Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!

Sochdagi muammo (bit va sirka)

Qizim 1 sinfga maktabga bordi sochi uzun. Maktabga chiqdiyu sochdagi muammoga uchradi. Maslahat bering iltimos. Nima qilsam u hasharotdan qutuladi (bit va sirka)

2 та жавоб

Go`zallik maktabi жавоб берди 0

Bugun deyarli hamma dorixonalarda bitlarga qarshi maxsus vositalar sotiladi. Shuningdek ushbu dorixonalarda siz sirka, ya’ni bit tuxumiga qarshi vositalarni ham sotib olishiz mumkin. Bundan tashqari nafaqat dorixonalarda balki bozorlarda ham mayda tishli maxsus taroqlardan sotib olib, sochingizni shu taroq bilan tez-tez tarab turing. Bunday taroq ayniqsa qalin va uzun sochlar uchun qo’l keladi.
Bit yashin tezligida ko’payib xuddi shu tezlikda tarqaladi. Shu sababdan boshda bit paydo bo’lishi bilan o’zingizni va oila a’zolaringizning har biri uchun bitga qarshi muolaja o’tkazishni orqaga surmang.
Qutulish usullari:
1. 1 stakan vino sirkasini 45 gr osh tuzi qo’shib yaxshilab bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiring va 5 gr spirt qo’shing. Surtishdan oldin boshni yuvib sal quritib olish tavsiya etiladi.
2. Kerosin va o’simlik yog’i bitdan xalos etuvchi eng yaxshi vosita sanaladi. 5 osh qoshiq yog’ga 1 osh qoshiq kerosin aralashtiriladi va boshga suriladi. Bu niqob kechasi boshga suriladi va ertalab turib issiq suv va shampun bilan yuvib tashlanadi.
3. Ishonmaysiz, ammo oddiy perekis vodorodi bitlarni bittada yo’q qilar ekan. Shu sababli mutaxasislar sochlarni bo’yashda tarkibida perekis vodorodli bo’yoqlarni tavsiya qilishadi.
4. 1 dona katta piyozni mayda qilib to’g’rab ustiga ikkita tuxum sarig’i qo’shib aralashtiring. Tayyor bo’lgan niqobni 2 soatga bosh terisiga surib qo’yib, so’ngra yuvib tashlang.
Bitlardan to’liq xalos bo’lganizdan keyin oradan bir oy o’tib oldin o’tkazgan muolajangizni takrorlang. Bu muolaja sochda parazitlarning yana paydo bo’lishini oldini oladi.
Bitlar bilan bo’lgan jangdan keyin uydagi hamma ko’rpa to’shaklar jildini va gilamlarni yuvib chiqing. Taroqlarni bir muddat qaynoq suvga solib qo’ying. Bu harakatiz bilan bitlar sizni bezovta qilishini oldini olgan bo’lasiz.
Bit haqida 5 ta fakt:
— Bit 1 sutkada 10 marta urug’ qo’yadi.
— Bit sakramaydi va uchishni bilmaydi
— Ular o’rtacha hisoblaganda 28-30 kun yashashadi
— Inson tanasidan tashqarida 3 kun umr ko’radi
— Bit 20 gradusdan past haroratda o’z-o’zidan halok bo’ladi
Go`zallik maktabi

Nodira жавоб берди 0
Salom vodorod peroksidan qanday foydalaniladi.

Сизнинг жавобингиз

Жавобни шошилмасдан, тўғри ва имло хатоларсиз ёзишга ҳаракат қилинг, кириллча ёзсангиз "қ" "ҳ" "ғ" "ў" ҳарфлари билан ёзинг ёки вергул билан ажратиб ёзинг, лотинча ёзсангиз, "sh"ни "w" қилиб ёзманг илтимос!!!
Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.