Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!

Buyrak nega og'riydi?

1 та жавоб

Farangiz жавоб берди 240

Agar ayolning chap buyragi ogʻrisa bu nimadan darak beradi?

Agar chap buyrakda patologik jarayoni paydo boʻlsa, unda ogʻriq bel qismining chap tarafida ogʻriq seziladi. Lekin koʻpincha ogʻriq qoringa, belning pastki qismiga yoki chetlariga ham oʻtadi.

Agar ogʻriq faqat chap buyrakda boʻlsa, unda bu quyidagi kasalliklarning belgilari boʻlishi mumkin:

  • piyelonefrit;
  • tosh va tuz borligi;
  • gidronefroz;
  • nefroptoz;
  • bezarar oʻsma;
  • yangi paydo boʻlayotgan rak.

Buyrak aynan nimadan ogʻriyotgani faqat shifokor toʻgʻri aniqlay oladi, shuning uchun ortga surmay darhol poliklinikaga boring. Ogʻriqning qandayligiga va belgilarga qarab kasallik haqida oʻzicha bir xulosaga kelish qiyin. Mana masalan, piyelonefritda ogʻriq unchalik kuchli boʻlmaydi, lekin uzoqroq boʻladi. Kasal aʼzoga bosilgan vaqtda ogʻriq kuchayadi. Kasallik vaqtida issitma koʻtariladi, kuchsizlanish, tez-tez peshob qistashi, peshob chiqishi vaqtida achishishi, peshobda oʻtkir hid boʻlishi kuzatiladi.

Buyrakda tosh boʻlishi kasalliklarida qattiq kuchli ogʻriq boʻladi, ortiqcha ishlagan vaqtda ogʻriq yana ortadi, peshobda esa qon aralashmasi boʻladi. Keskin, kuchli ogʻriq va buyrakdagi sanchiqlar vaqtida tosh buyrakdan koʻchayotgan boʻladi.

Oʻng buyrak qanday ogʻriydi: ayoldagi belgilar

Oʻng tarafdagi ogʻriqlar oʻziga xos belgilar boʻlib, ular patalogik jarayonlarning mavjudligidan darak beradi va quyidagi simptomlar kuzatiladi: koʻngil aynishi, qayd qilish, tana issitma koʻtarilishi, yoki titroq. Tashxis qoʻyish uchun analizlar topshirish va diognastikadan oʻtish kerak.

Bundan tashqari belning oʻng tomonidagi ogʻriqlar buyrak bilan bogʻliq bir qator quyidagi kasalliklardan darak beradi:

  • koʻrichak kasalligi;
  • mushaklarning shikastlanishi;
  • kista.

Bunda ayol belda uzoq vaqt yoki qattiq ogʻriqdan shikoyat qiladi va bu ogʻriq harakat vaqtida kuchayadi. Mana masalan, kista vaqtida ogʻriqli shok, kapsula darz ketadi va uning ichidagilar qorinboʻshligʻiga oʻtib ketadi. Bunday holda peritonitning rivojlanishi havfi juda yuqori.

Ortga surib boʻlmaydigan holatlarda buyrakni davolash jarrohlik amaliyoti orqali amalga oshiriladi. Agar tashxis oʻz vaqtida qoʻyilgan boʻlsa, unda dori-darmonlar davolash mumkin. Ayollarga diyetaga oʻtish va antimikrobli terapiya kursi yozib beriladi.

“OʻNG BUYRAK JUDA SIQIB YOKI SANCHIB, QATTIQ OGʻRISHI MUMKIN. BUNDA UNI KOʻPINCHA UMURTQA GRIJASI BILAN ADASHTIRISHADI.”

Oʻz buyragingizni asrang, chunki, u inson organizmidagi eng muhim aʼzolardan biiridir. Koʻrib turganingizdek buyrak turli xil sabablarga koʻra ogʻriydi va uni butunlay davolash uchun kasallikni oʻz vaqtida bilish muhimdir.

 

Сизнинг жавобингиз

Жавобни шошилмасдан, тўғри ва имло хатоларсиз ёзишга ҳаракат қилинг, кириллча ёзсангиз "қ" "ҳ" "ғ" "ў" ҳарфлари билан ёзинг ёки вергул билан ажратиб ёзинг, лотинча ёзсангиз, "sh"ни "w" қилиб ёзманг илтимос!!!
Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.