Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!

4 та жавоб

Sirojiddin Muhammad жавоб берди 2189

Ассалому алайкум мана smiley:

IELTS (International English Language Testing System- Xalqaro Ingliz Tili Imtihon Tizimi) халқаро имтиҳон тизимидир. Бу тизим Инглиз тили муомала тили бўлган давлат ёки муассасаларда ишлашни ёки ўқишни режалаштираётганлар учун Инглиз тили билимини текшириб кўриш имтиҳонидир.
IELTS халқаро энг юқори сифатли имтиҳон стандартларига мосдир ва тилнинг тўртта соҳасини (тинглаш, ўқиш, ёзма ва огъзаки) имтиҳон қилади. IELTS имтиҳони икки ҳил шаклда мавжуд - Academic va General Training. IELTS ҳақида тўлиқ маълумот ва имтиҳон материалларини www.ielts.orgсайтидан олиш мумкин.
Academic Module имтиҳон топширувчиларни Инглиз тили асос бўлган бакалавр ёки магистратура курсларида ўқишга тайёр ёки тайёр эмаслигини имтиҳон қилади.  General Training Module эса Инглиз тили асосий тил бўлган давлатларга университет даражасида бўлмаган тайёргарликдан ўтиш ёки иммиграция мақсадларида борувчиларни имтиҳон қилади. IELTS кўпгина давлатларнинг университетлари ва иш берувчилари томонидан тан олингандир.
TXV унинг умум таълим курсига кириш учун Инглиз тили талаби камида 5.5 IELTS балли, бакалавр курсларига кириш учун 6.0 IELTS балли ва магистратура курсларига кириш учун 6.5 IELTS балли қилиб белгиланган. Ўзбекистонда IELTS имтиҳонлари Британия Кенгаши томонидан олиб борилади. IELTS имтиҳон кунлари ва бошқа маълумотларни Британия Кенгашининг интернет сайтидан олиш мумкин.

bek изоҳ берди

Javoblar uchun hammaga rahmat. Yana bitta savol agar man IELTS  imtihonidan past ball aytaylik 4.5 yoki 4.0 ball oldim man yana boshqatan imtihon topshirsam boladimi bolganda ham qancha muddatdan so'ng amalga oshirishim mumkin
Odilbek жавоб берди 0

IELTS nima?

IELTS International English Language Testing System) - Xalqaro ingliz tili testlash tizimi.

IELTS testi ingliz tilidan olingan bilimlarni tekshirishda qo’llaniladi. Ushbu test ingliz tilida gaplashiladigan mamlakatlarga borib ishlashga va o’qishga boruvchilar uchun maxsus yaratilgan.

Hozirgi kunda IELTS test tizimi 140 mamlakatda 9000 mingdan ortiq tashkilotlarda, ya’ni universitetlarda, kompaniyalarda, horijiy agentliklarda va shuningdek, davlat tashkilotlarida tan olinadi.

Cambridge English Language AssessmentIDP: IELTS Australia va British Council kabi xalqaro tashkilotlar IELTS test tizimiga asos solgan. Ushbu tashkilotlarning har biri testlash bo’yicha dunyoviy sardorlar hisoblanishadi.

IELTS imtihonlari 140 dan ortiq mamlakatda, odatda, shanba va yakshanba kunlari bir oyda 4 marta o’tkaziladi.

IELTS testlash tizimida testdan o’tish va yiqilish tushunchalari mavjud emas. Natijalar 1(eng past ball) balldan 9 (eng yuqori ball) ballgacha bo’lgan baholash shkalasi bilan aniqlanadi.

Mavjud bo’lgan barcha xalqaro imtihonlardan faqat IELTS nomzodning imtihon topshirishdan ko’zlagan maqsadini hisobga oladi va testlar ikki formatda o’tkaziladi: Academic va General

IELTS imtihonining yaxshi tomonlari:
1) Universallik.

  • IELTS sertifikati ingliz tili kerak bo’lgan deyarli barcha mamlakatlarda qabul qilinadi;
  • har bir nomzod imtihon topshirishi mummin. IELTS barcha darajadagi bilimlarni aniqlab beradi;
  • turlii xil maqsadlarda moslashtirilgan – ilmiy hayotdagi har kungi muloqot uchun (Academic Module) va kunlik hayot uchun (General Training);
  • Imtihonni chegaralanmagan tartibda toshirishingiz mumkin.

2) Ishonchlilik.

  • ushbu test ingliz tilini o’rganish bo’yicha dunyoviy lidelar tomonidan ishlab chiqilgan va bir xil xalqaro standart sertifikatga ega;

test 9 ballik baholash tizimiga ega va u 140 dan ortiq mamalakatlarda tan olinadi;
3) Amaliyotboplilik.

  • Har bir kandidat, qo’llariga sertifikatlarini olganlaridan so’ng, ingliz tilidan o’z bilimlariga yetarlicha ishonishni boshlaydi.
  • IELTS imtihonini turli maqsadlarda topshirish mumkin: universitetlarga kirish maqsadida, ishga kirish uchun va immigratsitya maqsadida.
  • IELTS sertifikati muloqot ingliz tilida bo’lgan barcha muassasalarda qabul qilinadi.

 

Agar siz horijga ko’chmoqchi bo’lsangiz yoki horijda ta’lim olmoqchi bo’lsangiz IELTS - maqsadlaringiz yo’lidagi asosiy va muxim qadam sanaladi.

Manba: http://www.englishexamsuz.cf

Адхам жавоб берди 0

Biz bir qator taklif va iltimoslarga javoban poytaxtda IELTSga tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi o‘qituvchilardan biri San’at Ahmedov bilan suhbat qurdik. San’at Ahmedovga o‘zimiz va facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Abituriyent” gazetasi guruhida yozib qoldirilgan savollar bilan murojaat qildik.  

IELTS (International English Language Testing System) ingliz tili bo‘yicha eng ommabop sinov hisoblanadi. Har yili 2 milliondan ortiq kishi IELTS imtihonlarini topshiradilar.

IELTS ni muvaffaqiyatli topshirgan kishi o‘zimizdagi va xorijdagi ayrim oliy o‘quv yurtlariga kirish, chet elda ishlash huquqini qo‘lga kiritadi.

Hozirda dunyo bo‘yicha 8.000 dan ortiq tashkilotlar IELTS natijalarini tan oladi.

IELTS ingliz tili muhitidagi hayotga qanchalik tayyor ekaningizni bilishga ko‘maklashadi. 3 soat ichida tinglash, o‘qish, yozish va og‘zaki nutq bo‘yicha ko‘nikmalaringizni obyektiv baholab beradi.

713329695_72811.jpg

1. So‘nggi besh yilda IELTS imtihonlariga tayyorlanuvchilar soni keskin oshdi. Buni nima taqozo qilyapti?

 - Avvalambor, yurtimizda chet el OTMlarining filiallari ochilishi (hozirda yurtimizda ta’lim ingliz tilida olib boriladigan va talabalarni IELTS imtihoni natijalariga ko‘ra qabul qiladigan 4 ta OTM mavjud) bunga sabab bo‘lmoqda. Qolaversa, mustaqilligimiz sharofati bilan yaratilayotgan imkonlardan unumli foydalanib, chet ellarda o‘qib kelib, mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissalarini qo‘shishni istovchilar soni kun sayin ortib bormoqda. Bu ham quvonarli hol, albatta.

2. IELTS imtihoni ishtirokchilari ko‘pincha qaysi bosqichdan kam ball to‘plashmoqda va bunga sabab nima?

 - Statistik ma`lumotga ko‘ra (va buni ko‘p bora amaliyotimda ham kuzatganman), ko‘pchilik imtihon topshiruvchilar imtihonning yozma (Writing) qismidan pastroq natija ko‘rsatadilar. Buning sabablaridan biri til o‘rganishning yozma qismiga yetarlicha e`tibor berilmasligi, deb o‘ylayman. Chet tili u yoqda tursin, maktab yoki litseylardagi ona tili darslarini eslasangiz, ko‘pchiligimiz eng yoqtirmagan qism yozma ish, insho, bayon soatlari bo‘lgan. Ikkinchi sabab shuki, ko‘pchilik chet tili o‘rganuvchilari yozma qismga haqsizlarcha ikkinchi yoki uchinchi darajani ajratadilar, birinchi o‘ringa esa og‘zaki kompetensiya qo‘yiladi. O‘rganuvchilar, chet tilida gaplashishni bilsam, shu tilni bilganim hisoblanadi, deb oylaydilar. Vaholangki, bu unchalik to‘g‘ri emas. Istalgan chet tilida, xuddi o‘zbek tilimizdagidek, fikrlarimizni saviyali (savodxonlarcha) ifodalay olish juda muhim. Ba’zi OTMlarning yozma kompetensiyaga alohida e`tibor berishi bejiz emas. Masalan, Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetiga IELTS o‘tish balli 5.5 qilib belgilangan, lekin yozma qismi 5.0 dan past bo‘lmasligi shart.

3. IELTS imtihonlarida 6.0 balldan yuqori to‘play olmaganlarning kamchiligi nimada?

 - Imtihonda 6.0 balldan kam olishning bir necha omillari bor. Bulardan eng asosiysi  - bu imtihonga yetarlicha tayyorgarlik ko‘rilmaganlik. Yuqorida IELTS talabgorning ingliz tilini qanchalik darajada o‘zlashtirganligini ko‘rsatuvchi imtihon ekanligi haqida gapirilgan edi. Biroq imtihon topshiruvchi ingliz tilini qanchallik yaxshi bilmasin, imtihonga kirishdan avval imtihon bilan, qolaversa, imtihon o‘tkazilish jarayoni bilan yaqindan tanishib chiqishi kerak. Va albatta, hayajon – imtihon topshiruvchining eng katta dushmani.

4. Maksimal ball olish mumkinmi o‘zi? Bu  ishni uddalagan odamni bilasizmi?

- Imtihonda maksimal ball 9.0 bo‘lib, sertifikatda har bitta qism natijalari alohida ko‘rsatiladi. Imtihonning ayrim qismlaridan, masalan, tinglash (Listening), o‘qish (Reading), og‘zaki (Speaking) qismlarida maksimal ball olganlarni shaxsan taniyman, lekin umumiy balli 9.0 bo‘lganlarni tanimayman, ko‘rmaganman, shundaylar borligini eshitganman, xolos.

5. IELTS imtihonida 7 ball olish uchun eng muhim 3 ta omil nima, deb o‘ylaysiz?

 - Avvalroq aytganimday, natijalar sertifikatda alohida ko‘rsatiladi. Har bir til o‘rganuvchining kuchli tomoni bo‘ladi, masalan, kimdadir eshitish bilan gapirish qolgan qismlarga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi. Birinchi galda ana shu kuchli tomonini yanada rivojlantirib, shular hisobidan umumiy bahoni ko‘tarishga erishish mumkin. Ikkinchidan, tilni o‘rganish bilan bir qatorda, imtihonga tayyorgarlik ko‘rayotganda aynan imtihonda va tekshiruvchilar (“examinator”lar) imtihon topshiruvchidan nimalar kutishini ham o‘rganib borish kerak. Masalan, javobni bilish yaxshi, albatta, lekin uni aynan tekshiruvchi yoki imtihon mutasaaddilari talab qilganlariday ifodalay olish ham muhim. Oxirgisi esa, bosiqlik. Ham imtihon kuni, ham og‘zaki imtihon kuni hayajon tiniq fikrlashingizga to‘sqinlik qilishiga yo‘l qo‘ymasligingiz kerak.

6.  Tasavvur qiling: men IELTSga tayyorlanmoqchiman. Kuchli o‘qituvchi kerak. Qayerdan topaman, uning kuchliligini qayerdan bilaman?

 - Eng yaxshi yo‘l – “tanish-bilishchilik”. Ya’ni tanigan, bilgan odamingiz tavsiyasiga asoslaning. So‘nggi paytlarda internet e’lonlari orqali, xususan, ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘qituvchi qidirish, fikr almashish ommalashib bormoqda. Qolaversa, o‘qituvchi tanlashda uning aynan IELTS imtihonlariga tayyorlov amaliyoti muddatiga, tayyorlagan o‘quvchilarining natijalariga va o‘qituvchining shaxsiy natijasiga qaraladi.

7. Kamida 6,5 ball olish uchun yo‘q deganda necha oy tayyorlanish kerak? Intensiv o‘rganish uchun o‘quvchidan va o‘qituvchidan nimalar talab qilinadi?

- Juda ko‘p so‘raladigan savol. Aytilganiday, IELTS – til o‘rganuvchining ingliz tilini qay darajada egallaganligining ko‘rsatkichi. 6,5 ball olgan talaba ta’lim ingliz tilida olib boriladigan muhitda qiynalib qolmasligini, o‘qilayotgan leksiyalarni tushuna olishini, berilgan o‘qish yoki yozma vazifalarni bajara olishini, qolaversa, seminarlar va boshqa vaziyatlarda og‘zaki javob bera olishini ko‘rsatadi. Bu darajaga yetish uchun esa hammaga turlicha vaqt ketadi. Ingliz tilini 4-bosqich (Intermediate) yoki, imkoni bo‘lsa, 5-bosqich (Upper-Intermediate) darajasida egallagandan keyin, IELTS imtihoniga tayyorgarlik o‘rtacha 3-4 oy muddat oladi.

8. Xorijiy davlatlar bilim yurtlarida budjet asosida o‘qish huquqini qo‘lga kiritish uchun necha ball olish lozim?

- Ko‘pchilik IELTS tizimi bilan notanish yoki yetarli ma’lumotga ega bo‘lmaganlar “IELTS imtihonida o‘tish balli necha?” – deb so‘rashadi. IELTS imtihonida o‘tish balli yo‘q, o‘tish ballini OTMning o‘zi belgilaydi. Buni belgilashda esa bir necha omillar inobatga olinadi. Masalan, OTM joylashgan davlatda davlat tili ingliz tili bo‘lsa, sal yuqoriroq, davlat tili boshqa til, faqat ta`lim ingliz tilida olib boriladigan OTMlarda esa sal pastroq. Yana qaysi darajada o‘qishni rejalashtirilayotganiga ham qaraladi. Bakalavr darajasiga, odatda, 5,0 – 5,5 ball yetarli bo‘lsa, magistraturaga 6,0–6,5 ball talab etiladi. OTMning reyting saviyasi (prestiji) ham rol o‘ynaydi. Demak, xorijda tahsil olishni istaganlar aynan o‘zlari tanlagan OTMning saytidan bu savolga javob olishlari mumkin.

9. Eng yuqori ball olgan o‘quvchingizning boshqa o‘quvchilaringizdan ustun tomoni nima edi?

- Eng birinchi va eng katta farqi – bu ingliz tilini uzoq vaqtdan beri va qunt bilan jiddiy o‘rganib kelayotganligi. Ba’zan shunday bo‘ladiki, ayrimlar imtihonga ro‘yxatdan o‘tib, pullarini to‘lab, undan keyin ingliz tilini o‘rganishga kirishishadi. Har kuni kelsam, butun vaqtimni shunga ajratsam, 6,0 – 6,5 ball ola olamanmi, deyishadi. Oliy ta’limni ingliz tilida o‘tash niyatida bo‘lganlarga aytardimki, iloji boricha barvaqtroq boshlang tayyorgarlikni. Qisqa muddatda yuqori natijaga erishish imkonsiz.

10. Kimdir kamida 7,0 ballni xohlasa, yana kimgadir 6,0 ball ham kifoya qiladi. IELTSga  tayyorlayotganingizda bu narsani inobatga olasizmi?

– Albatta, har bitta talabaga darslarni o‘ziga mos dastur asosida o‘tishga harakat qilaman. Bunda ularning ingliz tili darajasini, imtihonga qolgan muddatni, tayyorgarlik ko‘rishga ajrata oladigan vaqtini, taqdim etilayotgan materialni qabul qilishi kabi omillar inobatga olinadi. Bundan tashqari, o‘quvchining ko‘nglini ko‘tarish va rag‘batlantirish bilan bir qatorda, uning bilim darajasiga obyektiv va realistik baho berish ham o‘qituvchining vazifasi, deb hisoblayman.

11. Ayrim hamkasblaringizning IELTS o‘qitishdagi qaysi ishlarini to‘g‘ri emas, deb baholaysiz?

- Meni eng hayron qoldiradigan narsa – ba’zi o‘qituvchilarning imtihon natijasiga kafolat berishlari. Axir, imtihon kuni har xil vaziyat bo‘lishi mumkin: o‘quvchining salomatligi, kayfiyati, hayajoni va hokazolar. Dars o‘tilishiga, dars sifatiga kafolat berish mumkin, lekin “Menda o‘qisangiz, 7,0 balldan kam olmasligingizga kafolat beraman” kabi iddaolar marketing uslubi (“маркетинговый ход”) dan boshqa narsa emas, deb hisoblayman.

12. IELTS imtihonlariga POYTAXTda va VILOYATLARda tayyorlanish o‘rtasida qanday farq bor, deb o‘ylaysiz?

- Borgan sayin deyarli hamma materiallar raqamli formatga o‘tkazilayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, so‘nggi paytlarda farq minimallashib bormoqda. Avvallari dars o‘tish va tayyorgarlik ko‘rish uchun materiallar faqat kutubxonalarda va faqat bosma shaklda bo‘lardi. O‘sha paytlar tayyorgarlik qilish uchun imkon poytaxtda bor edi. Hozirgi farq faqat tanlovning kengligida: poytaxtda imtihonga tayyorlaydigan markazlar va o‘qituvchilar soni ancha ko‘p. Lekin bora-bora bu farq ham kamayib borishiga ishonaman.

13. IELTS o‘qituvchisi bo‘lishni istovchi abituriyentlarga maslahatlaringiz.

- IELTS o‘qituvchisi, avvalambor, ingliz tilini yuqori darajada egallagan mutaxassis bo‘lishi, iloji bo‘lsa, mutaxassisligi pedagogika bo‘lishi kerak. Muhimi, o‘zi ham IELTS imtihonini topshirib ko‘rgan bo‘lishi kerak. Umrida banan yeb ko‘rmagan odam boshqa bir banan yeb ko‘rmagan odamga uning ta’mini tushuntirishda qiyinchilikka duch keladi.

So‘ngso‘z o‘rnida: Imtihonga tayyorgarlik ko‘rayotgan barchaga OMAD tilayman! Har qanday savollaringiz bo‘lsa, “ABITURIYENT” gazetasi tahririyati orqali yoki Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “ABITURIYENT gazetasi” guruhi orqali berishingiz mumkin.

http://abituriyent.uz

MIRJALOL изоҳ берди

Kattakon rahmat javobingiz uchun.Yetarlicha javob oldim)

Sanat(Navoiy) изоҳ берди

Katta rahmat ayni shu savollar meni qiynayotgandi !!! RAHMAT

JASURBEK (Qashqadaryo) изоҳ берди

Katta rahmat yetarlicha javob oldim .
ASADBEK жавоб берди 0
ayls topshirgandan sung aytaylik 6 yoki 6.5 bal olsa chetga uqishga ketsa buladimi

Sirojiddin Muhammad изоҳ берди

Chet eldagi o'quv dargohlarga hujjat topshirsangiz bo'ladi.

Сизнинг жавобингиз

Жавобни шошилмасдан, тўғри ва имло хатоларсиз ёзишга ҳаракат қилинг, кириллча ёзсангиз "қ" "ҳ" "ғ" "ў" ҳарфлари билан ёзинг ёки вергул билан ажратиб ёзинг, лотинча ёзсангиз, "sh"ни "w" қилиб ёзманг илтимос!!!
Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.