Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!

Ko’rish qobiliyati

Ko’rish qibilyati (zreniyani qayta tiklasa bo’ladimi? Unchalik past emas biroq 1 -ko’zim ikkinchisiga qaraganda yomon ko’radi. Buning uchun nimalar qilish kerak?Javob uchun oldindan raxmat.

1 та жавоб

Xabardor.uz жавоб берди 0

Ko’zlar uchun gimnastikaning Norbekovcha yo’li
Ko’rish qobiliyatini tiklashning Norbekovcha usuli. Uning sharofati bilan minglab odamlar ko’zoynak nimaligini unitishgan!
Bu mashqlar ko’rish qobiliyatini tiklashga yordam beradi va ko’z mushaklariga kuch-quvvat taqdim etadi. Ko’zoynak taqishga shoshilmang!
Mirzakarim Norbekov — dunyodagi minglab odamlarning ko’rish qobiliyati tiklanib, ko’zoynak nimaligini unitishga sababchi bo’lgan inson. Uning usulidagi asosiy printsip o’zini kuchsiz, kasalmand, o’ziga ishonchi yo’q inson, deb hisoblaydigan fikrlardan psixologik forig’ bo’lishdir. Biroq bu mexanizm faqat o’z-o’zini ishontirishdangina iborat emas. Norbekov, shuningdek, uzoqni va yaqinni ko’ra olmaslik, astigmatizmni davolash jarayonida ajoyib natija ko’rsatuvchi bir qancha mashqlarni ishlab chiqargan.
Ko’rish qobiliyatini tiklash uchun Norbekovcha mashqlarni bajarar ekansiz, qaddingizni tek tutishingiz lozim: elkalar yoyilgan, bel tik, labda tabassum va ibojiy his-tuyg’ular bilan bajarilishi kerak.
Ko’rish qobiliyatini yaxshilash uchun 1-mashq
Boshingizni orqaga tashlamasdan tekis tuting. Ko’zlaringizni tepaga qarating (shiftga), uning harakatini hayolan davom ettiring. Peshonadan to’g’ri tepaga.
Ko’rish qobiliyatini yaxshilash uchun 2-mashq
Yana boshingizni tekis ushlab, ko’zingizni pastga qarating va nigohingiz harakatini hayolan iyagingiz tomon davom ettiring.
Ko’rish qobiliyatini yaxshilash uchun 3-mashq
Nigohingizni chap tomonga, chap qulog’ingiz orqali o’tkazing.
Nigohingizni o’ng tomonga, o’ng qulog’ingiz orqali o’tkazing.
Ko’rish qobiliyatini yaxshilash uchun 4-mashq – “Kapalak”
Ushbu mashqni bajarayotganda boshning qimirlamayotganiga alohida e’tibor qarating, faqat ko’zni harakatlantiring. Ko’z mushaklariga ortiqcha zo’r bermang va iloji boricha ko’zlaringiz yopiq holatda kattaroq hajmdagi rasmni yaratishga harakat qiling.
Ko’z harakatining ketma-ketligi: pastgi chap burchak – yuqorigi o’ng burchak – pastgi o’ng burchak – yuqorigi chap burchak.
So’ngra mashqni teskari tartibda bajaring: pastgi o’ng burchak – yuqorigi chap burchak — pastgi chap burchak – yuqorigi o’ng burchak.
Shundan so’ng ko’z va qovoqlarni bo’shashtiring. Ko’zlaringizni tez va engilgina ochib yoping.
Ko’rish qobiliyatini yaxshilash uchun 5-mashq – “Sakkizlik”
Tavsiya qilinayotgan ushbu mashq “Kapalak” mashqiga o’xshab ketadi. Ko’zlaringizni yumib, ko’z olmasi bilan sakkiz raqamini chizing. Rasmni iloji boricha kattaroq chizishga, ko’z mushaklarini maksimal tarzda harakatlantirishga e’tibor bering. Navbatma-navbat harakatlar dastlab bir tomonga, so’ngra boshqa tomonga bo’lish lozim. Bu mashqning so’nggida ham ko’zlarni engilgina ochib yumish kerak.
Ko’rish qobiliyatini yaxshilash uchun 6-mashq
Bu mashq ko’z olmasining qiya mushaklari uchun bo’lib, unda yon tomon ko’rish qobiliyatini rivojlantirish xususiyati mavjud. Mashq uzoqni yaxshi ko’ra olmaslik holatlarida tavsiya qilinadi.
Mashq hech nima halaqit qilmasligi va diqqatni tortmasligi uchun tinch joyda bajarilishi kerak.
Nigohingizni burningiz uchiga qarating. Oldingizga qo’l barmog’ingizni qo’yingda, unga qarang va asta-sekin nigohingizni uzmasdan uni burningizga olib keling. Keyin engilgina nigoh bilan old tomonga qarang. YOn tomondagi predmetlarni eslab qoling, ammo ko’zingizni harakatantirmang!
Keyin galma-gal almashtiring:
Burun uchiga, keyin old tomonga, so’ng yon tomonlarga nigohni uzmasdan qarang. Burun uchiga qarang, keyin – oldinga va yonga. Qoshlar orasiga qarash, keyin oldingga va yonga nigohni uzmasdan qarash.
Har bir yo’nalishni 7-8 martadan bajaring.
Nigoh bir nuqtadan ikkinchisiga bir tekisda o’tishiga e’tibor bering. Mashqlarni ko’zni engil ochib yopish bilan davom ettiring. Ko’tarinki kayfiyat sizga hamrohlik qilsin!
Ko’rish qobiliyatini yaxshilash uchun 7-mashq
Qo’lning ko’rsatkich barmoqlarini burningizga olib keling va nigohingizni ular tutashgan nuqtaga qarating. Keyin asta-sekin barmoqlarni gorizontal tarzda ikki yonga harakatlantiring: o’ng ko’z o’ng qo’lning ko’rsatkich barmog’iga, chapi esa chap qo’lning ko’rsatkich barmog’iga qaratilsin. Ko’zingizni ikki yonga harakatlantirmang, faqatgina yon tomon nigohidan foydalaning! Bu mashqni bir necha marta bajaring. Orada ko’zlarga tanaffus berishni ham unutmang!
Ko’rish qobiliyatini yaxshilash uchun 8-mashq
Boshni qimirlatmasdan, ko’z bilan aylana harakatlar qiling. Oldingizda katta raqamli soat turganini tasavvur qiling (yaxshisi tilla rangda bo’lsin), so’ngra ko’zni sekinlik bilan soat strelkasi bo’ylab, so’ngra teskarisiga harakatlantiring. Nigoh harakatlanayotganiga soat ichidagi sonlarga sinchiklab qarang.
Ko’zni bir tekisda harakatlantiring, bo’linishlar bo’lmasin. Bir mashqdan ikkinchisiga o’tar ekansiz aylanishlar o’lchamini kattalashtiring. Mashqni ko’z ochiq holatda, tepaga qarab ham bajaring. Keyin ushbu mashqni qaytarsa bo’ladi, faqat yopiq ko’z bilan. Bunday mashg’ulot ko’z gavharini massaj qilish xususiyatiga ega.
Norbekov bu mashqlarni uch bosqichda bajarishni tavsiya etadi: birinchi bosqich – mashqlarni ochiq ko’z bilan bajarish, so’ngra yopiq ko’z bilan, uchinchi bosqich – hayolan takrorlash.
Ko’zoynagingizdan butunlay qutilishni istasangiz, mashqlarni bajarib ko’ring. Yuzdagi tabassum va yaxshi kayfiyat haqida ham unutib qo’ymang!
Manbaa: Xabardor.uz

farrux изоҳ берди

KATTA RAXMAT

Сизнинг жавобингиз

Жавобни шошилмасдан, тўғри ва имло хатоларсиз ёзишга ҳаракат қилинг, кириллча ёзсангиз "қ" "ҳ" "ғ" "ў" ҳарфлари билан ёзинг ёки вергул билан ажратиб ёзинг, лотинча ёзсангиз, "sh"ни "w" қилиб ёзманг илтимос!!!
Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.