Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!
Salom! Yuzumdagi xusnbuzardan qutulish onson bo'lmayabdi negadir...Endi sizning maslahatingiz kerak bo'lib qoldi, yani har qil sovun turlarini aytishyabdi internetda o'qidim va shu sovun qaysi biri ishonchiliy ekanligin bilolmay turubman yani Katronliy sovun, ilon sovun , kir sovun va yana Faberlic sovunlarning qaysi birini siz maslahat berasiz iltimos yordam bering teziroq javob kutaman sizdan! Agar har bir sovunga malumot berib o'tsangiz yanada yaxshi bo'lardi! Ayniqsa Faberlic sovuni haqida shu sovun hammasida yaxshi tanlov bo'la oladimi? kutaman javob.

1 та жавоб

Marvarid жавоб берди 100

UGRILARNI UY SHAROITIDA YO‘QOTISH USULLARI  VA DAVOLASH YO‘LLARI

Tibbiyotning turli sohalaridagi mutaxassislar ugri paydo bo‘lishining sabablari haqidagi savolga bitta aniq javob yo‘qligini ta’kidlamoqdalar. Biroq, aynan bu noxushlikni keltirib chiqargan sababga ko‘ra davolash usuli tanlanadi.

Yuzda ugrilar paydo bo‘lishi sabablari

Agar sizda husnbuzar paydo bo‘lsa yoki umuman butun yuz yallig‘lanish bilan qoplangan bo‘lsa, bu quyidagilarni anglatishi mumkin:

1. Noto‘g‘ri ovqatlanish yoki oshqozon-ichak faoliyatida buzilishlar

Tezpishar(fast food) yeguliklar, o‘ta yog‘li ovqatlarni iste’mol qilish, umuman ortiqcha ovqat yeyish teri bilan bog‘liq muammolariga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, ugri toshishi — bu gasterenterologga tashrif buyurish uchun o‘rinli sababdir, chunki u oshqozon yarasi, gastrit, xolesistit yoki disbakterioz mavjudligini ko‘rsatishi mumkin.

2. Terini noto‘g‘ri parvarishlash

Teringiz turiga mos kelmaydigan kremlarni qo‘llash, noto‘g‘ri tozalash ugri chiqishiga olib kelishi mumkin. Erkaklarda ugri toshishi ba’zi soqol olish uchun ko‘piklar ham sabab bo‘lishi mumkin.

3. Gormonal buzilishlar

Gormonal fonning buzilishi — o‘smirlik davrida va kattalikda ugri paydo bo‘lishining eng keng tarqalgan sabablaridan biri. Hayz vaqtida, homiladorlikdan so‘ng yoki boshqa holatlar tufayli gormonal muvozanat o‘zgarganda ayollar va qizlar ugri toshishidan aziyat chekishlari mumkin.

Uyda osongina foydalanishingiz mumkin bo‘lgan quyidagi usullarga e’tibor bering.

Ugrilarni yo‘q qilish uchun niqoblar

Qatiqli niqob

Qatiqdan niqob tayyorlash uchun 1 osh qoshiq qatiq, 1 osh qoshiq suli yormasi, ozgina limon kerak bo`ladi. Qatiq va oldindan blenderda maydalab olingan suli yormasini aralashtiring, bir tomchi limon sharbati qo‘shing, tayyor aralashmani 20 daqiqaga yuzga surting. Muolajani bir oy davomida har kuni takrorlab turing.

Asalli niqob

Asalli niqob uchun 2 choy qoshiq sifatli asal, bitta tuxum sarig‘i, limon sharbati (bir necha tomchi).Masalliqlarni yaxshilab aralashtiring, tayyor bo‘lgach yuzga surting va 10 daqiqa davomida qoldiring. 3-5 ta muolaja yetarli bo‘ladi.

Xo‘jalik sovuni

Xo‘jalik sovunidan niqob bir bo‘lak xo‘jalik sovuni, 1 choy qoshiq mayda tuz.
Sovunni qirg‘ichdan o‘tkazib, biroz suv qo‘shib ko‘pirtiring. Hosil bo‘lgan ko‘pikni (1 osh qoshiq yetarli) tuz bilan aralashtirib, 30 daqiqaga surib qo`ying, keyin yuvib tashlang. Muolajani haftasiga uch marta bir oy davomida bajaring.

Qatronli sovun (Дегтярное мыло )

Juda arzon mahsulot, istagan attorlik do‘konidan topish mumkin. Bu sovun yog‘li yuzlardagi husnbuzarlarning tezda “qurishiga” yordam beradi. Bu sovun faqat tabiiy vositalardan tayyorlanadi, uning tarkibida suvsizlantiruvchi qayin qatroni va antebakterial moddalar mavjud. Uning biroz g‘alati hidi mavjud, lekin u saqlanib qolmaydi, shuning uchun bundan qo‘rqmasangiz ham bo‘ladi. Ushbu sovundan har kuni ertalabki va kechki yuvinish vaqtida foydalanish lozim. Sovun bilan yuvilgan yuzga undan keyin istalgan oziqlantiruvchi krem surtish mumkin. Sizga oziqlantiruvchi krem sifatida dorixonalardan bolalar kremini xarid qilishni tavsiya qilaman, sababi ham arzon, ham tarbiki foydali moddalar va vitaminlarga boy.

Aspirinli niqob

Aspirinli niqobni yallig‘lanishga qarshi va dezinfeksiyalovchi vosita sifatida qo‘llash mumkin. Aspirin tabletkasi tarkibidagi modda yuzdagi husnbuzar teshiklarini yaxshi tozalaydi. Buning uchun besh dona aspirin tabletkasi olinadi va ularni kukun holiga kelguncha maydalanadi biroz suv quyilib krem holatiga kelguncha aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan aralashma yuz terisiga surtiladi va qurib qolguncha kutiladi. Shundan keyin paxtali tamponni namlagan holatda aylanma harakat qilib yuzdagi aspirin tozalab olinadi. Tozalangan yuzga istalgan namlantiruvchi kryem surtiladi. Ushbu niqobni haftada bir necha marta qo‘llash mumkin.

Aloe bargi sharbati

Aloe bargi sharbati tarkibida terini kuchli tozalovchi, yaralarni tez bitkazuvchi, yallig‘lanishga qarshi va antebakterial moddalar mavjud. U nafaqat husnbuzarlardan qutulishda, balki yara va husnbuzarlardan qolgan izlarni hamda dog‘larni ketkazishda ham foydalaniladi. Buning uchun aloe o‘simligining pastki barglaridan bir nechtasi olinib sovutkichda o‘n kun davomida saqlanadi. Bu aloe sharbatining samaradorligini oshirishga yordam beradi. Shundan keyin barglardan siqib olingan sharbat yuz terisiga surtiladi. Bundan tashqari kesilgan bargni ikkiga ajratib uning o‘zini yuzga surtish ham mumkin. Ushbu usulni ertalabki yuvinishdan so‘ng va kechqurun uyqudan oldin amalga oshirish mumkin.

Asal

Tabiatning noyob va bebaho tuhfasi bo‘lmish asal nafaqat yuzdagi husnbuzarlarga qarshi kurashishda, balki ularni yo‘qotgandan so‘ng ularning asoratlarini bartaraf etishda ham qo‘llaniladi. Buning uchun toza yuz terisiga asal yupqa qilib surtiladi va yengil massaj qilinadi. Yigirma daqiqadan keyin yuzni iliq suvda yaxshilab yuvib tashlanadi. Agar asal ichiga birozgina limon sharbati qo‘shilsa niqobning samaradorligi yana ortadi. Bundan tashqari asal ichida ikki tomchi yod eritmasini qo‘shish bilan asalning antebakterial xususiyatini oshirish mumkin, bir choy qoshiq kartoshka sharbatini qo‘shish bilan yuz terisining oziqlanishini faollashtirish mumkin.

Skinoren

Skinoren bu gel yoki krem ko‘rinishidagi mahsulot bo‘lib, husnbuzarlarni davolashda qo‘llaniladi. U o‘z tarkibida azalain kislotasini tutadi. Bu modda husnbuzarlarga qarshi yuqori samarali modda bo‘lib, husnbuzar hosil qiluvchi bakteriyalar bilan samarali kurashadi, yog‘ bezlari faoliyatini susaytiradi. Foydalanish vaqtida qichishish holatini yuzaga keltirishi mumkin, shuning uchun faqatgina husnbuzar chiqqan joyga surtish maqsadga muvofiq.

Baziron AC

Baziron AC geli yuz terisidagi mikroblarga qarshi kurashishda, yallig‘lanishning oldini olish va yuzni namlantirishda eng yaxshi vositalardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari Baziron AC yuzdagi yog‘ bezlarining ishini susaytiradi. Ushbu geldan foydalanganda organizm unga o‘rganib qolmaydi va o‘z natijasini juda tez ko‘rsatadi.

 

Zinerit

Antebakterial vosita sifatida mahalliy mahsulotlar o‘rniga zineritdan foydalanish mumkin. Uning tarkibidagi eritromisin moddasi mikroblarni yo‘qotsa, rux asyetat yuzdagi yog‘ bezlari ishini nisbatan susaytiradi. Shu vaqtgacha husnbuzarlar bilan kuzatiladigan holatlarda Zinerit o‘zining yuqori samaradorligi bilan e’tiborga tushgan. Natijasini uni qabul qilgandan keyin bir hafta ichida kuzatish mumkin. Lekin shuni ham qayd etish lozimki, uni qabul qilishda yo‘riqnomaga va vrach tavsiyasiga qattiq amal qilish lozim.

 

Ugrilardan xalos bo‘lish uchun damlamalar

Ugrilarga qarshi turli damlamalardan foydalanish mumkin. Yuz terisini kuniga 2 marta artish kerak.

  • Ugrini yo‘qotish  uchun eng samarali xalq vositalaridan biri moychechak tindirmasi hisoblanadi. 1 choy qoshiq moychechakka bir stakan qaynoq suv quyib, 30 daqiqa qoldiring va suzib oling.
  • O‘zining yallig‘lanishga qarshi va tinchlantiruvchi xususiyatlari bilan ko‘pchilikka tanish bo‘lgan boshqa vosita — aloe sharbati. Losyon uchun sof (yangi siqib olingan) sharbatning o‘zidan yoki suyultirilganidan (misol uchun, suv kartoshka sharbati bilan 2:1 nisbatda) foydalanish mumkin.

Qanday qilib ugri izlaridan qutilish mumkin?

Ugrilarni ketkazish — bu yarim ish, chunki ular yo‘qolganidan keyin chuqur chandiqlar qolishi mumkin. Bunday chandiqlarni bartaraf qilish uchun xalqona vositalar yaxshi yordam beradi deb hisoblanadi:

Sandalli pasta

Husnbuzar izlarini yo‘qotishning eng samarali yo‘llaridan biri hisoblanadi. Uni tayyorlash uchun sizga sandal kukuni kerak bo‘ladi, uni suvda eritib (atirgul suvi yoki sutda eritsa ham bo‘ladi), bir kechaga qoldirish kerak. Pasta terining muammoli sohalariga qo‘llaniladi va qurib qolgach (taxminan 10-15 daqiqadan so‘ng) yuvib tashlanadi.

Limon

Limon sharbati ham ugri izlaridan xalos bo‘lishga yordam beradi — shunchaki muammoli joylarga limon bo‘lagini surtish kerak, biroq bu juda agressiv usul va agar sizning teringiz ta’sirchan bo‘lsa, sof holda limon sharbatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Limon sharbati shuningdek mukammal tozalovchi vosita hamdir.

Petrushka damlamasi

Petrushka damlamasini shaklchalarga quyib, muzlatish, keyin 2-3 oy davomida har kuni ular yordamida yuzni artish kerak. Damlamani tayyorlash uchun mayda qilib to‘g‘ralgan petrushkaga bir stakan qaynoq suv solib, 30 daqiqaga qoldiring.

Agar siz uchun tibbiy preparatlar afzal bo‘lsa, ugrilarga qarshi kompleks, kombinativ vositani tanlang. Ular ham ugrilarni yo‘qotish uchun xizmat qiladi, ham shakllanib bo‘lgan chandiqlarni bitishiga ko‘maklashadi. Bugungi kunda bunday malham va gellarning tanlovi juda keng.

Ugrini davolash uchun malham va gellar

Agar siz qo‘lbola vositlardan niqoblar va turli damlamalar tayyorlashga vaqtingiz yoki xohishingiz bo‘lmasa, tayyor tibbiy preparatlarga — gellar va malhamlarga e’tibor qaratishingiz mumkin. Biroq dori-darmonlarni tanlashga mas’uliyat bilan yondashish kerak. Tarkibiga, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlariga va qarshi ko‘rsatmalariga e’tibor bering. Misol uchun, tarkibida antibiotiklar yoki gormonlar bo‘lgan vositalarni o‘z bilganicha ishlatish salomatlik bilan bog‘liq qo‘shimcha muammolarga olib kelishi mumkin. Shuningdek, ba’zi preparatlar terini o‘ta quritib yuboradi va tarkibida spirt saqlaydi, bu esa teri holatiga ta’sir qilishning yaxshi usuli emas.

Lekin to‘g‘ri tanlangan vositaning ta’sirini birinchi foydalanishdan keyinoq ko‘rish mumkin. Ba’zan, bunday dorilar nafaqat ugridan qutulishga yordam beradi, balki uning izlarini bartaraf qiladi, yaralar bitishini tezlashtiradi va terini silliqlaydi. Bunda ham ixtisoslashgan mutaxassislar bilan maslahatlashishni va sog‘likka putur yetkazmaslik uchun barcha belgilangan tahlillarni topshirish kerakligini unutmang.

FABERLIC mahsulotlari

Hozirgi kunda urfga kirgan pardoz buyumlarini taqdim etuvchi FABERLIC firmasi ham   ugriga qarshi bir necha vositalari tavsiya etadi. Jumladan, “Ultra”  yuvinish uchun antebekterial gel, yog‘sizlantiruvchi salfetkalar, jilosizlantiruvchi tonik, nuqtali ta’sir etuvchi korrektorlar va hakozo. Unutmang, bu vositalar vaqtincha sizga yordam berishi mumkin. Ugrilardan butunlay qutilishni istasangiz albatta shifokorga uchrang va muammoning sababiga ko‘ra muolajani boshlang.

Сизнинг жавобингиз

Жавобни шошилмасдан, тўғри ва имло хатоларсиз ёзишга ҳаракат қилинг, кириллча ёзсангиз "қ" "ҳ" "ғ" "ў" ҳарфлари билан ёзинг ёки вергул билан ажратиб ёзинг, лотинча ёзсангиз, "sh"ни "w" қилиб ёзманг илтимос!!!
Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.