Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!

-1овоз

Hozirda zamonaviy o`gil bolalar ismlariga qaysilar kirishi mumkin?

Shohista изоҳ берди

Javoxir, Shoxruh

15 та жавоб

Sabina жавоб берди 198
Zamonga qarabmas ma'no mazmuniga qarab ism tanlash kere. Manimcha hozir hamma islomiy ismla qòyishvoti. Muhammad, Umar, Yusuf, Abubakir, Abdulloh, Abduboriy shu ismla sizga misol.

Oddiy inson изоҳ берди

Сабинахон гапингиз тўғри Лекин замон ўзгармайди Одамлар ўзгариши мумкин
Zilola. жавоб берди 50
Masalan biz bolamizni shifokor bo'lishini niyat qilib USMON deb ism qo'ydik. Bolaning kelajagiga ham tasiri katta deb o'yliman. Shunga etibor bersila balki yaxshidur. Yana modadagilardan misollar; Sardor, Hondamir,Asilbek, Jasur singari ismla bogchalarda juda ko'p.
Oddiy inson жавоб берди 550
Хар бир  ота она фарзандига чиройли исм қўйишни хохлайди Ота оналар фарзанди юрагиниг бир қисми бўлганидан  туғилмасиданоқ яхши исмларни  танлаб қўйишга интиладилар. Фарзанд ота онанинг  бахтидир  Унинг чиройли исмлар билан чақирилиши  мақсадга мувофиқдир . Чунки фарзандингиз исми чиройли маъноли бўлса нур устига нурдир   қиёмат кунида шу исмлари билан чақириладилар дейилган. Баъзи ота оналар  замонавий деб  хар хил маъносини билмасаларда  чиройли эшитилса бўлди деб тушунмаган холатда  қўяверадилар   айниқса хинд актери исмини  Шохрух деб хинд фильми  сериаллардаги қизни исмини Ишани деб  қизларга   Брус ли ўғил болаларга  деб ва хоказо  Баъзи вилоятларда  исм экан  деб  Бозор бой  Болтавой  Тешавой  Эшмат  Тошмат   Панжи    хатто Поччахон исмни хам эшитганман. Сиз фарзандингизга  Абдурахмон маъноси   ўта мехрибон Аллохнинг бандаси   Анвар маъноси нурли бола     Алишер  маъноси шердек жасур бола   Жалолиддин  маъноси диннинг улуғлиги   Комрон  маъноси толъе порлоқ   Нуруллох маъноси диннинг нури   ва хоказо  Исмлар жуда хам кўпдир   яхши  чиройли маъноли исмлар қўйишга нима етсин  . Бу менинг фикрим.
Abduhamid жавоб берди 50

Zamonaviy ismla qanaqaligini bilmadimu lekin tekin ismlar roýhatiga 1-bo'lib Aziz bilan Madina kirsa kerecheekyHazil

Genius изоҳ берди

xaxaxa yaxshi gap bo'ldi.
Genius жавоб берди 420
Birinchidan ismning zamonaviysi bo'midi! Mashhur yoki taniqli ismlar bo'lishi mumkin.

Ikkinchidan ismni siz o'zingizga yoqqanini albatta ma'nosiga qarab qo'yasiz.
Murod жавоб берди 0
Hozir eng zamonaviy kop qoyilayotgan uzbek ismlari- Messi, Ronaldo, Jumong, Brusli, Ishani, Esmeralda,........
аноним жавоб берди 0
Bir kishi ogil farzand kordi. Domlani oldiga dunyodagi eng chiroyli hech kimda yo bitta ism topib berishini soradi. Domla MUHAMMAD qoyin eng chiroyli ism deb maslahat berdi. U kishi yo bu ism kop aytilgan. Manga dunyoda hech kimda yo ism topib berin deganda domla FIRAVN qoyin hecg kimda yo db jovob qildi. :-)
Muslima жавоб берди 0
Zamonga emas, manoga qarab qo'yiladi. Islomiy ism qo'yilsa chiroyli bo'ladi. Lekin zamonaviy is diyabsiz, shu xammada bir hil ism bo'lsa g'alati. Qanaqadir hechkimga ohshamagan ism qo'yish kerak. A tak zamonaviy ismlardan Sardor, Rasul, Shoxrux, Aziz, Begzod, Umid, Shoxruz, Ali, Jahongir, Javohir....

Muxsina изоҳ берди

аноним жаноблари, o'zimla kazyollik qilib beraman,deng....
Muxsina жавоб берди 170
Subhan Alloh Zamonaviy deyilsa forscha, o'zbekcha umuman arabcha,islomiy bo'lmagan ismlar nazarda tutiladi,degani emas. Nega odamlar islomiy ilmni "eskicha" deyishadi,deb o'ylansam, asli bu qon-qonga singib ketgan ekanda... Birodarlar islox qilaylik o'zimizni! Islomga oid xech bir narsa eskilik emas, Zamonaviylik asli diniy omillarku!

Zamonaviy degani, modadagi degani. xozir modada arabcha ismlar qo'yilyapti. Negaki arab tili dunyodagi ikki qadimiy va mukammal grammatik asoslarga qurilgan tillardan biri. Bu tildagi ismning ma'nosi juda ham go'zal va mukammal bo'lganligini odamlar yaqin 10 yildan tushunib yetganlaridan beri islomiy ismlar ommalashmoqda. Oddiy misol qilib aytsam O'zbekcha ism MALIKA ko'ringanidek ma'nosi malika degani. Ajnabiy tilda aytadigan bo'lsak  prinsessa. Mana endi arabcha o'zimi ismim MUXSINA bu ism Asmoil Husna ismlaridan biri. Qur'onda adashmasam 36 joyda zikr etilgan. Arab tili bo'yicha taxlil qiladigan bo'lsak 1xasana(go'zallik) hamda 2.axsana(exson) o'zaklaridan tashkil topgan. 1Go'zal, go'zallashtiruvchi, chiroyli amal qilguvchi;2exson qiluvchi.Ikki o'zakni bir qilkadigan bo'lsak, istiloxda: Allohni ko'rib turgandek go'zal amal qilguvchi(exson qilguvchi),ma'nosini beradi. Men sizga arabcha ism ma'nosi va arabcha  bo'lmagan  ism ma'nosini soliishtirib berdim. Va bundan maqsadim, nima uchun islomiy arabcha ismlar  ZAMONAVIYLASHGANI va MODADALIGINI aniqlashtirib berishga xarakat qildim. Yuqorida aytib o'tilgan Sardor Bexruz Umid ismlari ham o'ziga yarasha go'zal va ma'noga ega. Lekin ular allaqachon modadan qoldi. Xozirgi kunda umuman dindan uzoq bo'lgan hamyurtlarimiz ham arabcha ismlarni tanlashyapti,sababi esa kundek ravshan.

 

Maslaxat sifatida eng zamonaviy ismlar :Muhammad(va mana shu ismga birlashgan Muhammadsaid...., (Abd(qul)ga qo'shilgan Asmoil Husna :Abduloh, Abdurrohman, AbdulBosit va boshqalar: Abbos, Umar  Mustafo, Ali va hakazolarni bemalol aytib o'tishim mumkin.

Ps.savol berilganiga ancha muddat o'tgan bo'lsa ham, javob tanlangan bo'lsa ham, javob berishga majbur bo'lganim uchun, uzur aytaman.
Sardorbek жавоб берди 0
Manimcha bula Sardorbek, Shohruz, Shoxrux, Behzod shunga o'xshagan ismlar
Hamida жавоб берди 0
Harun yahyo usoma imron Umar Muhammad Abdulaziz Halid chiroyli ism Manga yoqadi
Maftuna жавоб берди 0
Maftuna ismini manosi
Koroleva жавоб берди 0
Meni farzandimi tushimda bir nuroniy ogilligigacha yuz korinishigacha korsatib MUHAMMADdek YUSUF paygambarlaridek gozal deb chaqirib bergan. xomiladorligimi bilganimizdan keyin vaqt otib haqatan ogil farzand tugildi hamma tushida aytgan ismni qoyilar deb shu ismni qoydirishgan. Lekin meniyam zamonaviy 4-5 harfdan kop bolmagan ism qoygim kelardi.Masalan: Sulton, Umar, Asad, Sufyon, Firdavs menga judayam yoqaredi
Gayrat жавоб берди 0
Daler Dunyo Imron Fayoz Xalid Samir
sanjar жавоб берди 0
S harfiga oid ismlar bildirsaiz iltimos. Ma'nosi aqilli,dono,epchil,bilimdon,zukko,ziyrak,solix-solixa,din xizmatida bo'ladigan, buyuklarning buyugi, olloh nazari tushgan, insofli,diyonatli,dunyo qarashi keng bo'lgan, manaviy boy bolishligi, o'tkir ko'z, o'kir til, o'tkir tish bolishligi uzoqni kora oladigan shunday xislatlarga ega bolgan og'l bola ismlar aytsangiz iltimos.

Сизнинг жавобингиз

Жавобни шошилмасдан, тўғри ва имло хатоларсиз ёзишга ҳаракат қилинг, кириллча ёзсангиз "қ" "ҳ" "ғ" "ў" ҳарфлари билан ёзинг ёки вергул билан ажратиб ёзинг, лотинча ёзсангиз, "sh"ни "w" қилиб ёзманг илтимос!!!
Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.