE SLIM HAQIDA HAQIQAT!!!

Koʻrib turganingizdek, Shokolad Slimning hech bir tarkibiy qismi inson vazniga taʼsir qila olmaydi. Hatto, taʼsir oʻtkazgan taqdirda ham, hech qanday tibbiy vosita 4 hafta ichida 24 kg vazn tashlashga yordam bera olmaydi. Inson organizmi ana shunday tuzilgan, hatto u faqat suv ichib kun koʻrsa ham, bu muddatda 24 kg ning yarmigacha ozishi mumkin xolos. Hatto onkologik kasallikka, qandli diabetga yoki jigar sirroziga chalingan bemorlar koʻrsatilgan muddatda ham bundan kam vazn tashlaydi. Albatta, reklamada “24 kg gacha vazn tashlanadi” deb aytiladi va 1 kg ham “24 kg gacha” boʻlishi mumkin. Balki Shokolad Slim 2-3 kilogrammga ozish uchungina yordam berar? Uning narxini hisobga oladigan boʻlsak, bu unchalik yaxshi qaror emas. Balki kimgadir chindan ham yordam bergandir? Afsus, oʻnlab saytlarni oʻrganishimiz natijasida Shokolad Slim haqida tuzuk-quruq ijobiy fikrni uchratmadik. Bu kokteylni sotib olgan biror xaridorda ham bir kilogramga boʻlsa-da, ozish kuzatilmagan. Sotuvchilarning saytlarida keltirilgan moskvalik parhezshunos shifokor Yevgeniya Verxovsevaning fikrlariga nima deysiz? Afsuski, bu borada ham sizni xursand qila olmaymiz. Diyetolog Yevgeniya Verxovsevaning oʻzi bu olamda mavjud emas. Saytlarda keltirilgan uning fotosurati esa mashhur rasmlar toʻplanadigan saytlardan biridan olingan.

SHOKOLAD SLIM HAQIDA SHIFOKORLAR NIMA DЕYDI?

Biz bilan suhbatlashgan shifokorlarning barchasi, agar chindan ham bu shokoladning yozilgan tarkibi toʻgʻri boʻlsa va bu quruq ichimlik sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinib tayyorlangan boʻlsa, bu mahsulotni isteʼmol qilish, garchi foydasiz boʻlsa-da, xavfli emas. Bu ichimlikni isteʼmol qilishdan zaharlanish yoki salbiy taʼsir qilish holatlari ham hozircha uchragani yoʻq. Shuni alohida taʼkidlash kerakki, biz maslahat soʻrab murojaat qilgan shifokorlarning birortasi ham Shokolad Slimni tatib koʻrishni xohlamadi.

XULOSA QILGANDA…

Demak qanday xulosaga keldik: ehtimol, zararsiz boʻlmagan qoʻziqorinli turli moddalar qoʻshilgan kakao kukuni, ikki xil keraksiz, lekin yesa boʻladigan reza meva va Amazoniya boshoqli doni. “Biologik aktiv qoʻshimcha emas” degan ayyorona yozuv ushbu mahsulotning zararli emasligini anglatmaydi, balki mahsulotning majburiy sertifikatsiya qilinishi shart emasligidan dalolatdir. Shokolad Slim mahsulotining muvafiqlik sertifikati bor-yoʻqligini aniqlashning imkoni boʻlmadi. Chokolate Slim haqida chin fikr-mulohazalar ijobiy emas, boshqacha boʻlishi ham mumkin emas. Gap kimgadir soxta mahsulot tushib qolganida ham emas (baʼzi manfaatdor izoh qoldiruvchilar shunaqa bahona qilishni yoqtirishadi), hamma gap mana shunday tarkibga ega mahsulotning samarali boʻlmasligidadir. Demoqchi boʻlganmiz, 1000 rubl, 400 griven, 5000 tanga, yoxud 100.000 soʻm toʻlab siz 100 grammli oddiy kakao sotib olasiz, aslida esa uning narxi 10 barobar arzondir. Eng achinarlisi, shuncha pulga siz odatiy hayotingizni oʻzgartirmay turib ozish mumkinligi haqidagi umidni sotib olasiz. Faqat umid bilan ozish mumkinmikin? Afsuslarkim, buning hecham iloji yoʻq.

Muallif: Ivan Tarxanov
Manba: O BADax
Tarjimon: Masʼud Mahsudov

МАНБА: https://maslahatim.uz/maqolalar/salomatlik/chokolate-slim-firibgarlik-mahsuloti-yoxud-hamyoningizni-bushatish-buyicha-qulay-vosita/

Samandar жавоб берди 0
Zarar tomonini bilmadim ku lekin hamaga ham tasir qila vermas ekan bu maxsulot.
Sultonbek жавоб берди 0
Emizikli ayollarga mumkinmi bu mahsulot

Sirojiddin Muhammad изоҳ берди

Умуман фойдасиз
Sobirjon жавоб берди 0
Salom man chokalate slim zakas qildim nima dep uylaysiz foyda beradimi xa qalbakisini qanay aniqlasa buladi

Sirojiddin Muhammad изоҳ берди

Умуман фойдаси йўқ. Бу оддий какао ҳархир зираворлар қўшилган. Умуман озмайсиз
нозима жавоб берди 0
Савол сноколат слим кандака узи ичганлар борми тами кандей сохтаси билан хакакийсини кандай ажратса булади

Dilroz изоҳ берди

Salom! Hamma chocolate slim olish niyatida bolganlarga maslaxat! Man 1 chi marta oldim 3 karobka umuman foydasi bolmadi! Ikkinchi marta ula tekinga berishdi ozmaganimi eshtib umuuman foydasi bolmadi! Nabarot 4 kg yana vazn yigdim shunaqayam boladimi! Maslahatim pulilani ketqazmelaaa
malika жавоб берди 0
Umuman foydasiz hamma ishonavermasin. Bir oylik kursni ichim hech qancha ozmadim haqiqiy tamagirlik
abbos жавоб берди 0
mn chocolate slim zakaz qiganisim foydasi yoqmi

Sirojiddin Muhammad изоҳ берди

УМУМАН ФОЙДАСИ ЙЎҚ. МОШЕННИКЛАРНИ МАХСУЛОТИ. ЮҚОРИДА МАҚОЛАГА ЛИНК ҚЎЙДИМ ТЎЛИҚ ЎҚИБ ЧИҚИНГ.
Munojat жавоб берди 0
Men ham ichvoman lekin foydasini sezmayapman hato quti ichida instruksiyasi ham yoq ekan qanday qabul qilish kerakligi haqida och holigami ovqatlanish kerakmi yoqmi bilolmadim shuni suramoqchiydim

Sirojiddin Muhammad изоҳ берди

Маслаҳатим умуман ичманг.

Barno TDTU изоҳ берди

Qaynoq sutga ovqatlanishezdan yarim soat oldin aralashtirib ichasiz ertalab. Agar nonushta o‘rnida qabul qilsayiz yana ham yaxshi. Instruksiya karobkani ustida boladi. Ichganizdan ozib qolasiz degani emas mashq ham qilish kerak baribir.
Ситора жавоб берди 0
Оздирмеди дияпсизла закас килмеликми
Jamshid жавоб берди 0
Ularni asosiy dillerlarni qanday bilsa bo‘ladi

Сизнинг жавобингиз

Жавобни шошилмасдан, тўғри ва имло хатоларсиз ёзишга ҳаракат қилинг, кириллча ёзсангиз "қ" "ҳ" "ғ" "ў" ҳарфлари билан ёзинг ёки вергул билан ажратиб ёзинг, лотинча ёзсангиз, "sh"ни "w" қилиб ёзманг илтимос!!!
Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.