Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!

Kam qonlik haqida

Meni yoshim 28 da. Kam qonlikni qanday tabiy usullar bilan davolash mumkin? Dorilarni hech ham foydasi bo`lmayapti. O’zimda har doim holsizlikni sezaman.

2 та жавоб

ayol.uz жавоб берди 0

Kamqonlik: sabablari, oqibatlari, (uy sharoitida) oldini olish yoxud davolash
Kamqonlik – qonda eritrositlar soni va gemoglobin miqdorining kamayishi bilan xarakterlanadi. Bu kasallikka aksariyat hollarda ayollar va bolalar chalinadilar, chunki ularda temir moddasiga bo’lgan ehtiyoj erkaklarnikiga qaraganda 3-5 barobar yuqori. Ushbu mavzuga to’xtalib o’tishimizning boisi ham shunda.
Qanday sabablar kamqonlikni yuzaga keltiradi?
Temir moddasining yetarli darajada iste’mol qilinmasligi. Qon tizimi yetarli darajadagi temir moddasini qabul qilmasa, gemoglobinning yetarli miqdorini ham ishlab chiqara olmaydi. Malumki, dunyo aholisining 40% i kamqonlik bilan xastalanib, kasallikka chalinganlardan 75%i temir tanqisligi oqibatida yuzaga kelmoqda.
Zaruriy elementlarga boy mahsulotlarni iste’mol qilmaslik, jumladan, B12 vitamini, oqsilning yetishmasligi;
To’satdan yoki surunkasiga qon yo’qotish: ko’p miqdorda va uzoq davom etadigan hayz ko’rish, jarrohlik amaliyotini boshdan kechirish;
Ayollarda ustma-ust tug’ish. Farzandlar orasida 3 yildan kam vaqt bo’lmasligi lozim;
Spiral ishlatganda ham, har oy ko’proq qon ketishi mumkin;
Foydali moddalarning yetarli darajada ichaklarda so’rilmasligi (hazm qilishning buzilishi) yoki aksincha, moddalar parchalanishining ortib ketishi;
Shuningdek, kamqonlik boshqa bir kasalliklar simptomi bo’lishi ham mumkinki, tibbiy tekshiruv natijalariga ko’ragina davo choralarini ko’rish lozim;
Davo choralari ko‘rilmagan taqdirda kamqonlik qanday oqibatlarga olib keladi?
Immunitetni (organizmning kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini) susaytirib yuboradi;
Ayollarning tug‘ruq paytida ko’p qon yo’qotishiga olib keladi;
Kamqonlikka chalingan onalardan tug’ilgan bolalar ham shu xastalikka moyil bo’ladi;
Kamqonlik bolalarning aqliy, nutqiy va jismoniy rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi;
Kamqonlik oqibatida yuzaga kelgan kislorod tanqisligi tanani zaiflashtirib boradi;
Kasallikning og’ir formasida yurak faoliyati tezlashadi, davo choralari ko’rilmasa, yurakka zarba yetishi mumkin.
Uy sharoitida kamqonlikning oldini olish uchun:
1. Temir moddasiga boy ovqatlarni iste’mol qilish lozim (kunlik 15 mg):
Dukkaklilar (loviya, no’xat, mosh) va jo’xori;
Go‘sht va baliq mahsulotlari;
Sabzavot (ayniqsa, qizil sabzi), mevalar va ko‘katlar;
Quruq mevalar: turshak; o‘rik, tut va olxo‘ri qoqilari; yong‘oq, mayiz.
2. Ayniqsa, homilador ayollar odatdagidan ikki barobar ko‘p temir moddasini iste’mol qilishlari lozim;
3. Olxo’rini ko‘p iste’mol qilish qon tarkibida qizil qon tanachalarining ko‘payishiga yordam beradi;
4. Ovqatlanish mobaynida yoki ovqat bilan birga choy yoki qahva iste’mol qilmang, 25-30 minutdan so’ng ichgan ma’qul. Chunki ovqatdagi organizm uchun zarur moddalarni so‘rilmasidanoq parchalab yuboradi;
5. C vitaminiga boy mahsulotlar (apelsin sharbati, na’matakli choy…) temir moddasining organizmga singishiga yordam beradi;
6. Ibn Sino ismaloqni kamqonlikni davolashda ishlatgan: 1 osh qoshiq ismaloq o‘ti yoki barg kukuni 200 gramm suvda 10 minut qaynatilib, tindirib qo‘yiladi. Dokadan suzib, kuniga uch mahal ichiladi;
7. Xalq tabobatida: behining bargi va po‘stlog‘idan qilingan damlama, shuningdek, limono’t bargidan tayyorlangan damlama ham kamqonlikda foydalanadi.
Qadrli ayollar, oila a’zolaringizdan birortasida anemiya belgilari (bosh og’rishi va aylanishi, ishtahasizlik, tez charchash, ko’ngil aynishi, titroq, qo’l-oyoqlarning muzlashi, tana haroratining pastligi, terining och rangga kirishi, tez yurak urishi, nafas olishning og’irlashuvi, ko’krak qafasida og’riqlar paydo bo’lishi) kuzatilsa, tezda shifokor ko’rigidan o’tkazing. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, kamqonlik boshqa bir kasallikning simptomi bo’lishi ham mumkin. Ameniya faqat qon tahlilidan so’ng aniq belgilanadi.
http://www.ayol.uz

nodirbek жавоб берди 0
Qon ko'paytishning tabiiy usuli uy sharoitda yaxshi ovqatlanish kerak masalan kuniga banan va anor qon ko'paytirishga yordam beradi.Molning tili va oyog'idan xalades qilib kuniga ozginadan yeb tursa foydasi juda katta sinab koring sinashdan oldin qon topshirib qonning qay darajada kamligini bilib undan keyin o'sh mahsulotlardan istemol qilib qonni kopayganini bilishi mumkin kami bir oygacha yeyish kerak

Сизнинг жавобингиз

Жавобни шошилмасдан, тўғри ва имло хатоларсиз ёзишга ҳаракат қилинг, кириллча ёзсангиз "қ" "ҳ" "ғ" "ў" ҳарфлари билан ёзинг ёки вергул билан ажратиб ёзинг, лотинча ёзсангиз, "sh"ни "w" қилиб ёзманг илтимос!!!
Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.