Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!
Қон босимига қандай табиий йўл билан бархам бериш мумкун?

farrux изоҳ берди

Men harbiy 1 yillik xizmatga harakat qildim. Afsuski tibbiy ko'rikda qon bosimida no'ta olmadim sababi yurak urish faoliyatim juda tez (hayajon) urayapti aynan o'sha vaqt. Qancha harakat qilmay, qancha dorilardan foydalanmay baribir iloji bo'lmayapti o'zimni ruhan tayyorladim bir necha bor. Yo'q foydasi bo'lmadi. Tibbiy ko'rikdan chiqqach doktorlarga o'lchataman har gal, juda joyida 120 ga 80 normal ko'rsatgichni qayd etaman. Lekin aynan tibbiy ko'rikda baland chiqayapti. 100% ishonaman mening qon bosimim joyida. Nima qilish kerak??? Iloji bormi? Bilsanfiz yordam bering Iltimos. Telegram @FarruxF4 ga yoki +998911008004, +998949198519 raqamiga muroojat qiling kutaman javobingizni.

2 та жавоб

xabardor.uz жавоб берди 0

Qon bosimi: uni dori-darmonsiz me’yorga keltirish mumkin (mi)?
1. Yarim kilogramm sosiskadan 100 gramm go‘sht afzal
Sosiska, sardelka (yo‘g‘on sosiska) va kolbasalarda yashirin holda ko‘p miqdorda yuqori to‘yingan yog‘ kislotalarini mujassamlashgan yog‘ va tuz mavjud bo‘ladi. To‘yingan yog‘lar yaxshi qon aylanishiga, tuzlar ortiqchaligi esa organizmdagi suyuqlik chiqib ketishiga halaqit qiladi, shuning barobarida, yurak ishiga og‘irlik yaratib, qon bosimi oshishiga olib keladi.
100 gramm qaynatilgan tovuq yoki mol go‘shtini tanovul etib 20 gramm protein (oqsil)ga ega bo‘lamiz. Oqsil yurakning me’yoriy ishi va qon tomirlarning hayotiy faolligi uchun juda zarurdir. Bir kunda bizga o‘rtacha miqdorda 60 gramm oqsil kerak bo‘ladi.
2. Shakarni qora(achchiq) shokoladga almashtiring
Kardiolog Tamara Ogiyeva tavsiya qilgan quyidagi parhez qishga mo‘ljallangan bo‘lib, tomirlar faoliyatini yaxshilaydi:
— Yog‘, sut, tuxum solib tayyorlangan shirin bulochkalardan voz keching.
— Shirinliklardan faqat qora shokolad, shakar miqdori kam bo‘lgan murabbo va jemlar tavsiya qilinadi.
— Ukrop, petrushka kabi ko‘katlarni va oshko‘kli aysberg, xitoycha va rukkola salatlarini ko‘proq iste’mol qiling.
— Albatta, sitrus mevalar iste’mol qiling. Ularda ko‘p miqdorda antioksidantlar bor.— Dasturxoningizda haftasiga hech bo‘lmasa ikki marta baliqli taomlarga o‘rin berilsin. Ayniqsa, dengiz baliqlari tarkibida mavjud bo‘lgan to‘yinmagan yog‘ kislotalari xolesterin ta’sirida qon tomirlari devorlarida yuzaga keluvchi mikroyallig‘laishlarni bartaraf etadi.
3. “Oyoqlarga hordiq uchun sharoit yarating va qabziyatdan saqlaning”
Flebolog, tibbiyot fanlari nomzodi Igor Samsonov shunday degan. Dengiz tuzli suv protserudalari oyoq tomirlaridagi charchoqlarni yo‘qtotadi va tetiklashtiradi. Kechqurunlari kontrast dush qabul qiling. Oyoqlarga hatto kun mobaynida ham hordiq olishga imkon bering. Buning uchun ishga oddiy valik-massajer olib kelib, unda kunida 2-3 marta uchish mumkin.
Har kuni ho‘l meva va sabzavotlarni tanovul etish zarur. U vena qon tomirlarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Iste’moldagi tuz miqorini kamaytirish va sho‘r va achchiq taomlardan saqlanish — salomatlik garovidir. Sho‘r taomlar chanqoqni oshiradi va vena tizimiga og‘irlik yaratadi va shishlarni keltirib chiqaradi.
Qabziyat yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymang. Ular venadagi qon bosimining oshishiga olib keladi va tomir yetishmovchiligini kuchaytiradi.
Manba: kp.ru

аноним жавоб берди 0
Наъматак дамламаси хам анча фойда беради. Кон босими ошганда, уни ичилса, конни суюлтиради ва витамин С бн таъминлайди.

Сизнинг жавобингиз

Жавобни шошилмасдан, тўғри ва имло хатоларсиз ёзишга ҳаракат қилинг, кириллча ёзсангиз "қ" "ҳ" "ғ" "ў" ҳарфлари билан ёзинг ёки вергул билан ажратиб ёзинг, лотинча ёзсангиз, "sh"ни "w" қилиб ёзманг илтимос!!!
Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.