Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!

1 та жавоб

Gulrux жавоб берди 0
Ko‘pchilik faqat bolalik yoshidagina noto‘g‘ri tishlash yoki notekis tish qatorini to‘g‘irlash mumkin deb hisoblashadi. Lekin hozirgi tibbiyot ancha ilgarilab ketdi va bugungi kunda har qanday stomotologik muammoni 30 yoshdan keyin ham to‘g‘irlashning imkoni mavjud.

Stomotologik kamchiliklarni breket-tizimi yordamida to‘g‘irlash mumkin. Breket – ortodontik apparat bo‘lib, uni doimiy taqib yurish kerak va u tishlarga mexanik ta’sir qiladi. Breket tizimining samaraliligi bemorning yoshiga emas, uning stomotologik holatiga va umumiy sog‘ligining holatiga bog‘liq. Davolash bosqichlarini va qancha vaqt davom etishini vrach-ortodont og‘iz bo‘shlig‘ini tibbiy ko‘rikdan, rentgen tekshiruvidan o‘tkazgach belgilaydi. Vrachning barcha tavsiyalariga to‘liq amal qilgandagina davolashda yaxshi natijaga erishish mumkin. Davolashning qancha vaqt davom etishi har bir bemorning idnividual holatiga bog‘liq holda o‘zgartirilishi mumkin.

Har xil turdagi va narxdagi breketlar mavjud. Davolanayotganini bildirishni xohlamaganlar uchun lingval (ichki) breketlar ham mavjud: ular metalldan qilingan bo‘ladi, lekin tishning ichki tomonidan qo‘yiladi. Ichki briketlarning yana bir sezilarli afzalligi: u tishlarning nisbatan ko‘proq noto‘g‘ri joylashgan holatida boshqa apparatlarga qaraganda yaxshiroq ta’sir qiladi.

Bundan tashqari hozirda sapfirli breketlar mavjud bo‘lib, ular tashqaridan qotiriladi va butunlay shaffof kristalldan qilingan bo‘ladi. Ular lingval briket tizimidan arzonroq, lekin atrofdagilarga ko‘p bilinarli bo‘lmaydi va oddiyroq parvarish qilinadi.

Kattalarga briket o‘rnatishning bir qancha to‘g‘ri kelmaydigan holatlari mavjud. Bular: ko‘p tishlarining yo‘qligi, og‘ir immun kasalliklari, onkologiya va onkogemotologiya, tuberkulez, suyak to‘qimalarining bitishining past darajasi bilan bilan bog‘liq kasalliklar, hamda endokrin kasalliklar.

Tishlarning va jag‘ning holatini to‘g‘irlashda, 30 yoshdan yuqori yoshlilar uchun briket tizimidan tashqari boshqa ortodontik apparatlar ham mavjud.

Azamat изоҳ берди

salom men 25 yoshman qoysa boladimi

Сизнинг жавобингиз

Жавобни шошилмасдан, тўғри ва имло хатоларсиз ёзишга ҳаракат қилинг, кириллча ёзсангиз "қ" "ҳ" "ғ" "ў" ҳарфлари билан ёзинг ёки вергул билан ажратиб ёзинг, лотинча ёзсангиз, "sh"ни "w" қилиб ёзманг илтимос!!!
Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.