Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!
Salom 3 nafar farzandim bor. Erimni nomida moshina bor. Lekin ijarada 7 yildan beri turamiz. Bola puli soragandim eringni moshinasi borligi uchun bermaymiz deyishdi shu togrimi

1 та жавоб

Shoxrux жавоб берди 140
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan "Kam ta`minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to`lash tartibi to`g`risida”gi Nizomning 8-bandida "14 yoshgacha bolalari bo`lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to`lgunga qadar bola parvarishi bo`yicha nafaqa va kam ta`minlangan oilalarga moddiy yordam har bir oila a`zosiga o`rtacha oylik jami daromad miqdori jami daromad aniqlanayotgan davr uchun belgilangan eng kam oylik ish xaqining 1,5 baravardan ortiq bo`lmagan oilalarga tayinlanishi", 22-bandida "O`rtacha oylik jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan oilaning jami daromadiga, oila a`zolari tomonidan olingan quyidagi daromadlar kiritiladi: *.mehnatga haq to`lash shaklidagi daromadlar; *.mulkiy daromadlar; *.yakka tartibdagi tadbirkorning daromadi; *.chet elda ishlaydigan yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan oila a`zolaridan pul tushumlari summasi; *.pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar (ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda oila olayotgan nafaqa yoki moddiy yordamdan tashqari); *.shaxsiy yordamchi (dehqon) xo`jaligini yuritishdan olingan daromad; O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa daromadlar" belgilangan. Ushbu Nizomning 8-bandida belgilangan jami daromad aniqlanayotgan davr uchun belgilangan eng kam oylik ish haqining 1,5 baravardan ortiq bo`lmagan oilalarga bola ikki yoshga to`lgunga qadar bola parvarishi bo`yicha nafaqa fuqarolar yig`ini tomonidan vakolat berilgan Komissiyaning qaroriga asosan tayinlanadi va fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari tomonidan to`lanadi. Manba

Сизнинг жавобингиз

Жавобни шошилмасдан, тўғри ва имло хатоларсиз ёзишга ҳаракат қилинг, кириллча ёзсангиз "қ" "ҳ" "ғ" "ў" ҳарфлари билан ёзинг ёки вергул билан ажратиб ёзинг, лотинча ёзсангиз, "sh"ни "w" қилиб ёзманг илтимос!!!
Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.