Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!
Гайморит ҳақида маълумот беришингизни сўрайман..

7 та жавоб

G. Jamilova жавоб берди 0

Gaymorit — jiddiy kasallik!
Qish kunlarida shifoxonalarda davolanayotgan bemorlarning 20-30 foizini, ambulatoriya sharoitida muolaja olayotganlarning 15-16 foizini burun bo‘shlig‘i kasalligi bilan og‘riganlar tashkil etadi. Bular orasida gaymorit birinchi o‘rinni egallaydi. Mana shu xastalikdan aziyat chekayotganlar uchun Toshkent Tibbiyot Akademiyasi 3-klinikasining LOR shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi Ulug‘bek Ergashev maslahatlari asosida quyidagilarni tavsiya etamiz…
QANDAY PAYDO BO‘LADI?
Gaymorit yuqori jag‘ va burun atrofi bo‘shlig‘ining yallig‘lanishi bo‘lib, ko‘pincha burun bo‘shlig‘iga turli mikroorganizmlar kirishi natijasida yuzaga keladi. Masalan, gripp virusi, streptokokk, stafilokokk, diplokokk, ko‘k yiring tayoqchalari, anaerob infeksiyalar va ichak tayoqchalari gaymoritni qo‘zg‘ashi mumkin.
GRIPPGA O‘XShAYDI, LEKIN…
Dastlab kasallikning o‘tkir turi namoyon bo‘ladi. Bu vaqtda bemorning yuqori jag‘ sohasi qo‘l bilan bosib ko‘rilganda og‘riydi, burnidan shilliq ajraladi.
Aslida burundan shilliq ajralishi gripp kasalligida ham kuzatiladi. Lekin grippda paydo bo‘ladigan shilliq suyuqlik suvga o‘xshash oq rangda bo‘ladi. Gaymoritda esa burundan yiring aralash ajralma chiqadi.
Gaymoritga chalingan bemorning qon tahlilida leykotsitlar miqdori oshganligi seziladi. Shunday vaqtda zudlik bilan shifokorga murojaat etish lozim. Agar kechiktirmay davo choralari ko‘rilsa, bemor butunlay tuzalib ketadi.
ASORAT QOLDIRADI…
· Boshqa xastaliklar kabi gaymorit ham o‘z vaqtida davolab tuzatilmasa, og‘ir asoratlar qoldiradi. Ya’ni gaymorit bilan og‘rib o‘tgandan keyin miya pardasida o‘zgarishlar kuzatiladi.
· Ko‘p hollarda gaymoritni yaxshi davolatmagan bemorlarda meningit (bosh va orqa miya qobig‘ining yallig‘lanishi) rivojlanishi mumkin.
· Shuningdek, kasallikdan so‘ng araxnoidit (bosh yoki orqa miyadagi o‘rgimchak to‘riga o‘xshash pardaning yallig‘lanishi) va rinogen ko‘z kasalliklari ro‘y beradi.
· Gaymorit asoratlari yuzaga kelmasligi uchun bemor qunt bilan muolajani oxiriga yetkazishi zarur.
DORI IChIShGA ShOShILMANG!
Bemorga burunga suyuq tomizg‘ilar, antibiotik va boshqa dorilar, shuningdek, fizioterapiya muolajalari buyuriladi.
Bundan tashqari, yallig‘lanishga qarshi va tomirlarni toraytiruvchi dorilar yordam beradi.
Emulsiya holidagi «Sanorin» dorisi kuniga uch mahaldan har bir burunga alohida 3-4 tomchidan tomiziladi.
Agar gaymorit tumov bilan birgalikda kechsa, 0,05 yoki 0,1 foizli «Naftizin» eritmasidan foydalaniladi. Bu dorilar burun shilliq pardasi yallig‘lanishini yo‘qotib, tomirlarni toraytirishga ko‘maklashadi.
Yaxshisi, gaymorit boshlanishida dori ichishga shoshilmaganingiz ma’qul. Chunki uy sharoitida bir necha xil muolajalarni bajarsangiz, kasallik rivojlanishdan to‘xtashi mumkin.
UY ShAROITIDA DAVOLANISh
· Oddiy bir usul: suvda ikkita tuxumni qaynating, pishgach, issiq holida burunning har ikkala yon sohalarida qo‘l yordamida dumalating. Bu muolajani tuxumlar sovigunicha davom ettiring. Buni kuniga 2 marotaba amalga oshirsangiz kifoya.
· Qizigan tovaga 2-3 qoshiq guruch yoki bug‘doy soling, yaxshilab aralashtiring. Donlar isigach, ikki qavatli surp xaltachaga soling va gaymor bo‘shlig‘i (yuqori jag‘ bo‘shlig‘i) ustiga qo‘yib turing. Bu usulni kuniga 2-3 marta davom ettiring.
· Bir dona kartoshkani po‘sti bilan suvda pishirib oling. Issiq holida burun atrofiga qo‘ying. Burun terisi kuyib qizarmasligi uchun kartoshkani uzoq vaqt bosmay, yengilgina dumalatganingiz ma’qul.
· Yana bir usul: moychechak, yalpiz va rayhonning quritilganidan bir osh qoshiqdan olib, bir stakan suvda 5 daqiqa qaynating. So‘ng boshingizga katta sochiqni yopib, qaynatmani qayta-qayta hidlang. Burun shilliq qavati kuymasligi uchun tez nafas olmang. Muolaja vaqti o‘n daqiqadan oshmasin.
· Oddiy tumov ham uzoq davom etsa gaymoritga aylanib ketishi mumkinligini yodda tuting. Shuning uchun har qanday shamollash kasalliklarini tezroq davolashga shoshilish kerak. Qish kunlarida sovuq suv ichmaslik va sovqotishdan saqlanish lozim. Bundan tashqari, kariyesli tishlarni o‘z vaqtida davolatish, havo nam paytlari oyoqni ham, boshni ham issiq tutish zarur. Shunda gaymorit sizni bezovta qilmaydi.

аноним жавоб берди 0

Гайморит безовта килганда эски пахтани тутатиб хиданг шунда тозалаб тушиб кетади.

аноним жавоб берди 0
Burun ustiga bir kunda bir mahal toza asal qo'yib yurilsa o'zi yo'qolib ketadi. Sinovdan o'tgan va jarrohlik ishiga hojat yo'q inshaoloh
AZAMAT SUBANOV жавоб берди 0
MENING BURNIMNING TEPA PEWONA QISMI BOSSA OG'RIYDI.PASTKI BURUN ATROFLARI HAM...PASTGA QARASAM HAM QATTIQ BOW OG'RIDI.AYNIQSA DIVANNI TAGIGA QARAGANDIM PEWONA QISMIM CDAB BULMAYDIGAN DARAJADA OG'RIDI.BURNIMDAN SARG'IW SUYUQLI TOMCHILAYDI.BU GAYMORITMI..????

Dilbar изоҳ берди

Araxnoidit kasaligiga davo bormi
Dilbar жавоб берди 0
Araxnoidit kasaligi meni bezovta qilmoqda lor yuvamiz dedi antibyotik olyapman qanday davolasam böladi

Abduhalimbek изоҳ берди

Aslo yuva kurmang battar busa bo'ladi lekin yaxshi bumiydi bu szga bir tavsiya men yuvdirdim battar bo'ldi burnim  bekilip qoldi
barno жавоб берди 0
Davosi bormi gaymaritni oldindan raxmat javob uchun
barno жавоб берди 0
Man otkan yili yuvdirgandim bu yil peshonam kozim tishim qulogim va chap orqa miyyam ogriyapti bu qaytalangan gaymaritmi va qanday chora korishim kerak.

Сизнинг жавобингиз

Жавобни шошилмасдан, тўғри ва имло хатоларсиз ёзишга ҳаракат қилинг, кириллча ёзсангиз "қ" "ҳ" "ғ" "ў" ҳарфлари билан ёзинг ёки вергул билан ажратиб ёзинг, лотинча ёзсангиз, "sh"ни "w" қилиб ёзманг илтимос!!!
Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.