Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!

Qanday qilib kuchli hayajonni tezda bartaraf etish mumkin?

5 та жавоб

аноним жавоб берди 0
  1. Hayajonsiz nutq bo’lmasligini tan oling.
    Haqiqatni tan olish yaxshi yordam beradi. Siz ikki va undan ortiq kishi oldida nutq so’zlamoqchimisiz, demak sizda hayajon bo’lishi tabiiy hol! Siz to’liq hayajonsiz bo’lishga harakat qilmasligingiz kerak, shunchaki hayajonning ortiqchasini yo’q qilishingiz kerak, xolos. Hayajonlanishning tabiiy ekanligini tushunganingiz zahoti qo’rquvlaringizning 50% qismi yo’qoladi.
  2. «Tinglovchilaringizni yalang’och tasavvur qiling».
    Bu gap mendan chiqqani yo’q! Omma oldida hayajonsiz nutq so’zlash haqidagi ko’plab psixologik ma’ruzalarni o’qiganimda bu usul qayta-qayta turli mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan. Ammo bu tavsiyani to’g’ri ma’noda emas, balki ma’joziy ma’noda qabul qilish kerak. Ya’ni, «zalda faqat sizning kiyimingiz bor, tinglovchilarning hammasi yalang’och» degani – bu notiqning nutq mavzusini tinglovchilarga nisbatan yaxshiroq tushunishini bildiradi. Masalan: Siz kompyuterlar haqida bir guruh odamlar oldida nutq so’zlamoqchisiz. Siz o’zingizni shunday tutishingiz kerakki, tasavvuringizda tinglovchilaringiz ichida bitta ham kompyuterni tushunadigan odam yo’qdek bo’lsin. Siz kompyuterlar haqida hamma narsani bilasiz (sizning kiyimingiz bor, uyalishingizga hojat yo’q), tinglovchilar esa kompyuterlar haqida umuman hech narsa bilishmaydi (ularning kiyimlari yo’q, shuning uchun ham siz ulardan uslub jihatidan ustunroqsiz). Bu usul notiqning o’ziga bo’lgan ishonchini oshiradi.
  3. «Qutqaruv langari» usulidan foydalaning.
    Dengiz juda to’lqinli bo’lgan vaqtlarda kemani kuchli to’lqinlar keraksiz joylarga olib ketmasligi uchun langarlardan foydalanilgan. Langar suvga tushurilgan va kema joyidan jilmay kuchli to’lqinlarga qarshilik qila olgan. Siz ham nutqingiz davomida hayajonlana boshlagan paytingizda «langar tashlash»ni o’rganishingiz kerak. Ogohlantirib qo’yay: bu usulni to’liq o’rganish juda ko’p mashqlar va takrorlashni talab etadi.
    Qutqaruv langarini ishlatishdan avval uni mustahkamlash kerak. Buning uchun nutq so’zlayotgan vaqtingizda o’zingizni to’la sokin va ishonchli his qilgan holatingizni hotirangizga muhrlab qo’yuvchi jismoniy harakat qilishingiz kerak. Masalan: ishonchga to’la holatda nutq so’zlayotgan paytingizda (tinglovchilarga sezdirmagan holda) bir qo’lingizni qattiq musht qilib qisishingiz, biror barmog’ingizni ma’lum holatda harakatlantirishingiz yoki o’zingiz ma’qul ko’rgan boshqa biror usuldan foydalanishingiz tavsiya etiladi. Asosiy maqsad shuki, miyangiz o’zingizga to’la ishonch his qilib turgan paytingizda amalga oshirgan bu harakatingizni o’zida muhrlab qoladi va kerak paytda, hayajon sezayotgan paytingizda yana huddi shu jismoniy harakatni amalga oshirsangiz, sizga avvalgi muhrlanib qolgan ishonch va sokinlik hissi qaytishi isbotlangan. Bu usulni o’zlashtirgan holda siz jismoniy harakatlaringiz orqali miyangizni eslab qolishga majbur qilgan o’ziga ishonch hissini qayta chaqirishingiz va tiklashingiz mumkin.
  4. Tinglovchilaringizning ko’zlariga qaramang.
    Bu hammasidan ham qiyini! Siz gapirayotgan kishilaringizning ko’zlariga qaragan zahotingiz hayajonga tushishni boshlaysiz. Chunki insonda ko’zdek hissiyotni aniq yetkazib beruvchi a’zo yo’q. O’nta tinglovchingizning o’n juft ko’zlarida o’n turdagi hissiyotni ko’raversangiz o’zingizga bo’lgan ishonch hissi tez orada so’nib ketadi. Shuning uchun ularning burniga, peshonasiga… balki qulog’iga qarang. Lekin hech qachon tinglovchilaringizning ko’zlariga qaramang!
    Buni shunday amalga oshirishingiz kerakki, tinglovchilaringiz sizning ular bilan ko’z kontaktidan qochoyotganligingizni sezmasliklari kerak. Bu esa ortiqcha darajada alanglayvermasligingiz kerakligini bildiradi. Qoida shu: tinglovchilaringiz ko’zlariga qaramaslikka harakat qiling va ularga buni sezdirmang!
  5. O’zingizga ishoning!
    Menimcha bu eng muhim shart! Nutq so’zlayotgan vaqtingizda o’zingizga nisbatan ishonchingiz yuqori darajada bo’lsin. Bu har qanday muvaffaqiyatning asosiy sharti hisoblanadi! Siz o’z ishingizning ustasisiz! Siz qobiliyatlisiz! Siz tengsiz notiqsiz! O’zingizga ishoning!
    Yuqoridagi usullar sizga professional nutqlar so’zlashda yordam beradi degan umiddaman. Ular menga juda ko’p marta yordam bergan. Tajribalarim asosida kimdir ortiqcha hayajon va qo’rquvlaridan halos bo’lsa men juda xursandman!
    Sizda qanday tajribalar bo’lgan? O’z usullaringiz bilan o’rtoqlashing!
аноним жавоб берди 0
Yuqoridagi javob juda chiroyli, ta'sirli bo'libdi. Unga kichik bir qo'shimcha sifatida ustozimiz aytgan usulni ham keltirib o'tsam. Nutq so'zlashdan oldin hamyoningizga bir pachka ming so'mlik yoki besh yuz so'mlik solib oling. Nutq paytida kuchli hayajon paydo bo'lsa, ohistalik bilan qo'lni hamyonga solib, pachkadagi pulni ushlang. Kulgili tuyulishi mumkin, lekin samarasi seziladi.
Bobur жавоб берди 0
kuchli hayajon faqat nutq suzlashda bulmaydiku. Boshqa hollarda qanday maslahatlar berasiz. Misol uchun musobaqaada ringda kuch sarflanadgan paytda hayajon kuchni yarmini olip quyadi bunday holatlarda qanday tiklanish mumkun
Rafael жавоб берди 0
Uylanganman oilam farzandlarim bor...Ammo haligacha qizlar ayollar bilan suhbatlashganda qandaydir hayajon bosadi.Shunday holatlar uchun qanday maslahat berasiz

Abdusattor изоҳ берди

savol berishga bering savolizni
Шухрат жавоб берди 10
Барча шу ҳаяжонлардан самарали аста секин қутулишидан учун хар хил ҳолатда аутоген машқлар билан шуғулланиш керак..

Сизнинг жавобингиз

Жавобни шошилмасдан, тўғри ва имло хатоларсиз ёзишга ҳаракат қилинг, кириллча ёзсангиз "қ" "ҳ" "ғ" "ў" ҳарфлари билан ёзинг ёки вергул билан ажратиб ёзинг, лотинча ёзсангиз, "sh"ни "w" қилиб ёзманг илтимос!!!
Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.