Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!

Qaynonamning ko’ngliga yo’l topolmayapman.

Yoshim 21 da. 1 yil oldin turmushga chiqqanman. Qaynonamning ko’ngliga yo’l topolmadim. Shu 1 yilni ichida 3-4 marta ota-onamnikiga ketdim. Turmush o’rtog’im bilan bir birimizni yaxshi ko’ramiz. Nima qilsam bo’ladi?

Abdusattor изоҳ берди

Bu maslani erkak kishi hal qilgani ma'qul. Siz yo'l topishga harakat qilavering. Lekin eringiz ona tomonini hal qilishi kerak.

Doc изоҳ берди

Erkak kishi o'zini chetga olsa nima qilish kerak?

Ihlos изоҳ берди

So'zning ta'siri kuchli, chiroyli muomalangiz bilan qaynonangizni ko'nglini ololasiz. Astoydil xohlang, ishoning. Ko'rasiz mo'jiza bo'ladi. Yillar o'tib orqaga qaraganda afsuslanmaydigan qaror chiqarish kerak. Inson kimnidir o'zgartirmoqchi bo'lsa avvalo o'z xulqini o'zgartirishdan boshlashi kerak!

Dildor изоҳ берди

Erimni yaxshi kôraman lekin uning uyidagilari ya'ni qaynonam va qautib kelgan qayni singlim har xil gap sôzlari tufayli uyga qaytib keldim. Ôrtada farzand bôlmagamligi tufayli sud 3 oy muhlat berdi. Lekin erim uyda mazam bôlmay yotganimda bir marta ham kelib xabar olmadila. Ula qanaqadir befarqli qivotila oilamizni saqlashga.  Uydegilari mani yomon kôrsatib qôyishgan oldin boshqacha edilar. Ularni yaxshi kôraman lekin erim qaror qiboganman deyaptilar. Nima qilsamikin?

4 та жавоб

Маслахатим жавоб берди 0
Қайнонангиз айтганларини қилинг, шунда яхши бўлади. Сиз севган инсонингиз онасини ҳурматини қилинг, тилингиз ширин бўлсин, бир мартани ўрнига икки марта "ойижон" денг. Феълингизни ўзгартирасиз қайтар дунё, дейди. Қайнонангизга, ўзингизга Оллоҳдан сабр, инсоф сўранг, Оллоҳ билгувчи. Дуоларингиз қабул бўлсин, бахтингизни, тахтингизни берсин.
Sunny жавоб берди 0

Bu narsaga faqat o’ziz chek qo’ya olasiz!!! Eringizga aytibham o’tirmang u nima ham qila oladi chunki bir tomonda Ona boshqa tomonda Umr yo’ldoshi???!!! Siz yaxshisi sabr qiling va qanaqa so’z aytsaham Qaynonangiz ho’p!!!. Eringizga qanaqa mehir qilsangiz Qaynona va Qaynotangizga ham o’shandek mehirda bo’ling chunki Ular siz sevgan Umr yo’ldoshingizni Ota,Onasi.

Zilola. жавоб берди 50
Salom ikkalamiz tengdosh ekanmiz! Lekin men uch yil avval turmushga chiqqanman. Onam manga qaynonang yomon bo'lgan taqdirda ham yomonlamagin deb doim barchasiga yaxshi tomondan baho ber deb uqtirardila. Hudoga shukur oilam tinch yaqinda ikkinchi farzandim tuguldi! Asosiysi shunday erni sizga tarbiyalab odobli,xotini seva oladigan qilib farzandini bergan ayol aslida oqila mehribon unga rahmatni ko'proq ayting!Eringizga onasidan qarzini uzishiga,jannatni orzu qilishiga yordam bering!
Savriddin жавоб берди 0
Hech qachon nima bo`lganda ham otangizni uyiga bora ko`rmang. Gina kudrat qila ko`rmang. Sizga faqat bir maslahat mening fikrimcha baxtli oilaga ega bo`lmoqchimisiz FAQAT SABR qiling!

Сизнинг жавобингиз

Жавобни шошилмасдан, тўғри ва имло хатоларсиз ёзишга ҳаракат қилинг, кириллча ёзсангиз "қ" "ҳ" "ғ" "ў" ҳарфлари билан ёзинг ёки вергул билан ажратиб ёзинг, лотинча ёзсангиз, "sh"ни "w" қилиб ёзманг илтимос!!!
Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.