Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!
белги билан ёпилган: Етарликча жавоблар берилди!!!

13 та жавоб

Bakhtiyor Sheraliev жавоб берди 870
Haqiqatdan ham bugungi kunda vazn yig’ish uchun sportchilar yoki havaskor sportchilar tomonidan siz aytgan mahsulotlar doimiy ravishda qabul qilinadi. Aksariyat holatlarda aminokislotalar va proteinlar qabul qilinadi. Bu so’zlar ilmiy tilda aytilgani bizga begonadek tuyiladi, lekin aslida biz ularga har kuni, har soat duch kelamiz. Protein degani bu o’zbek tilidagi oqsil so’zining fandagi nomi hisoblanadi.
Oqsillar ikki xil bo’ladi: proteinlar (oddiy oqsillar) va proteidlar (murakkab oqsillar). Oqsil aminokislotalardan tashkil topgan bo’ladi. Soddaroq tilda tushuntiradigan bo’lsam, oqsilni bir zanjir deb tasavvur qilsak, uning har bir halqasi bu aminokislotalardir. Bu ikkisi alohida alohida narsa emas. Odam organizmi shunday tuzilganki, oqsilni biz qaysi ko’rinishda iste’mol qilishimizdan qat’iy nazar ovqat hazm qilish yo’lida proteaza degan fermentlar guruhi ishtirokida ular aminokislotalargacha parchalanadi, ya’ni ichrakiga ovqat ko’rinishida kirgan zanjir halqa halqa ko’rinishida uzib chiqiladi.
Shundan so’ng aminokislotalar ichak devoridan qon tomirlariga so’rilib organizmning shu aminokislotaga muhtoj qilgan qismiga yetkaziladi. Yetkazilgan aminokislota hujayra ichiga kiradi va aynan odam uchun zarur bo’lgan oqsil qaytadan hosil qilinadi, ya’ni halqalardan qaytadan zanjir yasaladi. Bu jarayon oqsil biosintezi deb ataladi. Odam organizmi faqat shu taxlitda ish olib boradi. Endi savol tug’iladi, odam tabiiy ravishda shu mahsulotlarni qabul qilar ekan, nega ularni yana qo’shimcha tarzda qabul qilishi kerak. Bunga biroz ilmiyroq tarzda javob berishga to’g’ri keladi.
Odam organizmi bir kecha kunduzda o’rtacha (o’rta yoshli odamda) 100-120 g oqsilga ehtiyoj sezadi, bu o’sha organizmning kundalik ish-harakatini energiya bilan ta’minlash uchun sarflanadi. Lekin dunyo bo’yicha olib borilgan ilmiy kuzatuvlarda bu ko’rsatkich 50-60 g ga ham yetmaydi. aksariyat holatlarda biz oqsil mavjud bo’lmagan mahsulotlarni iste’mol qilamiz. Bundan tashqari oqsil tarkibida jami 22 ta aminokislota bo’lsa, shundan 11 tasini odam organizmni o’zi mustaqiil holatda hosil qila oladi, qolgan 11 tasini esa o’zi mustaqil holatda hosil qila olmaydi, uni tashqaridan qabul qilishi shart, ovqat ko’rinishida. Agar bu aminokislotalar organizmga kirmasa jiddiy kasalliklar bo’y ko’rsata boshlaydi.
Endi sportchilar qabul qiladigan aminokislotalarga to’xtalamiz. Bugun bozor ayni sohada sportchilarda yuzdan ortiq assortimentni taklif qiladi, lekin ularning aksariyatida tarkib bir xil bo’ladi. Jumladan, ularning eng mashhurlaridan BCAA ni ko’rsatish mumkin. Uning tarkibida Valin, Leysin, Izoleysin degan aminokislotalar bo’lib, bu mushak tolalarining (miofibrilla) asosini tashkil qiluvchi (40-60%) aminokislotalar hisoblanadi, odam organizmi bu aminokislotalarni mustaqil hosil qila olmaydi va tashqaridan qabul qilishga majbur.
Sportchilar qabul qiladigan protein bilan aminokislotalarning farqi shundaki, proteinlar nisbatan arzon, chunki organizm ularni qayta ishlashi uchun vaqt sarflaydi. Aminokislotalar esa nisbatan qimmat, chunki ular organizmga tushgach qonga tez so’riladi va mushak hujayrasida oqsil biosintezini tezlashtirib tezroq massa yig’ishga yordam beradi. Me’yoridan ortiqcha (peredozirovka) qabul qilinganda qanday ta’sir qiladi degan savol tug’ilishi tabiiy! Bunga jam javob beraman, aminokislotalar yoki proteinlarni ortiqcha qabul qilinganda odam organizmga deyarli hech qanday salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. Unutmang, oqsil va aminokislotalar qabul qilgan vaqtda Siz hech qachon oz muddatda semirib yoki vazningiz ortib qolmaydi, bu sizning doimiy va aniq sport mashg’ulotlari (trenirovka) bilan shug’ullanishingizga bevosita bog’liqdir.
Biz eshitgan salbiy holatlar oqsil va aminokislotalar ta’siri ostida emas, balki gormonlar ta’sirida kelib chiqadi. Odam organizmida bunday gormonlar tabiiy ravishda hosil bo’ladi, lekin ularning miqdori gramning milliondan bir ulushiga to’g’ri keladi, lekin sportchilar qabul qiladigan miqdor bundan ortiqroq bo’lib, ular tez fursatda mushak to’qimasining hajman ortishiga sabab bo’ladi. Salbiy tomonlari sifatida shuni ko’rsatish mumkinki, bu gormonlar birinchi navbatda jinsiy sistema ishini to’xtatadi.
Tushunarliroq qilishga harakat qilaman. Odam organizmida jinsiy faoliyatni boshqaradigan bir nechta jinsiy gormonlar mavjud, masalan, androgenlar, tireotrop, testeron va boshqalar, lekin bola yoshligida uning organizmidan ishlab chiqariladigan o’sishni ta’minlovchi garmonlar organizmni o’sishini ta’minlash bilan birga jinsiy sistema ishini to’xtatib turadi, odam 20-25 yoshga yetgach o’sishni ta’minlovchi gormonlar funksiyasi pasayadi va jinsiy gormonlar o’z ta’sirini namoyon qila boshlaydi. Endi o’zingiz tushunib olishingiz mumkin. Ikkinchi salbiy tomoni, gormonlar bilan «ishirilgan» mushaklar shug;ullanmay qolgandan keyin yoki gormonlar ta’siri pasaygach osilib xunuk ko’rinishga keladi. Gormonlar iste’mol qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashish SHART!!! Ularni o’z holicha qabul qilish mumkin emas.

Antiterror изоҳ берди

To'liq malumot berilipti RAXMAT!

Rasul изоҳ берди

Judayam chiroyli javob bo'ldi raxmat

Shaxzod изоҳ берди

Rahmat to'liq javob boldi men ham istemol qilmoqchi edim endi kerak emas ekan rahmat
эркин жавоб берди 0
Фойдасиям, зарариям бор
Abdusattor жавоб берди 325
Protein bu ozuqa, jismoniy quvvat beradi. Uni turli tumanlar bor ichishdan avval shifokor tavsiyasin olishingiz kerak. orginali qimmat turadi
Rahmatali жавоб берди 0
Protain sozi oqsil digan manoni bildiradi. Uni zarari yoq narsa vaqtida ovqatlanmagan paytiz u shu oqatlanmagan paytizzi quvvatini tanezga berip turadi. Trenerizzi korsatmasiga qarap ichin. Uniyam xillari judayam kop faqat amerikanskiysini ichin bowqalari uncha foyda bermiydi.
Javohirbek жавоб берди 0
Zarari yo'q aksincha foydali lekin har xil turlari bor
Murad жавоб берди 0
Oqsillar, proteinlar — hamma tirik mavjudotlar tarkibiga kiradigan murakkab, azot tutuvchi organik moddalar. O. tirik materiyaning tuzilishida, shuningdek, uning hayot faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Hujayra tarkibida bir necha ming xil O. mavjud boʻlib, ularning har biri maʼlum bir vazifani bajaradi. Shuning uchun ular proteinlar (yun. protos — birinchi, eng muhim) deb ataladi. O. hujayra quruq vaznining 3/4 qismini tashkil etadi.

Maʼlumki, hamma organizmlarning O.i, ularning har xil biologik faolligidan katʼi nazar, bir xil 20 ta standart aminokislotadan tashkil topgan boʻlib, bu kislotalar alohida hech qanday biologik faollikka ega emas. O.ning birbiridan kimyoviy farqi, ulardagi aminokislotalarning ketma-ketligiga bogʻliq. Aminokislotalar oqsil tuzilmasining alifbosi boʻlib, ularni turli tartibda biriktirib, cheksiz sondagi ketma-ketliklarni, yaʼni cheksiz miqdordagi har xil oqsillarni olish mumkin. Mas, har bir tur organizmda bir necha ming xil O. mavjud boʻlib, ular turlarining soni 10 mln. atrofida. Matematik izlanishlar shuni koʻrsatadiki, 20 ta aminokislotadan hosil boʻlishi mumkin boʻlgan O. izomerlarining ogʻirligi Yer shari ogʻirligidan ogʻirroq boʻlar ekan.

O. makromolekulalar boʻlib, ularning mol. m.si bir necha mingdan bir necha mln.ga teng . O. molekulasining qurilish ashyosi sifatida a-aminokislotalar xizmat qiladi. a-aminokislotaning bir uglerod atomiga (a-uglerod atomi) ami-noguruh va karboksil guruh birikadi.

O.da 20 ta a-aminokislota uchraydi, ular bir-biridan R-guruhi bilan farq qiladi, u gidrofil yoki gidrofob, asosli, kislotali yoki neytral boʻli-shi mumkin.

O.dagi aminokislotalar bir-biri bilan peptid bogʻlari, yaʼni amid bogʻlari bilan birikkan, bu bogʻ bir aminokislota a-karboksil qoldigʻining ikkinchi aminokislota a-aminoguruxli qoldigʻi bilan bogʻlanishi hisobiga hosil boʻladi. Shu koʻrinishda tuzilgan polimerlar peptidlar deb ataladi, di-, tri-, tetra- va q.k. deb nomlangan old qoʻshimchalar, molekula tarkibidagi aminokislota qoldiklari soniga bogʻliq, mas, dipeptidda 2 ta qoldiq, tripeptidda — uchta qoldiq va boshqa Uncha katta boʻlmagan aminopeptidlardan farqli oʻlaroq, polipeptidlar 20 yoki undan ortiq (oqsil tabiatiga koʻra, taxminan 50 tadan 2500 tagacha) aminokislota qoldiqlari tutadi.

O.da ketma-ket joylashgan aminokislota qoldiqlari uzun zanjirni yoki O.ning birlamchi tuzilmasini tashkil etadi. Oʻz navbatida, O.ning har xil joyida joylashgan aminokislota qoldiqlari tarkibidagi kimyoviy moddalar oʻzaro har xil boglar bilan bogʻlanishi natijasida O.ning murakkab ikkilamchi, uchlamchi va toʻrtlamchi tuzilmalari qosil boʻladi. Yuqorituzilishdagi tuzilmalar fizik va kimyoviy omillar (yukrri harorat, kislota, ishqor va boshqalar) taʼsirida quyi tuzilishdagi shakllarga qaytadi (bu hodisa O. denaturatsiyasi deb ataladi), natijada ular oʻz biologik faolligini yoʻqotadi. Ammo ayrim hollarda ta-shqi taʼsir yoʻqotilsa, O. yuqori koʻrinishdagi shakllariga qaytadi.

O. tuzilishi va vazifalari boʻyicha xilma-xil. Tuzilishiga koʻra, 2 katta guruhga boʻlish mumkin: globulyar va fibrillyar. Globulyar O., asosan, sferik yoki ellips shaklida boʻlib, ular tarkibiga boshqa guruh moddalar ham qoʻshilgan (prostetik guruh). Mac, gemoglobin globin va gemning qoʻshil-masidan hosil boʻlgan, shuning uchun uni yana gemoproteid deb ham atashadi. Lipid tutuvchi O. lipoproteidlar, uglevod tutuvchilar — glikoproteidlar, metall tutuvchilar — metall proteidlar deyiladi.

Fibrillyar O. — bir yoki bir necha polipeptid zanjirdan tashkil topgan moddalar. Ular uzun ip koʻri-nishida boʻladi. Biriktiruvchi toʻqima (aktin, miozin, kollagen), soch, teri (a-keratin) O.i bunga misol boʻla oladi. Fibrillyar O., asosan, qurilish ashyosi yoki himoya vazifasini bajaradi.

O.ning biologik vazifalari boʻyicha kuyidagi tasnifi mavjud: fermentlar (tripsin, ribonukleaza), tashuvchi O. (gemoglobin, zardob albumini, mioglobin), oziq-ovqat va zaxira O.i (tuxum albumini, sutdagi kazein, ferritin), qisqaruvchi va harakat O.i (aktin, miozin), tuzilma O.i (kollagen, proteoglikanlar, kreatin), himoya O.i (antitelolar, fibrinogen, trombin, ilon zahari, boʻgʻma qoʻzgʻatuvchisining toksini), nazorat qiluvchi O. (insulin, kortikotropin, oʻsish gormoni) va boshqa

O.ni ajratib olish, ulardagi aminokislota qoldiklarini aniqlashda kimyo va molekulyar biol. fanlarining usullaridan (dializ, gelfiltratsiya, elektroforez, xromatografiya, sekve-natsiya va boshqalar) foydalaniladi
абдуг'ани жавоб берди 0
Про'теини хархили бор веска ва мускул ко'тарадигани о'зизга кераклисини олин зарари ёк, белгиланган мейорда ичаверасиз протеин имунитедни котаради арганизмни бакуват килади .

fattox изоҳ берди

bez protain ham shugillansa boladi. faqat tartib va sabr
jamshid жавоб берди 0
protain uzbekchada oqsil degani demak oqsilga boy mahsulot mol gushti va bug'doy

mol gushti qimmat. demak bug'doy yaxshi varyant.

toza bugdoyni qizg'ish qilib qovriladi keyin sovutilib undek maydalab ichiga novvotni ham tabga qarab undek maydalab solib aralashtiriladi

bugdoy yirik bulmasligi kerak. eng oxirida issiq sut yoki choy bilan aralshtirib 10 daqiqa kutiladi.

mana bizni tabiiy toza protainimiz tayyor kunuga 100gr yetadi kup yesngiz medaga tegadi.foydasini 3-kundan sezasiz

undan kura sutga novot solib non turab yesam bumaydimi deb uylasangiz adashasiz! bugdoyni un holatiga keltirish uchun kuydirib kepagini olishadi malumki kepak bilan har hil vitaminlar birga kuyib ketadi.bu sinalgan usul qadimdan bobolarimiz ruzada shuni yeb kunni utqazgan. juda tuq tutadi.

siz tayyorlab yeb kuring foydasini sezsangiz iloji busa shu yerga yozib quying

onanizm bilan shug'ullanadiganlar uchun tavsiya qilmayman asbobni turg'azib yuboradi. juda kuchli ozuqa

Bakhtiyor Sheraliev изоҳ берди

Bug'doy tarkibidagi siz aytgan modda aslo oqsil emas, bu kraxmal, ya'ni polisaxarid uglevod. Javob yozishda ehtiyot bo'laylik!

Antiterror изоҳ берди

Malumotlar uchun katta RAXMAT!
zoxidbek жавоб берди 0
Men protain istemol qilmoqchiman qanaqasidan tafsiya qilasiz maslaxat bering
Wizard жавоб берди 0
Uy sharoitida shug"ullanish qiyin masala.Agar sizda Vaqt.Pul.Sabr va albatta Protain bo"lsa albatta Fitnesga borishingizni maslahat beraman.
Bekzod жавоб берди 0
Men xam Protin istemol qilmoqchiman Magazinda ko'rdim xar xil nomdagi Protinlar bor ekan Iltmos biladigan odam javob bersin qaysi nomdagi Protinni istemol qilsam bo'ladi va zarari yo'qmi Uy Sharoitida shug'ulansam foydasi bo'ladmi

leo-man изоҳ берди

pratein juda zarari katta!!! hech qachon istemol qilmanglar ! bir yarim yil fitnesda trenirofka qilinglar albatta foydasiyam zur zarariyam yuq ham mushaklaringizham katta boladi har kuni 1 soatdan kup shugulanmanglar yugurishdan keyin 40-50 minut undan ziyot emas oldin trenirofka qiling keyin ovqat mevalar foydali sabzavotlar yeying keyin foydasi boladi !
S жавоб берди 0
Protein Nima uchun iste'mol qilmoqchisiz? Avval O'ziz o'ylab ko'ring Sizga Massa kerakmi? Yo relef ili boshqa narsa shunga yarasha Qo'shimcha pitaniya tavsiya qilinadi Hech narsadan hech narsa Uni iste'mol qilib bo'lmaydi

Umid изоҳ берди

Masa kerak
Qatan olishni maslahat berasiz
Hamid жавоб берди 0
Hic nima qimiydi gazini bosish kerak. Faqat nima mumkunmas bilasizmi. Doping, stroit i garmonlar qoganlari pratainlar, amino kislatalari ziyoni yuq. Raz trenirofka qilishni holadizmi trenir bn qiling. Uziz bilganca ili ubu kimdan surab notug'ri qilib trenerofkani, ayibni pratainga tunkamaizlar.

Шахбоз изоҳ берди

protaeinni (Whey) (oqsil)  zarari yuq
uni har hil turi bor olishdan oldin uni sifatli ekanliginli tekishirib oling.
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.