Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!

3овозлар

«Xayrli kun!

Fevral oyining boshida Twitterda do`stim @mr_juraev) ning sahifasida:

Shaxsiy marafon e’lon qilaman, 21 kun davomida:

Kofe, Koka-kola ichmayman, har kuni vaqtli turaman.
@mr_juraev

degan so`zlarni o`qib qoldim. Ajoyib g`oya! Kishining shaxsiy o`sishi uchun qiziqarli strategiya deb tushundim. Qiziqib shu haqida suhbat boshladim. Bu qisqa suhbatni savol-javob shaklida qanday bo`lsa shundayligicha ko`chirib ko`rsataman.

Men (M): Bu marafonni boshlashingizdan maqsad qanaqa?
Do`stim (D): Juda ham oddiy, organizmni tozalash.
M: Nega aynan 21 kun? Nega 11 emas, yoki xuddi marafondagi kabi 42 kun emas?
D: Olib borilgan tekshiruvlarga asoslanadigan bo`lsak, kishi 21 kunda biror bir hatti-harakatni odat qilib oladi, bu hoh ijobiy bo`lsin, hoh negativ.
M: Qanaqa foyda oldingiz?
D: Uyqu sifati oshdi, vaqtli uyg`onishga o`rgandim — bu esa o`z navbatida kundalik bajariladigan ishlar uchun qo`shimcha bir necha soatni taqdim etdi. Rejalarimni buzmaslik uchun bir kishiga har kunlik hisobot berib turdim. Bu mas’uliyatni oshiradi.

Shu so`zlardan so`ng men ham oldimga maqsad qo`ydim — shaxsiy marafon!

21 kun davomida

  • Chekmayman
  • Uyqu vaqtini to`g`ri taqsimlayman
  • Kunni to`g`ri taqsimlayman

Hozircha shu 3 ta vazifani oldimga maqsd qilib qo`ydim. Mana bugun 5 — kun, sal bo`lsa ham qiynalyapman — ayniqsa chekish masalasida. Lekin maqsad qo`yilgan, hisobot berish uchun esa @mr_juraevning o`zini tanladim. Shu besh kun ichida yarim yildan beri orqaga tashlab kelayotgan bir necha ishlarimni bitirib qo`ydim, natija — o`sish!

Hurmatli o`quvchi, sizlarga ham shaxsiy marafonni e’lon qilishingizni va shu orqali yoqimli natijalarga erishishingizni maslahat beraman!

www.hov.uz uchun Farxod»

Xuddi shu ko`rinishda Farxod do`stimizdan xat oldik, fikrimiz esa — juda ham ajoyib g`oya! Shaxsan o`zim ham marafon e’lon qilaman!

21 kun davomida

  • Hech qanday ishni keyinga tashlash
  • Sport bilan shug`ullanish
  • Sog`lom ovqat

Sevimli o`quvchim! Siz ham biz bilanmisiz? Siz muvafaqqiyatga erishish uchun oldingizga qanday vazifalar qo`ymoqchisiz?

 

Sizga muvafaqqiyat va barkamollik tilab,  HBlogger!

www.hov.uz

5 та жавоб

G'ofur жавоб берди 0
Har qanday ishda ham reja va tartib bo'lsa ish o'ngidan keladi!
Genius жавоб берди 420

Bu irodasini boshqara olmaydiganlar uchunmi deymandaaaa surprise

HBlogger изоҳ берди

Bu irodasini kuchytirishni xoxlovchilar uchun

Genius изоҳ берди

chunarli.
Jasur Bek жавоб берди 0
Ha juda zor goya man uchin yangili boldi bu man 14 yoshimdan buyon sport bilan shugullanaman man bu usulni albatta sinab koraman

HBlogger изоҳ берди

Oldingizga qanaqa maqsadlarni qo`yishingizni biz bilan bo`lishing, bu sizga yana ham mas'uliyat yuklaydi bu esa sizni rejadan chiqmasligingizga yordam beradi

Jasur Bek изоҳ берди

Man hudo hohlasa oqishga topshirmoqchiman shuning uchun zarur bolgan fanlarni man organishi oldimga maqsad qilib qoydi ayniqsa inglsh tilini yanada kopro oqimoqchiman

HBlogger изоҳ берди

Unda oldingizga qo`ygan maqsadingizning bajarilayotganini o`zingiz va bizning oldimizda hisobot berish orqali bajaring, bu  sizning yelkangizdagi mas'uliyatni oshiradi
Инатилла жавоб берди 156
Узингизнинг олдингизга максад куйиб уни вакт билан чегаралаяпсизми, демак сиз узингизга талабчан буляпсиз, узингиз билан хисоблашаяпсиз. Бу сизнинг шубхасиз хар томондан юксакликка интилаётганингиздан далолатдир. Ташлаб куйманг, хар доим шундай булинг.
Abu Bakr жавоб берди 0
Гап йўқ, омад!

Сизнинг жавобингиз

Жавобни шошилмасдан, тўғри ва имло хатоларсиз ёзишга ҳаракат қилинг, кириллча ёзсангиз "қ" "ҳ" "ғ" "ў" ҳарфлари билан ёзинг ёки вергул билан ажратиб ёзинг, лотинча ёзсангиз, "sh"ни "w" қилиб ёзманг илтимос!!!
Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.