Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!

Замбуруғли касалликлар

Замбуруғли касалликлар ҳақида яни оёғимда қизил яралар бор доктор замбуруғли касаллик деб дори ёзди илтимос назарий маълумот беринг, келиб чиқиш сабаблари оқибати…

3 та жавоб

Sanjar жавоб берди 0

Kasallikni oldini olish uchun:
1. Oyoqlarimizni doimo tozalab yuvishimiz va quruq bo’lishlariga diqqat etishimiz kerak.
2. Paxtalik, jun va shunga o’hshash suvni emadigan hususiyatga ega modalardan to’qilgan paypoqlar kiyishimiz kerak.
3. Oyoq kiyimlarimiz oyog’imizni siqmasligi, tirnoqlarimizni oyoq barmoqlariga botishini oldini olishimiz kerak. Baland poshnali, eski, yirtilgan, paypoqsiz kiyilgan oyoq kiyimlar yoki boshqasining oyoq kiyimini kiymasligimiz kerak.
4. Qo’ziqorin kasalligi havfi ko’proq bo’lgan yalang oyoq bilan yurmaslikka harakat qiling. Yerga gilam to’shalgan yerlar (udan tashqarida), vana yerlari, dushlar, sport salonlari eng ko’p enfeksiyon bo’lgan joylardir.
5. Tirnoqlar barmoqdan juda pastda qisqa yoki barmoqdan uzun kesilmasligi kerak. Tirnoq atrofini to’g’ri kesing, dumaloq kesmang.
6. Qo’ziqorin bo’lgan tirnoq bilan bo’lmagan tirnoq uchun boshqa-boshqa tirnoq kesadigan qaychilar ishlating.
7. Oila a’zolaringiz, ko’p ko’rishadigan yaqinlaringizga ham qo’ziqorin kasalligi bo’lmasliklari uchun ularga ham bu haqda ma’lumot berilishi kerak.

Farrux изоҳ берди

Katta raxmat
Abdusattor жавоб берди 0

Dermatofitler deb atalgan griboklar (qo’ziqorinlar) tarafidan enfeksiyonlardir. Vujudimizda odatda bakteriyalar va qo’ziqorinlar kasallik tarqatmasdan yashaydilar. Lekin ularga mos bir joy topganlarida zudlik bilan ko’payib, enfeksiyonga aylanishlari mumkin. Oyoq qo’ziqorini eng ko’p tarqalgan jild kasalligidir. Boshqa qo’ziqorin enfeksiyonlari bilan birgalikda ko’rilishi mumkin. Oyoq qo’ziqorini va shunga o’hshash kasalliklarga tinea enfeksiyonlari ismi beriladi va soch, tirnoq va tish terisi kabi to’qimalarda yashay oladilar. Vujudning Namli va iliq qismlarida ko’payadi. Siqadigan oyoq kiyimi kiyilganda, tananing uzoq muddat namli qolishi, juda qisqa kesilgan tirnoqlar va jilddagi yalliq’lanishlar ham bu enfeksiyonning o’rtaga chiqishiga sabab bo’lishi mumkin. Tinea enfeksiyonlari yuqumlidir. Qo’ziqorin bor qismga qo’l yoki tananing boshqa a’zolari tekkanida, ayni oyoq kiyim kiyilganida yoki dushning ho’l zaminidan yaxshilab tozalanmasdan foydalanilganida yuqishi mumkin.

Siroj жавоб берди 0
Assalomu aleykum menda bir kasallik 6 yildan beri qiynab kelmoqda, Bilmadim bu kasallik qayerdan yuqdi, balki o'qish davrimizda paxtaga borganimizda suvsizlikdan kanallardan suv ichganimgami bilmadim.

Kasallagim belgilari shundaki har doim issiqlab terlaganimda yoki hammomga kirganimda tanam uzra qichinaman qichinganimdan keyin qichingan joylari qizarib donacha bo'lib shishib qoladi hech davosini topolmayapman Dimuch klinikasiga borib qon topshirganimda qonimda zamburug'lar borligi aniqlandi vrachga ko'rindim futis tabletkasini ichdim jami bo'lib 5-6 marta davolandim foydasi bo'lmadi.

Uylanganimdan so'ng hotinimga yuqdi hozirda qiz farzandim 8 oylik unga ham yuqgan shekilli badanlari qizarib qolyapdi

Iltimos yordam berilar

Сизнинг жавобингиз

Жавобни шошилмасдан, тўғри ва имло хатоларсиз ёзишга ҳаракат қилинг, кириллча ёзсангиз "қ" "ҳ" "ғ" "ў" ҳарфлари билан ёзинг ёки вергул билан ажратиб ёзинг, лотинча ёзсангиз, "sh"ни "w" қилиб ёзманг илтимос!!!
Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.