Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!
Man 2017-yil may oyida vizaga topshirdim. Keyin iyul oyida 104-modda 1-qismi bilan sudlanib aybli deb topildim va manga 3 yil uy qamogʻi berishdi 1yilda shartli ravishda muddatidan oldin ozod etildim. Keyin vizaga borsam manga viza berilmasligini Dubaydan deportim borligini aytishdi qachonki viza bilan chiqish kerak boʻlgan qaysidir davlatdan masalan Turkiyadan manga taklifnoma kelsa keyin viza berishlarini aytishdi. Man Dubayga sotilib ketganman u yerdan pasportsiz qochib elchixonadan vaqtinchalik pasport bilan 2015-yil aprel oyida Oʻzb.ga kelganman. Endi viza olishimga nima toʻsqinlik qilishi mumkin? sudlanganimi yechilganligi toʻgʻrisida qogʻoz olib bordim lekin manga pasportimi qaytarib berishdi. Manga viza berishlari uchun qayerga murojaat qilishim kerak? Javob uchun oldindan rahmat.

1 та жавоб

Шерали Суннатович жавоб берди 390

Bu yerda muayyan bir chet el davlatiga kirish uchun ruxsat sifatida shu davlat diplomatik vakolatxonasi tomonidan beriladigan viza va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqishga ruxsat sifatida Respublikamizning ichki ishlar organlari tomonidan fuqarolik pasportiga qoʻyiladigan chet elga chiqish uchun ruxsatnoma yozuvi stikerini farqlash lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida belgilanishicha, Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosati jumladan, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga asoslanadi.

Sizning Birlashgan Arab Amirliklariga kirishingiz uchun viza berish-bermaslik shu chet el davlatining ichki ishlari toifasiga kirganligi sababli mazkur masalani Oʻzbekiston Respublikasining biror-bir davlat organi hal qilib berish vakolatiga ega emas. Shunga koʻra, bunday masalalar yuzasidan Siz faqatgina borishni moʻljallayotgan chet el davlatining Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik muassasalariga murojaat qilishingiz lozim boʻladi.

Oʻz navbatida, Siz fuqarolik pasportingizga chet elga chiqish uchun ruxsatnoma yozuvi stikerini qoʻyib berish masalasi Respublikamizning Ichki ishlar organlari tomonidan hal qilinadi.

Oʻz.R. Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 6 yanvardagi 8-sonli qarori bilan amalga kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi tartibi”ning III-boʻlimida bayon qilinishicha, quyidagi sabablar chet elga borish huquqini cheklash uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin:

  • a) agar shaxs davlat siri hisoblangan maʼlumotlardan voqif boʻlsa yoki uning chet elga borishiga monelik qiluvchi boshqa shartnoma, kontrakt majburiyatlari amalda boʻlsa — bu holatlarning amal qilishi tugagunga qadar;
  • b) agar shaxsga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan boʻlsa — ish boʻyicha yakuniy qaror qabul qilingunga qadar;
  • v) agar shaxs sudning hukmi bilan alohida xavfli retsidivist deb tan olingan yoki ichki ishlar organlarining maʼmuriy nazorati ostida boʻlsa — sudlanganlik bekor qilinmagun (olib tashlanmagun)ga qadar yoki nazorat qilish toʻxtatilgungacha;
  • g) agar shaxsda sud tomonidan yuklangan ijro etilmagan majburiyatlar boʻlsa — majburiyatlar ijro etilgunga qadar;
  • d) agar shaxs oʻzi toʻgʻrisida qasddan soxta maʼlumotlarni bergan boʻlsa;
  • ye) agar sudda shaxsga nisbatan fuqarolik daʼvosi qoʻzgʻatilgan boʻlsa — ish koʻrib chiqilgunga qadar;
  • j) agar shaxs chaqiriq uchastkasida roʻyxatga olingan va haqiqiy muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi kerak boʻlsa — haqiqiy muddatli xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi zaxirasidagi xizmatni oʻtagunga qadar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq undan ozod qilingunga qadar;
  • z) agar shaxsga nisbatan Ichki ishlar vazirligida yoki Tashqi ishlar vazirligida vakolatli organlarning ushbu shaxsning chet elda boʻlgan vaqtda kelgan mamlakati qonunlarini buzganligi (qonun buzilishlari roʻyxati tegishli organlar tomonidan belgilanadi) toʻgʻrisidagi axboroti, shuningdek borishi maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatadigan axboroti mavjud boʻlsa — axborot hisobga olingan kundan boshlab ikki yil oʻtgunga qadar.

Chet elga chiqish huquqini cheklash uchun asoslar roʻyxatiga kengaytirilgan izoh berilmaydi.

Yuqoridagilarga koʻra, Sizning chet elga chiqishingiz uchun monelik qiladigan yuqorida sanab oʻtilgan asoslardan biri mavjud boʻlmagan taqdirda, Siz fuqarolik pasportingizga chet elga chiqish uchun ruxsatnoma yozuvi stikerini qoʻyib berishni talab qilishingiz mumkin boʻladi. Bunday talabingiz rad etilgan taqdirda, buysunuv boʻyicha yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat bilan murojaat qilishga haqlisiz.

shaxnoza изоҳ берди

Yana topshirib kurmoxchiman agar shundayam bermasa sudga yozishim kerak shundaymi? Javob uchun raxmat tepada aytganlarizi xech qaysisi manga taluqli emas demak manga berishi kere vizani shunichun topshirib kursam buladi a?

Сизнинг жавобингиз

Жавобни шошилмасдан, тўғри ва имло хатоларсиз ёзишга ҳаракат қилинг, кириллча ёзсангиз "қ" "ҳ" "ғ" "ў" ҳарфлари билан ёзинг ёки вергул билан ажратиб ёзинг, лотинча ёзсангиз, "sh"ни "w" қилиб ёзманг илтимос!!!
Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.