Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!

Бўй ўстириш учун

Мени бўйим 168 весим 62 бўйимни 2 см га ўстиришни иложи борми айтворилар. ёшим 21 да

4 та жавоб

аноним жавоб берди 0

1-omil — Ovqatlanish.
Oqsilga boy mahsulotlar (qizil go’sht, tuxum va boshqalar), yashil rangdagi sabzavotlar va kalsiy moddasiga boy mahsulotlar(sut va sut mahsulotlari, qatiq va qatiq mahsulotlari, pishloq va hokazo) bolaning bo’yi o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bolaning kundalik ratsionida ushbu mahsulotlar bo’lishi shart.
2-omil — Uxlash.
Albatta har bir bola uxlaydi, lekin bo’y o’sishi uchun shunchaki uxlash emas, balki chuqur uyquda bo’lish kerak. Uyqu 4 fazadan iborat bo’lib, tun mobaynida bu fazalar o’rin almashadi. Ushbu fazalardan biri chuqur uyqu fazasi bo’lib, shu davrda bo’y o’sishi uchun javob beradigan bez faoliyati tezlashib bo’yni o’stiradigan gormon yaxshi ishlab chiqariladi. Natijada bolaning bo’yi o’sadi. Shuning uchun bolaga chuqur uyquda bo’lish uchun sharoit yaratib berish kerak. Kun mobaynida jismoniy aktivlik bunga as qotadi. Kompyuter o’yinlarini o’ynash, televizor ko’rish kabi mashg’ulotlar chuqur uyquda bo’lishga to’sqinlik qiladi.
3-omil — Jismoniy mashg’ulotlar.
Har bir jismoniy mashg’ulot ham bo’yni o’sishiga ta’sir qilmaydi. Lekin jismoniy mashg’ulotlar yeyilayotgan kalsiy moddasini bola organizmiga singishiga yordam berishi haqida unutmaslik kerak. Bo’y o’stirish uchun eng kerakli mashg’ulotlar — bu prigalkada sakrash, batutda sakrash va basketbol o’yinidir. Haftada kamida 5 kun, kamida 30 daqiqa davomida ushbu mashg’ulotlarni bajarish baland bo’yga ega bo’lishga yordam beradi

Beowoolf жавоб берди 0
turnikka tortinish kerek,qoshimcha vitaminlar ichish kerek polijen shunga oxshash aminokislotalar
mr: M√ жавоб берди 0
bo'ym o'sdi 1oyda triovit yedim bo'yim 167sm edi hozirda 171sm man! kuniga 30marta turnik tortindm! yoshim 19da!

Doniyor изоҳ берди

salom do'stim triovit nima u qayerdan olish mumkin ?
Husanboy жавоб берди 0
Koproq sabzini sokivijimalka degan sabzavotlarni suyuni chiqaradigan apparatda sabzini suyini iching shunda foyda beradi

Сизнинг жавобингиз

Жавобни шошилмасдан, тўғри ва имло хатоларсиз ёзишга ҳаракат қилинг, кириллча ёзсангиз "қ" "ҳ" "ғ" "ў" ҳарфлари билан ёзинг ёки вергул билан ажратиб ёзинг, лотинча ёзсангиз, "sh"ни "w" қилиб ёзманг илтимос!!!
Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.