Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!
Assalomu aleykum. kirib kelgan yangi yilingiz bilan. Meni sochim 2-3 yildan beri t`okiladi. Chekkalari ancha to`kilgan. Ha aytkancha yoshim 20 da. Siyraklashib qolgan. iltimos nima qilsam qalinlashadi. Qaysi doridan foydalansam yoki xalq tabobatidan. Nimani tavsiya qilasiz ?

4 та жавоб

аноним жавоб берди 0

Soch to’kilishini qanday to’xtatish mumkin?

Hozir soch to’kilishiga qarshi juda ko’p vositalar ishlab chiqilgan. Bunday vositalarning ommabop bo’lib ketayotgani zamonaviy dunyomizdagi ko’plab omillarga bog’liq: ekologik vaziyatning yomonlashuvi, oziq-ovqat mahsulotlari qimmatliligining tushib ketishi, stress va kishilarning yomon salomatligi ko’payib borayotgani.

Sochlarning kuchli to’kilishiga faqat trixolog shifokor tashhis qo’yishi va davolashi mumkin. Odamlar asosan avitaminoz yoki turli surunkali kasalliklarning kuchayishi tufayli mavsumiy soch to’kilishidan shikoyat qilishadi.

Soch to’kilishiga qarshi xalq tabobati vositalari esa salonlarga bormasdan, sochlarini uyda mustahkam qilmoqchi bo’lgan kishilar orasida juda ommabopdir. Quyida sochlaringizni ko’p to’kilishdan saqlaydigan, ularni chiroyli, jiloga boy va qalin qiladigan bir nechta retseptlarni keltiramiz. Ularni bemalol uyda qilishingiz mumkin.: Sochingiz juda yog’li bo’lsa, yuvilgan va quritilgan sochlarga va boshga qichitqi o’t (krapiva) damlamasini surish kerak bo’ladi. Buning uchun bir osh qoshiq qichitqi o’tga bir stakan qaynab turgan suv quyiladi, damlanib qo’yiladi va keyin dokada suzib olinadi.

Ovqatdan oldin yangi uzilgan piyozni iste’mol qilish zaif sochlarni mustahkamlaydi. Sochlar to’kilishiga qarshi ishlatiladigan yog’ni (masalan, sochlarni yuvishdan bir yoki yarim soat oldin chakamug’ yog’i, zaytun yog’i) sochlarning iltiziga ishqalab surtish kerak. Shuningdek, buning uchun kanakunjut nastoykasi ham xuddi shunday sochlarning ildiziga ishqalanadi. Jo’ka (lipa) damlamasi quruq sochlar to’kilishini to’xtatadi (ikki osh qoshik jo’kaga bir litr qaynab turgan suv quyiladi va yigirma daqiqaga damlab qo’yiladi). Ushbu damlamani sochlarni chayish uchun qo’llasa ham bo’ladi. Bundan tashqari, uy sharoitida soch to’kilishiga qarshi niqoblarni ham tayyorlash mumkin: Qariqiz (lopux)ning maydalangan ildizi (40 g) 10 kun davomida zaytun yog’ining ichiga solib qo’yiladi (10 kun) va 15 daqiqa past olovda qaynatiladi. Konyak, piyoz suvi va qariqiz (lopux) ildizi damlamasidan iborat aralashma (1:4:6 qism) bosh terisiga ishqalab suriladi. Boshni sochiq bilan o’ragan holda niqob bir soat ushlab turiladi. Qichitqi o’t (krapiva) barglaridan tayyorlangan damlama (100 g) suv va sirka (500 g) bilan aralashtiriladi va yarim soat qaynatiladi. 40 daqiqa davomida tindirib qo’yiladi, dokada suzib olinib, keyin sochlarni ho’llash kerak.Ko’p holatlarda soch to’kilishiga ularning sinuvchanligi ham sababchi bo’ladi. Soch to’kilishiga qarshi shampunlarning aksariyati aynan shunga qarshi ta’sir qiladi. Shampuningizning ta’sirini kuchaytirish uchun unga soch to’kilishiga qarshi qitaminlarni qo’shishning o’zi kifoya. Masalan, shunday vitaminlarga E vitamini kiradi.Soch to’kilishiga qarshi vitaminlar turli niqoblar uchun asosga aylanishi mumkin. Ularni tayyorlash uchun ikki choy qoshiqdan limon suvi, A vitamini va yog’li E vitamini, kanakunjut moyi (kastorovoye maslo) va dimeksid (yallig’lanishga qarshi vosita) aralashtiriladi. Soch to’kilishiga qarshi moy soch ildizlari va sochning o’ziga suriladi, ustidan plyonka bilan, keyin esa sochiq bilan o’raladi yoki shapka kiyiladi. Bu niqobni bir soat ushlab turish kerak, so’ngra shampun vositasida yaxshilab yuvib tashlanadi. Agar bunday muolajalardan keyin ham soch to’kilishiga barham berilmasa, soch to’kilishi tashxisi va uni davolash bo’yicha trixolog shifokorga murojat qiling.

Shermuhammad изоҳ берди

Maslahat uchun katta raxmat.
Alisher жавоб берди 0

Zaytun yog’i bu magazinlarda sotiladigan olikoviy maslomi?
Keyin men xozir Rossiyadaman lekin trixolog topolmayapman yana qaysi doktorlarga murojat qilsam boladi

Кавсар изоҳ берди

Россияда була туриб трихолог тополмаяпсизми? Кони уша ерда-ку уларни. Исталган мед клиникага кириб суранг, йук булса каерда борлиги, телефонигача беришади. Битта томони, узбекилигиз учун маълумот олишиз кийин кечиши мумкин. Исталган рус танишизни клиникага киритиб суранг. Бундан ташкари эълонлари хам тикилиб ётипти уларни. Хохиш булса албатта топасиз.

Alisher изоҳ берди

Kavsar raxmat uje topdim trixolog deganlari faqat xususiy klinikalarda bolarkanda
Фарух жавоб берди 0

Фойдаси йук барибир,мен 5 йилдан бери киламан дориларини,1 томчи хам фойда бермади

ِAlisher изоҳ берди

Xa foydasi yoq deb yuraveriw xam yaxwi emas menimcha kal bolib qoliw yaxwimasu

Alisher изоҳ берди

FARUX qanaqa dorilar qildiz trixolog xuzurida boldizmi
Толибжон жавоб берди 0

Соч тукилишига : Исирикни уругини ажратиб бир кошигини ярим литр сувда кайнатиб шусув билаш бошни ювасиз , худо хохласа соч тукилмай колади

Сизнинг жавобингиз

Жавобни шошилмасдан, тўғри ва имло хатоларсиз ёзишга ҳаракат қилинг, кириллча ёзсангиз "қ" "ҳ" "ғ" "ў" ҳарфлари билан ёзинг ёки вергул билан ажратиб ёзинг, лотинча ёзсангиз, "sh"ни "w" қилиб ёзманг илтимос!!!
Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.