Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!

7 та жавоб

Farangiz жавоб берди 160

Mutaxasssislarning taʼkidlashicha, sochlarning boʻyalishidan keyingi toʻkilishi – aslida sochlarimizga kimyoviy taʼsir etish yaʼni qora yoki sariq rangga boʻyash oqibatida kelib chiqadigan sochlarimizning tabiiy reaksiyasidir. Shunisiga eʼtibor berish kerakki, sochlarning koʻproq toʻkilishi holati, agar siz sochlaringizni boʻyashda arzon va unchalik sifatli boʻlmagan boʻyoqdan foydalanganingizda yoki tez-tez sochlaringizni boʻyaganingizda kuzatiladi.

Bunday hollarda siz tarogʻingizda qolgan yoki yostigʻingizda toʻkilgan sochlarni koʻrib hayratdanishingiz kerak emas, aksincha ular toʻkilmasa, hayron qolsangiz arziydi...

Agar sochlar boʻyalgandan soʻng toʻkilsa nima qilish kerak?

Siz sochlaringizni oʻzingiz xoxlagan rangga boʻyashga erishdingiz va shu bilan oʻzingizga qoʻshimcha muammoni ham paydo qildingiz – soch toʻkilishi, oʻz –oʻzidan “nima qilish kerak?” degan savol tugʻiladi, haqiqatdan ham nimadir qilish kerak. bunda sochingiz qay darajada toʻkilayotganiga qarab ish tutish kerak.

Shunday qilib,

  • -Agar siz sochlaringizni boʻyaganingizdan keyin, sochlaringizning bosh teriningiz koʻrinadigan darajada koʻp toʻkilayotganini sezgan boʻlsangiz – unda mutaxassis maslahatiga murojaat qilish kerak. Toki sochingiz hammasi toʻkilmasdan oldin harakat qilish kerak, chunki, undan keyin sizga boʻyoqning keragi boʻlmay qoladi.
  • -Agar siz sochingizni boʻyaganingizdan keyin uning toʻkilishini kuzatsangiz, unda ularni keyingi safar yana boʻyashga qaror qilish – yaxshi fikr emas. Umuman sochsiz yurgandan koʻra sochlarning oʻsib chiqqan ildizlarini boʻyamay yuravergan maʼqulroq.
  • -Agar juda chiday olmasangiz, unda sochlarni tabiiy boʻyoqlar bilan boʻyab koʻring – ular aniq zarar keltirmaydi, toʻgʻri ular huddi kimyoviy ranglar bilan bir xil rang bermasligi mumkin.
  • -Agar sochlaringiz boʻyalgandan keyin toʻkiladigan boʻlsa, unda keyingi safar boʻyashga toʻgʻri kelganda, uni goʻzallik salonlarida yoki sartaroshxonalarda, shu boradagi mutaxassislarga oʻz muammongizni maʼlum qilgan holda amalga oshirgan maʼqul.

Sochlarni toʻkilishdan qanday saqlab qolish mumkin.

Sizning sochlaringiz boʻyalgandan keyin katta eʼtibor bilan parvarish qilishnishi va oziqlantirilishi lozim. Ularni esa, sotib olingan yoki qoʻlda tayorlangan maxsus niqoblar yordamida oziqlantirish kerak, qaysinisini tanlash esa oʻzingizga havola.

Soch uchun tayyor niqoblar

Agar sizi oziqlantiruvchi niqoblarni tayyor variantdagilarini tanlashni afzal koʻrsangiz, unda uning tarkibiga eʼtibor qarating – u haqiqatdan ham oziqlantiruvchi boʻlishi kerak, uning tarkibida haqiqatdan ham soch ildizlarini mustahkamlovchi va oziqlantiruvchi tarkibiy moddalar boʻlishi kerak, masalan, dengiz gili, mentol, rozmarin yogʻi, oq gil, efir yogʻi, greypfrut, qizil qalampir ekstrakti, vitamin Ye, pantenol, keratin, glyukogen, kanakunjut yogʻi va boshqa foydali moddalar.

Bu niqoblarni sochga surishdan oldin ularni qanday sochga surish kerakligi haqida diqqat bilan oʻqib chiqing – quruq sochlargami yoki nam sochlargami, ularni sochda qancha vaqt ushlab turish kerak. Sizning bu qoidalarga va yoʻriqnomalarga amal qilishingiz - niqob haqiqatdan ham yaxshi samara berishiga asos boʻladi. Bu niqobni yetarli muddat sochlaringizda ushlab turganingizdan keyin ularni oqar suvda yaxshilab yuvib tashlang.

Sochlarning toʻkilishini oldini oladigan tabiiy vositalar

Kimyoviy boʻyoqlarni sizning bosh teringizga va sochlaringizga taʼsiri kuchini kuchli kimyoviy kuyish taʼsiri bilan tenglashtirish mumkin, shuning uchun sochlarimizning toʻkilish holatini bartaraf eʼtishda nafaqat sochlarning holatiga va ularning ildizlarini mustahkamlashga eʼtiborimizni qaratishimiz balki, bosh terimizning hayotiy faolligi haqida qaygʻurishimiz ham muhim. ”

Bunga bizga kalanxoe kabi xonaki oʻsimliklar yordam beradi. xalq tabobatida uning sharbatidan 3 va 4 darajali kuyishni davolashda foydalaniladi, biz ham manashu oʻsimlikning yordamidan foydalanamiz. Buning uchun yashil kalanxoe bargidan uzib olib, ularni yezing va bu yashil massadan sharbatini ajratib oling. Bu yangi siqib olingan sharbatni (faqat yangi siqib olingan sokdan foydanilsa yaxshi natija beradi) bosh teringizga surtib, ularni 30 daqiqa qoldiring. 30 daqiqadan soʻng uni oqar suvda yuvib tashlang, lekin yuvishda yuvinioʻ vositasi - shampundan foydalanmaslik kerak.

Soch va bosh terisi uchun tiklovchi niqobning keyingi retseptini oshqovoqdan tayyorlaymiz. Oshqovaoqni poʻstini archib tashlang va qirgʻichdan oʻtkazing, tayyor boʻlgan aralashmani bosh terisiga yaxshilab surting 15 – 20 daqiqadan soʻng yaxshilab yuvib tashlang. Agar bosh teringizda boʻyoqdan kuyish va yaralar boʻlsa, bunday niqob ularni davolashda yordam beradi.

Yana bir niqob – kartoshka asosida. Xom kartoshkani olib, qirgʻichdan oʻtkazing va olingan aralashmani bosh terisiga surting. Bu niqobni 30 daqiqadan kam boʻlmagan vaqt davomida boshingizda ushlab turing, niqob teringizni qizdirishni boshlashi bilan boshingizni sochiq yoki roʻmol bilan oʻrab oling. Bu vosita bosh terisini kimyoviy va xatto issiqlikdan kuyishni ham davolaydi, sochlarni boʻyashdan keyingioqibatlarni bartaraf etishda yordam beradi.

Uy sharoitida tayyorlangan yogʻli smetanadan tayorlangan niqob nafaqat bosh terisini va sochlarni qayta tiklaydi va sochlarni mayin va ipakdek silliq qiladi. Bunday samaraga erishish uchun niqobni bosh terisiga surtgandan keyin 15-20 daqiqaga boshingizni oʻrab oling – keyin sochlaringizni yaxshilab yuvib tashlang.

Sochlarni boʻyashda ularning toʻkilishdan saqlash uchun nima qilish kerak?

Agar sochlarning boʻyoq taʼsirida toʻkilishi vaqtinchalik taʼsir qilsa ham, siz bu muammoga eʼtibor bermasangiz, bu holat keyin ham yaʼni boʻyoqning kimyoviy tarkibi soch ildizlariga taʼsiri toʻxtagandan keyin ham davom etishi mumkin. Shuning uchun, sochlaringizni boʻyaganingizdan keyin ularni parvarish qiling, yaʼni oziqlantiruvchi niqoblar qiling, soch tarkibini musahkamlashtiring.

Boʻyoqni tanlaganda –iloji boricha tabiiy va zararsiz tarkibni tanlashga harakat qiling, ularning tayyorlanishi va sochga surilishi tartibini yaxshilab oʻqib chiqing, boʻyoqni sochingizda belgilangan muddatdan ortiq ushlab turmang, chunki ularni qancha vaqt ushlab tursangiz ham bu sochlaringizni yanayam toʻqroq rangga kiritmaydi, faqat sochsiz qolishingiz ehtimolini orttiradi xolos.

Sochlaringizni boʻyashingizdan oldin, albatta bu boʻyoqqa sizning teringizning taʼsirchanligi va allergiya chaqirish xususiyatlari yoʻqligiga test qilib koʻring. Buning uchun tirsagingizning ichki tarafiga (u yerdagi teri bosh terisi tuzilishiga koʻproq oʻxshaydi) bir oz boʻyoq surting. Agar teri qizarmasa – siz bu boʻyoqdan foydalanishingiz mumkin, agar qizarish kuzatilsa, unda boshqa boʻyoq tpishingizga toʻgʻri keladi.

Koʻpgina hollarda boʻyashdan keyin sochlarning toʻkilishi, ularning boʻyalgandan keyin boʻyoq yaxshi yuvib tashlanmaganidan kelib chiqadi, shuning uchun bunga yaxshilab eʼtibor bering, sochlaringizdan boʻyoqni yuvganda suv to tiniq va toza boʻlmaguncha yuving.

Lekin sochlarni boʻyaganda sochlarni 100% darajada toʻkilmasligiga kafolat beradigan hech qanday boʻyoq mavjud emas.

Shevsova Olga 

(tarjima)

Kadirova Laziza изоҳ берди

Axa rahmat katta bu usullarni qo'llab ko'raman.
Barno TDTU жавоб берди 10
Avvalo shampun ishlatayotganizda sochizga tushaydigonini tanlang. Keyin bitta uy tuxumga 2 osh qoshiq repeyni maslo aralashtirib sochlariz ildiziga sursayiz ham yaxshi natija beradi. Haftada bir martadan.
аноним жавоб берди 0
Assalomu aleykum. Minox2% ayollar uchun surtma dorisi bor, soch tukilishini to'xtatadi va o'stirishda yordam beradi. Aptekalarda so'rang bo'lishi kerak!
Озода Хайитовна жавоб берди 0
Биринчидан хавотирга тушуш керак эмас, иккинчидан яхши врач-трихолог излаш керак. Чунки, ҳаммага маълумки, ўз-ўзини даволаш тўғри ечим эмас.
Севинчхон жавоб берди 0
Бу ҳақиқатдан ҳам сочларнинг тўкилиши ёқимли эмас. Бунинг олдини олиш учун сочларни ювгандан кейин крапива ёки мойчечак каби шифобахш ўтлар дамламаси билан чайиш керак. Сочларни мустаҳкам қилиш учун шампунга 2-3 томчи розмарин ёки лаванда ёғини қўшиш керак. Сочлар ва бош териси учун ниқобларни репейник ва канакунжут мойига қизил қалампирни қўшиб тайёрласа яхши бўлади.
Kadirova Laziza жавоб берди 0

Hammaga katta rahmatsmiley

jurat matshonov e жавоб берди 0
Энг яхши давно катик сиз ишлатадиган шанпунлар хаммаси ошхонадаги Фери мойни кадай кетказса шанпун хам шоч мойини шудай ювади албатта бу шахси фикрим

Сизнинг жавобингиз

Жавобни шошилмасдан, тўғри ва имло хатоларсиз ёзишга ҳаракат қилинг, кириллча ёзсангиз "қ" "ҳ" "ғ" "ў" ҳарфлари билан ёзинг ёки вергул билан ажратиб ёзинг, лотинча ёзсангиз, "sh"ни "w" қилиб ёзманг илтимос!!!
Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.