Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!

Stressdaman maslahat bering tajribalilar

Yoshim 19 da turmush qurganimga 3 oy bo‘ldi. Bankda ishlardim ziyoli oilani farzandiman, onam o‘qituvchi, otam buxgalter. Sovchilar ko‘pligi sababli va dadam qaynonam bilan qarindosh bo‘lganlari uchun turmushga berdilar, erimni avval ko‘rmaganman 1-2 marta ko‘rishib gaplashib olganmiz xarakteri yaxshi edi. Erim 6 yildan beri Moskvada ishlaydi 1 oyda to‘y bo‘ldi, hammasi yaxshi baxtli edim, ishdan ham chiqdim chillamiz chiqishi bilan Moskvaga keldik. Amakilari uy berdi, amakilarini firmasi bor, ish boshqaruvchi erim, men uydaman, Moskvaga kelganimizdan 1 haftadan so‘ng erimni imosiga xabar keldi, erim uhlardi, men yozdim, qiz bola ekan, oxirida man xotiniman dedim, yuragim tilkanib ketdi u qiz ering bilan yashaganman dedi, Qirg‘izistondan ekan erimga o‘qitdim, meni urdi aybim nima edi bilmadim? Chidadim shubhalanib qoldim hech narsa aytmaydi, saytlarini yashiradi u qiz haqida so‘rasam gapirmadi (unashtirilganimizdan so‘ng qizlar bilan 2 marta yaqinlik qilganini aytgan kechirgandim). Avval yigitlar bilan gaplashmaganman erimni sevardim ishonchim tugayapti, hozir ko‘p bora qizlarga yaqinlik qilganini aytdi, ikki marta urishib qolganimizda haqoratlab urdi, nafsiga erk bergani hayolimdan chiqmayapti, hayotni yolg‘on bilan boshlagan lekin erimga gapirolmiman dilini og‘ritishdan qo‘rqaman, uydagilarga ham aytolmiman stressdaman yordam bering.
белги билан ёпилган: Етарликча жавоб берилди!!!

17 та жавоб

Abdulaziz жавоб берди 0
Sabr qiling Allohdan yordam sorang.Namoz o’kib erizni haqiga duo qiling,zino ogir gunohligi birorta yaqinlari orqali yetkazing,Alloh oilangizni mustahkam,qilsin eringizga insof bersin sizga esa sabr.

Sirojiddin Muhammad изоҳ берди

Синглим тамом бўлди. Ажрашинг. Ота онезга айтинг. Бунақа зинокор билан яшагандан яшамаган яхши. Ҳали фарзандли бўлмапсиз.. вақт борида тезда ажрашинг... фарзандли боб қолселар бошқа турмуш қуришиз қийин бўлиб кетади. 3 ойда турмуши бузилганлар тезроқ бошқа эрга тега олишади.

Sirojiddin Muhammad изоҳ берди

Аллоҳ бахтизни беради. Ўзига ташаккал қилиб ажрашинг. Қайтинг узбга.

Lola изоҳ берди

rahmat maslahatingiz uchun uzim ham o'ylanib yuribman
alam qilgani esa birorta yigitga qo'limni ham ushlatmaganim va ziyoli oilani farzandi bulib turib shunday insonga turmush chiqib azob ko'rganim hatto kecha erim ishdan kech qoldi uyda uzoq kutdim ko'chada havotir olib yo'liga chiqsam yomon haqoratlab qo'l ko'tardi boshqa bilan birga bo'lib kelyapsan ishonmiman dedi qizligimda yurmaganman zino kechirilmasligini bilaman hudodan qo'rqaman tuhmati botib ketdi o'zbekistonga qaytib ketmoqchiman

Sirojiddin Muhammad изоҳ берди

Аллоҳ таоло “Нур” сураси 26-оятида марҳамат қилади:

الْخَبِيثَاتُ لِلْخَبِيثِينَ وَالْخَبِيثُونَ لِلْخَبِيثَاتِ وَالطَّيِّبَاتُ لِلطَّيِّبِينَ وَالطَّيِّبُونَ لِلطَّيِّبَاتِ أُوْلَئِكَ مُبَرَّؤُونَ مِمَّا يَقُولُونَ لَهُم مَّغْفِرَةٌ وَرِزْقٌ كَرِيمٌ


Нопок хотинлар нопок эркаклар учундир. Нопок эркаклар нопок хотинлар учундир. Покиза аёллар покиза эркаклар учундир. Покиза эркаклар покиза аёллар учундир. Ана ўшалар у(бўҳтончи)лар айтаётган нарсалардан поклангандирлар. Уларга мағфират ва карамли ризқ бордир.

Ушбу ояти каримада Аллоҳ таоло исломий жамият ҳаётидаги муҳим бир асосни баён қилмоқда. У ҳам бўлса, нопок қалблар ўзларига ўхшаган нопоклар билан топишиши, ўз навбатида, пок қалблар ўзидек покиза қалблар билан топишиб бирлашишидир. Асли нопок инсондан доимо нопоклик содир бўлади. У ўзига ўхшаган нопокларни ёқтиради, улар билан топишади, доим бирга бўлади. Лекин пок кишиларга қўшила олмайди. Шунингдек, пок одам ҳам доимо поклик билан яшайди. Пок кишиларни қидиради, топади, бирга бўлади. Эр-хотин бўлишда ҳам шу. Пок хотинга пок эр, нопок хотинга нопок. Агар нопок билан пок бирлашиб қолса, бу ҳамдамлик узоққа бормайди. Чунки пок билан нопокнинг бирга бўлишлари амри маҳол. (Тафсири Ҳилол китобидан)

СИНГЛИМ АГАР ЭРИНГИЗ СИЗ ТАФСИРЛАЁТГАНДЕК БЎЛСА ЮҚОРИДА КИТОБДАН ОЛИНГАН ИҚТИБОСГА БИНОАН СИЗ У НОПОКНИ ТАРК ЭТИШИЗ КЕРАК.

Sirojiddin Muhammad изоҳ берди

Зинони яна бир хатари ҳозир кўплаб касалликлар тарқалган замон. айнан зино билан юқадиган ёмон касалликлар бор.   У бир куни ўзига ўшанақа касални юқтириб олиб, уйга келиб сизгаям юқтириши мумкин. Қанча тез кетсез шунча яхши.
Lola жавоб берди 0
zino qilgani haqida gapirsam 25 ga kirdim 25ga kirib zino qimagan qiziqmagan yigit yoq dedila

Sirojiddin Muhammad изоҳ берди

БЕКОРЛАРНИ АЙТИПТИ. ПОКИЗА ИНСОНЛАР ЖУДАЯМ КЎП.
baxti 2341 жавоб берди 0
Hozirdan qo'l ko'tarib beetibor bo'layotgan bo'lsa yuziyizga ajin tushib boshlasa sizdan xabar ham olmay sizni umuman eshitmay qo'yadi hozirdan onayiz va qaynonayiz bilan ochiqcha maslahatlashing
Lola жавоб берди 0
dinni ko'p o'qiganman saodat asri qissalarini tugatganman  ayolning eri oldidagi vazifalarini tushunaman yosh bo'lsam ham

nima qilishni bilmayapman ajrashaman desam oila o'yinchoqmi deydila lekin azoblaydila haligacha hech bir gapni janjal qilib so'ramaganman tushubtirib berishlarini hohlardim hammasini aytishlarini lekin aytmaydila rostgo'ylikni yaxshi ko'raman hammasini rost aytib bersangiz kechiraman tushunaman bundan keyin gunoh qimasayiz bo'ldi desam

sandan kechirim so'ramiman qigan ishlarimga afsuslanmiman ayol kishi ojiza bo'ladi hozir begonani olib kelsam ham hech narsa qilolmaysan dedi uni ustiga endi homiladorman nima qilishni bilmayapman  uyga ham jo'natmayaptila

yomon ahvoldaman yashashdan ham ko'nglim sovub ketdi
Анастасия жавоб берди 0
Ha siz ancha erta turmuwga chiqibsiz ln ajrashmang birovni gapiga quloq solmang sizni och qoymayaaptimi hechnimaga zoriqtirmayayptimi agar bitta wu erizni oldingi hayotidan qolgan gapla bosa mayli biling uziz un ln erizdan soramang nima kim u qaerdan db wunchaki uni sevmaseizam seviwizni ayting ogil bolga qiz bolani pokiraligi faqatgina bir kunga qiziq
Анастасия жавоб берди 0
Siz agar eriz haqida kop narsani biliwizni bilsa mana kor bilasan endi ochiqchasiga qilaman nima hohlasam didi sizni uruw utmasligi uzizga bogliq unga yoqmidigan gap gapirmang uzizni uni malikasiligizni bollariz boliwini u sizni sultoniz boliwini uqtiring chiroyli kiyimlar kiyim uzizga qarab yuring bawarasi yoqmasa ham kulib opib kutib oling sogindim sizga yoqadivan ovqat tayyorladim ding ketayotganda ham unga yoqadigan gaplani aytib kuzatib qoying
Анастасия жавоб берди 0
Siz qanchalik muloyim bolsaiz bowidan keyinchalik ham sizni wunday koradi agar hayotizni bowidan uruwla bn bowlasangiz ertaga u sizni kim bn dur soluwtirsa siz uruwqoq kopolday tuyulasiz er ayolni katta farzandi boladi deyiwadi unga wunday muomila qilingki u sizdan kutgandan ham alo bosin
Marg'uba жавоб берди 0
Assalomu alaykum. Eringizni nafsini emas Ollohga bo'lgan e'tiqodini sinang. Ollohdan qurqadimi, chinakam musulmonmi, qilayotgan ishlari uchu ohirat va shu dunyoda Ollohning qaxriga uchrashini tushuntiring. Ko'p insonlar musulmonman deb yurishadiyu lekin etiqodi kuchsiz bo'lishadi. Ilmsizligidan har qanday gunohdan tap tortishmaydi. Eringiz Ollohdan qurqmaydigan kishi bo'lib chiqsa umringizni zoyi qb quyishingiz mumkin. Kulfatu shodlik hammasi Ollohdan. Avvalo o'zingizni isloh qiling. Ollohga do'st bo'ling. Olloh do'stlarini xor qb qo'ymaydi. Birga yashasangiz ham Olloh uchun yashang, ajrashsangiz ham Olloh uchun ajraling
Aisha.H жавоб берди 0
Kech bo'lib qolishidan oldin tezroq ajrashing !! Bunday (zinokor) er bilan yashab bo'lmaydi. Agar u ishlarini uylanishidan oldin qilgan bo'lsa ham uni kechirish qiyin.. faqat kechirsa bo'ladi haqiqiy tavba qili, qattim pushaymon bo'lib Allohdan so'rasa. Lekin agar uylangandan keyin ham tavom etvotgan bo'lsa birga yashashdan foyda yo'q aksincha siz zarar ko'rasiz. Mani bir yaqinim boridi ulani oilasida ham sizzi holatingiz kabi prablemala chiqgan. Ula esa "oilamga nima dev etaman, tanishlaga nima diman.." deb chidab yurdila. Keyin homila bo'lib qoldila lekin er hali ham o'zgarmagandi. Yaqinim esa "endi farzandim bor balki o'zgarib qolarla " deb yana sabr qilib yaxshi muomila qilib yurdila...va 2.farzand ham tug'ildi lekin hali ham o'zgarish yo'q... "Farzandlarim uchun, ula otasiz kotta bo'lishmasin" deb erini o'zgartirishga juda ko'p harakat qildila. Afsus... O'zgargani yo'q va bu buzilish bilan yakunlandi. Bu holatta eng kotta zarar kimga bo'ldi ? Albatta qiz tarafga va farzandlaga. Hozi endi etadila "qanidi shu boshidayoq o'zgarmaganlarida ajrashganimda edi shuncha yil bekordan qiynalmasdan" deb. Endi siz o'ylab ko'ring "hozi ajrashsam qiyinmi yoki farzandla bo'lib ancha yil o'tganda ajrashishmi" deb. Siz etganchalik bo'lsa o'zgarishi juda qiyin... Umringizni hayf qilmang ! İstihora o'qib tezroq qaror qiling. Alloh siz uchun qaysinisi hayrli bo'lsa shuni nasib qilsin.
Рустам Назаров жавоб берди 0
Буйдоклик пайтида билиб-билмай "шухлик" килиб юргандирда синглим. Энди унга озгига имкон ва вакт беринг. Кузатинг, агар "тузалмаса хозирок вос кечинг. Чунки фарзанд тугилса тирик етим булиб колмасин Балким инсоф бериб колар.
Умму Абдулазиз жавоб берди 0
Қизимизни ёзгани рост бўлса, эрини онасига ўғлини қилиқларини айтсин. Ўғлига насиҳат қилиб, харомдан, зинодан тийилишини насиҳат қилишини айтсин. Хотинини гапини олмайдиган эр, онасини гапини олади
Аманту Биллаҳ жавоб берди 0
Ҳаромдан, зинодан қўрқмаслиги жуда ёмон. Нафсини қули экан. Аллоҳ инсоф-тавфиқ берсин. Буни яқинлар билан биргаликда ҳал қилиш керак. Йигит ҳаромга ўрганган экан, Аллоҳ билади, бу йўлдан кеча оладими ёки йўқми? Қиз воз кечгани афзалроқ деб ўйлайман.
Хон Буви жавоб берди 0
Кеча бир постнинг изохларида Тошкентлик бир йигитнинг изохини ўқиб шокка тушдим. Унинг ёзишича, хозирги Ўзбекистонлик йигитларнинг 98%и тўйидан олдин бузуқчилик қилар эмиш. Одамларни билиш жуда хам қийин бўлиб кетди. Аллохимнинг ўзи чиқиш йўлини кўрсатсин. Агар йигит ростдан хам фохиша бўлса , ўзи тан хам олган бўлса, унақа эрнинг бахридан кечилади. Севги йўқ нарса. Бошқага тегсангиз уни хам севиб кетаверасиз. Зинокорга чидаб яшалмайди.

Жаҳонгир Сиддиқов изоҳ берди

98% деб бу ифлос ҳаммани номидан гапиришга нима ҳаққи бор экан. Тўйдан олдин ҳам, кейин ҳам бузуқлик қиладиганлар жуда кўп. Улар бу нарсани жуда оддий қабул қилишади. Ўйлашадики бокиралик фақат қиз болага хос, йигитлар нима қилса ҳам бўлаверади деб. Лекин йигит киши учун ҳам чимилдиққа покиза ҳолатда киришни лаззатини бу ярамаслар тушунганида эди.
Аллоҳни ҳақ ваъдаси ҳам борки покиза аёллар покиза эркаклар учундир...
Аллоҳ ҳаммамизга тавфиқ берсин.
Muslima Zaynab жавоб берди 0
Valeykum assalom va rohmatullohi va borakatuh. Muammoni ikki tarafini eshitmay turib nasihat qilish qiyin. Ammo bu qizni yozgan gaplari rost bo‘lsa, o‘zining yaqinlari, kattalar bilan maslahatlashib, olgan yaxshi. Keyin xol o‘zgarmasa farzandli bo‘lmasdan avval ajrashgan yaxshi. Ayolning eng yaqini eri bo‘ladi, erining ahvoli bu bo‘lsa bir umr azobda, kuyib yashaydi. Vaqtida ajrashgan yaxshi. Bir umr kuyib yashagandan ko‘ra bir martta kuyib keyin rohatda yashagan afzal. Alloh taqdir qilib o‘ziga munosib kuyovni uchratadi. Alloh isloh qilsin, mushkullarini oson qilsin
Fotima Mamadalieva жавоб берди 0
Singiljon baxt qo'liga qo'nganlarni ko'rganmisiz? Baxtga loiq bo'lish kerak avval. Baxtning negizi esa beg'araz sevgi!!! Siz qanchalar turmish o'rtog'ingizni sevasiz? Beg'araz sevgi u insonga jannatni ravo ko'rish deya tushunaman. Boya rashk haqida postni o'qib qoldim. Ayollardagi rashkning asosi ko'pincha u Insonni "Meniki" deya hisoblashida!!! Yo'q aslo!!! Hatto ko'tarib yurgan tanamiz ham Allohniki, uning ham javobi bor. Qanday qilib egalik qilmaganimizni qizg'onishimiz mumkin. Agar soliha bo'lsangiz, eringizga yordam bering. Tanqiddan yiroq bo'ling, janjal bo'lgan honadondan baraka qochadi deyishadi. Uyingizga Qur'on yangrasin. Hidoyat berguvchi Alloh. Ayoli eri uchun duo qilsa qanday yaxshi.
Mushkulingizni Alloh onson etsin. Turmush o'rtog'ingizga ham Alloh Rahm qilsin. Omin.
Лола жавоб берди 0
Синглим, буни онангиз ва қайнонангизга айтинг, эрингиз маънавий бузуқ инсон экпн, уни йўлга солиш Аллоҳдан бошқасини қўлидан келмайди. Мени тақдирим ҳам шундай бўлган, турмуш қуриб чилламиз чиқишига Москвага юборишган, уч ойда бу ҳаетни тотмаган аччиқлари қолмаган, уни дастидан бир ўлимдан ҳам қолганман. Охир оқибат уни йўлга солиб бўлмади. Умрим, ешлигим шу ифлос одамни қўлида ўтди. Ҳозир ажрашганман, хечам афсусланмайман. Маслаҳатим, астойдил истихора намози ўқинг, имкон қадар етти кун. (Агар оилангиз ажрим билан тугаса, иймон инсофли одам билан турмуш қуринг, )Аллоҳ кўнглингизни тўғри йўлдан адаштирмасин.
Lola жавоб берди 0
ramat hammangizga lekin hammasini ichimga yutib yurolmiyman kimgadir aytishim kerak albatta men erimning ko'proq menga qiganlaridan emas qaynona qaynotam o'ta iymonli insonlar hurmati kuchli moskvadagi ish bergan amakilarining bizga qilgan yaxshiliklarining esa cheki yo'q har safar erimga qaraganimda shuncha insonning yuziga oyoq bosganlari va ishonchni suvistemol qilganlarini o'ylasam meni vijdonim qiynalib ketyapti moskvadagi amakimizga yuzlariga men qarolmayapman erim tufayli

 hayotta hamma narsani ko'rdim  ollohim bergan ulkan sabrimiz bor ekan ayol ekanmiz chidayapman

maktabni bitirib toshkentga uqishga ketganman u yerda amakimnikida turib kenayimdan ko'rmagan kunim qomadi  chidadim yosh boshimga hammasini ko'rdim hayotti ko'rdim saboq oldim  sabrli bo'ldim lekin uyga kelib aytmaganman sababi ota -onam amakim bilan oralari yomon bo'lishini hohlamaganman men tufayli

chunki amakimni hech narsadan habarlari bo'lmagan  men ko'rganlarim go'yoki ertak

  hattoki 2-3 kursligimda nochda salatchi bo'lib ishlab denda uqigan kunlarim bo'lgan     hammasiga sabr qildim hayotim yaxshi bo'lishiga ishonib yashayapman

agar erimni kimgadir yaqinlariga aytsam meni deb erimdan yuz ugirishlarini erimni gururini poymol bo'lishini hohlamayman  bunday qilish qo'limdan kelmaydi  shuning uchun sizlarga murojaat qildiim  shirin so'z borasida juda ramantikman  go'zalikka intilib yashayman erimni ismini aytib chaqirmayman erimni sevganim uchun chidayapman harakterim shunaqa faqat bittani sevaman  bu gapni ko'pchilik aytgan
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.