Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!
Otam har kuni ichadi. Ichib koʻrakda tutmas gaplar bilan onamni meni tahqirlaydi. Boyi yetgan farzandlari borligiga qaramay ogʻziga kelganini gapiradilar. Or qilmaydi. Uyalmaydi. 12 ga toʻlgan singlim yigʻidan boshini koʻtarmaydi. Amakilarim ham shu. Oilasi notinch. Qizigʻi ota-onasi boʻlmish bobom va buvimga aytsam bepisandlik ila battar boʻlsin deya javob berishdi. Eʼtibor qilmay buvim oʻzini oʻzi barbod qiladi meni aytdi deysiz deya bobomga aytganini eshitdim. Alam qildi. Esimni taniganimdan beri shu ahvol, onamning otang bugun ichib keladi degan xabari qulogʻimda. Nima qilay?? Katta farzand boʻlib qanday oilamning bu qadar horlanishiga otam sabab boʻlayotganiga koʻz yumib, ichganda deya chidab yashay? Bu ketishda oʻz oilamga qanday munosabatda boʻlaman? Axir agressiv ruhiy tushkunlikda har safar otam bugun ichgan, onam yaxshimikan degan xayolda qanday oila quray? Kim javob bera oladi?

2 та жавоб

Davlatov Oybek Ulugbekivich жавоб берди 0
Salom.Onangizga mehribon boling chunki ular siznini va ukalaringizni deb shu kunlarga chidayaptilar ukalaringizga siz mehr bering sabrli bo'ling otangizga qattiq gapirmang u baribir otangiz siz shu odamni pushti kamaridan bo'lgansiz
Sirojiddin Muhammad жавоб берди 2149
1.Namoz o'qishni boshlang. Butun oilaviy namoz o'qishni boshlanglar. Onangiz, 12 yoshli singliz, siz, hammelar. Duo qilinglar otangizga Alloh hidoyat berishini shu og'u tark etishini, qalblarni egasi Alloh. O'zi o'zgatiradi. Otangizam ko'rsin namoz o'qiyotganilarni.

2. Otangizga imkon qadar yahshi muomalada bo'lishga harakat qiling. Ich kelsayam baqirsaham yomon so'zlar aytsayam sabr qiling.  Dadajon siz haqsiz to'g'ri aytyabsiz deb turing. aslo aytishmang. janjallashmang. Sabr qilinglar. Singlizga ayting dadez ichib kelsa honasiga kirib ketsin. Dadasini ko'ziga ko'rinmasin. Ichib kelsa otangizni oldida o'ziz bo'ling. Otangizni do'sti bo'lishga harakat qiling. yaqin odami bo'ling. Hadyalar oberib turing. Masalan yahshi kiyim, atir, soatmi.

3. Otangizni sekin juma namozlariga opchiqing. Juma kuni dadez soat 12 larda dadezni oldiga kelib yuring dada jumaga boramiz deb torting. Yoki ozi bormasayam.. juma kuni dadezni oldida bo'lingda. Juma vaqtiga oz qolganda dada meni jumaga tashab qo'ying deng. Hullas bironta baxona toping dadangiz sizni Juma namoziga ketayotganizni ko'rsin ko'zi o'rgansin boshlanishiga. Keyin sekin sekin dada yuring billa deng hullas torting.

4. Ichishini sabablardan yana biri.. Yomon ulfatlar... otangizni ichkilikka berilgan ulfatlaridan uzoqlatish kerak. Shuni o'ylab ko'ring. O'sha dostlaridan yiroqlashtirish kerak ma'lum vaqt. Safarga ketkazibmi.

UNUTMANG: Otangizni bu xolatidan faqat ISLOM NAMOZLAR qutqara oladi.

Юсуф изоҳ берди

Ака сиз блан канака клиб алокага чиксам болади Телеграм номериз булса беринг.

Sirojiddin Muhammad изоҳ берди

@sirojiddin_muhammad

Telegramim shu.

Сизнинг жавобингиз

Жавобни шошилмасдан, тўғри ва имло хатоларсиз ёзишга ҳаракат қилинг, кириллча ёзсангиз "қ" "ҳ" "ғ" "ў" ҳарфлари билан ёзинг ёки вергул билан ажратиб ёзинг, лотинча ёзсангиз, "sh"ни "w" қилиб ёзманг илтимос!!!
Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.