Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!

Oq doglarni ketkizish tugrisida

Manda 2 chi tug'ruqdan song 4 oyiga qarab tanamning bazi joylarida oq dog'lar paydo bulib qoldi, buning sababi nimadan qanday qilib asil holatiga keltirsa buladi maslahat bering iltimos.

1 та жавоб

darakchi.uz жавоб берди 0

OQ DOG'LARNI DAVOLASHNING YANGI USULI HAQIDA ESHITGANMISIZ?
Bugungi kunda teridagi oq dog'lar — vitiligo kasalligini davolashda yangi usul — melanositar transplantasiya ishlab chiqildi. Bu borada bizga Respublika ixtisoslashtirilgan dermotologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, dermotokosmetologiya bo'limi mudiri Bobur Toirov ma'lumot berdi.
— Cuhbatimiz avvalida vitiligo kasalligi va uning kelib chiqishi omillari to'g'risida to'xtalsak.
— VITILIGO teridagi chegarasi aniq bo'lgan oq dog'lar bo'lib, teridagi melanosit hujayralarining zararlanishi (melanositlar – teri hujayralari bo'lib, teriga rang beruvchi melanin pigmentini ishlab chiqaradi) xisobiga paydo bo'ladi. Vitiligo tananing har qanday soxasida paydo bo'lishi mumkin. Vitiligo paydo bo'lishining aniq sabablari (melanositlarning halokati) haligacha ma'lum emas. Ayni vaqtda autoimmun kasallik sifatida qaralmoqda.
— Kasallik tug'ma vujudga kelishi ham mumkinmi?
— Yo'q, vitiligo tug'ma bo'lmaydi.
— Ayni paytda kasallikni qanday davolash usullari mavjud?
— Hozircha viligoning davosi butunlay topildi deb ayta olmaymiz. Chunki kasallikni davolash yuzasidan hali ilmiy izlanishlar davom etmoqda. Vitiligoni davolashdagi barcha terapevtik, konservativ (dori vositalari, fizioterapevtik muolajalar) davo usullari har doim ham kutilgan natijani beravermaydi. Hozirgi vaqtda kasallikni tarqalishini oldini oladigan, yoki bo'lmasa kelajakda chiqmasligini ta'minlaydigan dori vositasi yo'q. Bundan tashqari, bugungi kunda xalq tabobatida ham aynan vitiligoni davolashga qaratilgan samarali davolash usuli mavjud emas. Yuqorida keltirilgan terapevtik davoni kamchiliklari sababli, jarroxlik usuli ishlab chiqilgan bo'lib amaliyotga tadbiq etildi va ko'p holatlarda yaxshi samara bermoqda. Jarrohlik davo usuli bu, bemorning sog'lom teri sohasidan terining eng ustki qavati, ya'ni epidermis qavati olinib, epidermis ichidan maxsus zamonaviy yuqori texnologik usul va apparatlar yordamida melanosit hujayralari ajratilib bemorning oq dog' sohasiga ko'chirib o'tkaziladi. Bu teri ko'chirish amaliyoti emas, balki teriga rang beruvchi hujayralar, ya'ni melanosit hujayralarini ko'chirishdir. Ushbu usul tananing har qanday soxasidagi, ya'ni yuzdagi, qovoqlardagi, qo'l-oyoqlardagi, badandagi, hattoki jinsiy a'zolardagi oq dog'larni ham davolashda yaxshi samara beradi.Bu davo usuli MDHda faqatgina O'zbekistonda yo'lga qo'yilgan.
— Ushbu kasallikka duchor bo'lgan hamyurtlarimiz davolanish uchun qaerga murojaat etishlari kerak?
— Ushbu kasallik yuzasidan Respublika dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga murojaat etishlari mumkin.
— Kasallikning yuqumlilik holatlari aniqlanganmi?
— Yo'q, vitiligo kasalligi yuqmaydi.
— Oq dog' kasalligi butun tana bo'ylab tarqalganda uni davolash juda qiyin kecharkan. Bunda bemor oila a'zolari, yoki yot kishining melonosit hujayrasini ko'chirib o'tkazish maqsadga muvofiqmi?
— Yo'q, mumkin emas. Sababi, boshqa organizmdan olingan melanosit hujayralari bemor organizmi uchun yot xisoblanadi va uni organizm qabul qilmaydi.
Melanositar transplantasiya to'g'risida chuqurroq to'xtalib o'tsangiz?
— Oq dog' ya'ni vitiligo kasalligi zamirida epidermisda joylashgan melanosit hujayralarini zararlanishi (halokati) yotib, uning natijasida melanin pigmentini ishlab chiqarilishi to'xtaydi va terida oqarish yuzaga keladi. Melanositar transplantasiya usuli yordamida oqargan soxaga sog'lom hujayralar ko'chirib o'tqaziladi. Terining eng usti qavatidan olingan 1 sm2 maydondagi epidermis va undan ajratib olingan melanosit hujayralari, teridagi kasallangan 10sm2 oq dog' soxasiga ko'chirib o'tqazish uchun etarli bo'ladi.
Ushbu davolash usulining ustunligi shundaki, tananing barcha soxasidagi oq dog'larni davolash mumkin (yuz, bosh, bo'yin, tana, qo'l, oyoq, qovoqlar, jinsiy a'zo terisi).Ko'chirib o'tqazilgan oq dog' soxasida 2 oydan 6 oygacha bo'lgan muddatda davo samaradorligi kuzatiladi. Segmentar va chegaralangan vitiligo tashxisli bemorlar ushbu davo usuli uchun yaqqol ko'rsatma xisoblanadi.Melanositar transplantasiya — vitiligoni davolashdagi jarrohlik usullari orasida eng yangi bo'lib, barqaror holatdagi vitiligo va kuyishdan keyingi (issiqlik yoki lazerdan kuyish) depigment dog'larni davolashda qo'llaniladi.
— Melanositar transplantasiya muolajasini qanday bemorlarda amalga oshirish mumkin?
— Melanositar transplantasiya qilishga ko'rsatma bo'lgan bemorlarning ikkita toifasi mavjud: a) kuyishdan keyingi qolgan oq dog'lar (issiqlik yoki lazerdan kuyish)
b) Vitiligo bilan kasallanganlar, tarqalmagan, chegaralangan, hamda eng kamida 6 oy davomida barqaror (o'zgsharmas) holatda bo'lishi lozim bo'ladi.
— Vitiligoni istalgan yoshda ham jarrohlik usuli bilan davolash mumkinmi?
— Mumkin. Ko'p hollarda yosh bolalarni o'n uch, ba'zan o'n yoshdan keyin ham muolaja qilish mumkin. Ammo o'n yoshdan kichik bemorlar muolaja qilinmaydi.
— Jarrohlik usuli bilan davolashning bemor uchun belgilangan narxlari haqida to'xtalib o'tsangiz?
— Bemorning terisidagi oq dog'larning tarqalganlik darajasi, oq dog'larning katta kichikligiga qarab jarrohlik usuli bilan davolash narxlari bemor bilan kelishilgan holda aniqlanadi. Bemor terisini ko'zdan kechirmay turib, uni davolash narxlari aytilmaydi. Masalan, teri bo'ylab tarqalgan oq dog'larni davolashda, shuningdek, faqat yuz yoki qo'l sohasini davolash bemorga turlicha yondoshiladi. Shunga qarab davolash narxlari belgilanadi.
http://www.darakchi.uz

Сизнинг жавобингиз

Жавобни шошилмасдан, тўғри ва имло хатоларсиз ёзишга ҳаракат қилинг, кириллча ёзсангиз "қ" "ҳ" "ғ" "ў" ҳарфлари билан ёзинг ёки вергул билан ажратиб ёзинг, лотинча ёзсангиз, "sh"ни "w" қилиб ёзманг илтимос!!!
Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.