Ассалому алайкум, Сиз Maslahatim.uz сайти орқали маслаҳат сўрашингиз ва маслаҳат беришингиз мумкин!

Ajrashish haqida

Mani yoshim 20da qaynanami ko’ngliga yo’l topolmayman, hozir ota-onamniikidaman, erim bilan bir birimizi sevamiz, lekin shu qaynanami tinimsiz janjalaridan keyin erim ajrashamiz deyapti, qancha yalinsam ham ajrashishni holayapti nima qilay?

Маслахатим изоҳ берди

Аёл эри рози болса жаннатга киради эркак онасини рози килса жаннатга киради кайнонангиз билан яхши болсез узизи келиниз хам яхши болади йош экансиз ажрашманг кайнонангиз бл келишинг

RAVSHANBEK изоҳ берди

singlim erizga hiyonat qimaganmisiz
белги билан ёпилган: Етарликча жавоблар берилди!!!

19 та жавоб

Abdusattor жавоб берди 335

Eringiz masuliyatsiz ekan. Lekin bu savolni minglab odam o’qisa ham maslahat berishga qo’rqadi. Bu sizning hayotingiz. Hozir kimnidur ahmoqona maslahat bn bir oila buzulib ketadi. Bolalar tirik yetim qoladi. Eriz yaxshi bo’lsa aslo ajrashmang. Qaynona kim u 2 yoshni hayotiga aralashadigan. Shaxsan men bunday qaynonalarni juda qoralayman. Maslahatim ajrashmang.

Dinara изоҳ берди

Togrisi ozbekistonda umuman turmush qurish haqida hech narsa bilmasdan oila qurishadi.Meni shahsiy fikrim er hotin qaynona yoki qarindoshlari bn bir uyda yashamasligi kk.Turmush qurishga qudrati yetib aqli kamol topgan erkak ozi uylanishga qaror berishi kk.ota onasi qiz topib qani uylanish yoshing otti falon.Qaysi asrda yashayapmiz.qaynonalar diktatordek uyni bollarini hatto kelinlarini kontrol qilishda davom etsa bunday voqealar bolaveradi.Shuning uchun erkak kishi ishli maoshli oilasini taminlaydigan bolmaguncha uylanmasin.uylanishdan oldin alohida chiqsin kiraga bolsayam shunda kelin kuyov bir birlarini tanib olishga vaqtlari boladi.qaynonani yonida kelin kiyov oz hayotlarini yashay olmaydi .chet elda gech kim ota onasi bn birga turmaydi uylangach.bu norma.meni notogri tushunmanglar ota onaga qarash holidan habar olish kk.lekin shahsiy hayotini ota onasi bolsa ham aralashib kontrol qilishiga ruhsat bermaslik kk.Qiz va erkakning shahsiy fikrlari bolishi kk.ota onasi nima desa qilaverafimi bola degan.ahir ota onalar farishta emaski ular ham hato qiladi.
Sirojiddin Muhammad жавоб берди 2149

Синглим, сабри бўлинг, эрингизга айтинг, онасини сизларни ажратишга ҳаққи йўқ, эрингиз онасини деб ажрашмасин, акс ҳолда бунга бир куни пушаймон бўлади, эр дегани тарози бўлиши керак, уёққаҳам буёққаҳам кетиб қолмаслиги керак, адолат билан муамоларни бартараф қилиши керак, осонгина ажралиб қутулиш бу номарднинг иши, онаси ва сиўни ўртангизни ислоҳ қилиши керак, онасига гапи ўтадида одамлардан ёрдам сўрасин… ёш оила бузилиб кетмаслиги керак…

аноним изоҳ берди

хечким нима болайотганини кормаган бу келинни гапи холос. балки кайнонани асоси бордир бунга хусусан мени хайотим хам бузилган хотиним жуда андишасиз еди онамга корс момила киларди коз олдимда кормагунимча онамга карши бордим охири АЛЛОХ козимми очди ва к блан ажрашдиш етарли асослар билан.

Sirojiddin Muhammad изоҳ берди

Чакки иш қилипсиз. Аёлингизни тарбия қилишингиз керак эди. Сиз эркаксиз. Аёлни тан махрамликка олгансиз. Масъулиятни ўз бойнизга олгансиз. Тўйгача икки кўзни очиб ҳаракат қилиб яхшилаб суруштириб солиҳасига уйланиш керак. Тўйдан кейин агар камчиликлари бўлса сабр қилиб ўша камчиликларини тўғирлашиз ва тарбия беришингиз керак. Динимизда оилада хотиндан ёмонлик чиқса тарбиялаш бўйича жудаям чиройли ечим берган.  Биринчиси ВАЗ-НАСИҲАТ қилиш. Иккинчиси тўшакни алоҳида қилиш,  яқинлашмаслик ва умуман муомила қилмаслик. Ундаям тўғирланмаса доқ пўписа йўли қилиб, бирор жойини майиб қилмаган холда, бошига урмай, қаттиқ жароҳат қилмай сал туртиб уриш керак. Ундаям тўғирланмаса ўзиз томондан бир вакил хотин томондан яъни хотинни онасини ё бирор қариндошидан вакил тайинлаб муаммони бартараф қилишга ҳаракат қилиш керак. Ўша вакиллар ажрашишдан бошқа чора йўқ деб яхдил фикр айтишса ана ундан кейин ажрашишга ҳаракат қилиб. Бир ражиъ талоқ қилиш керак. Ражиъ талоқда хотинни иддаси чиққунича у хотин эрни уйида яшайди. Эрига яқинлашмай бегонадай. Бу 1 ё 2 ой давом этади. Шу вақт ичида эрҳам хотинҳам кўнгли сал юмшаб ажрашиш фикридан қайтиш эҳтимоли бўлади.  Агар шундаям ўзгарилмаса боин талоқга айланиб тўлақонли ажралишади шаръий. Кейин қонуний ажрашишга ҳаракат бошлаш керак. Бундаям суд муддат бериб чўзади. Бундаям оила сақланиб қолиб яна тикланиш эҳтимоли бўлади.
Оила муқаддас, осонгина ажрашмаслик керак.
А34 жавоб берди 0

Эрингизни чиндан севсангиз бориб кайнонангиздан кечирим суранг, эризгамас кайнонангизга ялиниб куринг, кунглига йул топишга урининг. Сиз хам аёлсизку ахир. Эркак киши ёмон эр булишни ёмон фарзанд булишдан устунрок куради. Агар онасини эритсангиз эрингизни хам кунгли эриб сизни купрок севишни бошлаши мумкин

Muhabbat изоҳ берди

Shu fikirga 100%qoshilaman.

Ramz изоҳ берди

man ham Shu fikirga 100%qoshilaman.

Shamik изоҳ берди

Gap yuq donishmand

Q12q1 изоҳ берди

Yashavor, Xaqiqat

Diyora изоҳ берди

Qayog'da ming martalab aybsiz bo'lib kechirim so'rasa ham foydasi yoq.Hudo jazosini bersin bundey qaynonalarni.Meni qaynonam ham hudoni tanomiydigan iblislardan.
аноним жавоб берди 0
Ассолом алейкум синглим. Агар сиз кайнонангизни топа олмасангиз келин булишга нолойиксиз. Эгилинг бошингиз ерга теккинча. Албатта максадингизга эришисиз.

***** изоҳ берди

astaghfirullah,astaghfirullah, astaghfirullah ASLO UNDAY QILIB BO'LMAYDI. Musulmon odam Allohdan boshqa hech kimga ruku yoki sajda miqdorida egilishi mumkin emas !!!

Q12q1 изоҳ берди

Qadrli *****  foydalanuvchi oylashimcha anonim foydalanuvchisi "Эгилинг бошингиз ерга теккинча" deganda unga ibodat yohud togri manoda sajda/ruku qiliw emas. Balki qaynonaning yumushlariga, aytgan sozlariga rozilik va shirinsozlikni nazarda tutgan. Qaynonangiz Islom man etmagan biror yumush aytsa hammasini so'zsiz va o'z ornida ado qiling manosida aytilgan(mening fikrim)

Siroj изоҳ берди

Nega shuncha oilalar tinch yashayapti.
Chunki ular kattaga xop bo'ladi deyishadida. Til bilan sevdiring kelinlar
Района жавоб берди 0
Хозирги еш келинлар кайнонани тилини тушунмайди келинлар шундай булсинки кайнона уришгани гап ьополмай колсин уша кайнонани угли бн яшаяпсизми уни онасини хурматини жойига куйинн кайнона кайнаб туради угилни катта килиб ма деб сизга тпшлаб куймайди ойижон ойижон деб оек кулини укаланг бошини укаланг овкат пишириклар килиб кунглига йул топинг узбекчасига илон булиб пинжига киринг ана кейин курасиз натижасини

Shavkatbek изоҳ берди

ээээээ саломат булинг-е. бор экан-ку аёллар орасида ҳам шундай фикрлайдиганлари.
аноним жавоб берди 0
Hamma dardga da'vo vaqt. Taqdir yo'liz bir bo'lsa qaynonangiz ham boshqasi ham hech narsa qilolmaydi. Ollohga tavakkal qiling. Biz uchun nima hayrliligini olloh o'zi bilguvchi zotdir. Hayrlisini berishi ni so'rang. Agar ajrashsangiz aslo g'amga botmang undan yaxshini taqdir qilgan bo'lsa ne ajab. Alloh mehribon va rahimli zotdir. Allohdan aslo umidingizni uzmang. Hali hayot oldinda.

Азизахон изоҳ берди

Рахмат шу жавобингизга,  сиз канча харакат килсангиз хам кайнонангиз шуни хохлайотган булса барибир максадига эришади,  эрингиз барибир унинг угли,  Оллохга куйиб беринг,  сархисобини Узи килади
qobilbek жавоб берди 0
Singlim qarsak ikki qo'ldan deganlaridek sizni ham o'zingizga yarasha ayblariz bordurki qaynonaiz ajratmoqchi. Avval ko'p o'ylab ko'rib ayblarizni tuzating keyin qaynonaizdan o'pkalaysiz? Qaynonaiz ham qaynona bo'lib shu yoshga yetgunicha kelin bo'b qaynonasini raiga qarab aytganini qigan.
KOROLEVA жавоб берди 0
Xammelarni fikrilar ozilari dunyo qarshizdan kelib chiqib. Masalan men ogir bosiqman hayotta qaynam xushchaqchaq ayol bazan xazillarini tushunme kulsa hayron bobqolardim oyijon oyijon qilishniyam bilmasdim. Meni sodda kelinimdan aylane deb boshiga qoygan mana xozir xuddi qaynamga oxwabam kettim. Osha yosh vaqtlarimda sovuq bome olsin oyijon qimedi konglimi omedi deb hafa bob janjal chqarmaganlar. U qaynasini ozidan bu qizam yosh ekan hali urish janjal qime qizim qizim qilib ob yursa qolipiga tushib huddi qaynaside fikrledigan konglini biladgan bobketadi buning uchun VAQT kere

Азизахон изоҳ берди

Тугри опа,  хозр факат кайноналар хак дейдиган замон булмаяпти
Dddd жавоб берди 0
Boshiga tushmagan odam maslahat bervuradi sizga. Zamonga qarab qaynona bo'lish kere, hozir zamon boshqa, qaynonala kelin bo'gan zamon boshqa bo'gan. Qaynonala hich qachon kelinni qizide ko'rmidi . Qaynonala hizmatkordemas, Shuyam bironi qizi , naslimmi dovom etiruvchi shaxs dib qarash kere. Bazi kelinla tug'midi nimaga ? Darrov kelindan ayb topishadi. Bilishmidiki kelinni siqishvotkanni.

Muyassat изоҳ берди

Nikoxni bekor qilishda bir Tomon rozi bolmasa xam Nikox bekor qiliniwi mumkinmi
malish жавоб берди 0
Odamlagayam hayronsan. Boshiz yerga tekkuncha hizmat qilin dip yozishipti. Hotin qaysi birini qisin? Eriga qarasinmi, qaynonasigami yo bolasigami yo ro'zg'orgami? Hozirgi erlayam hotinim chidap o'tiradi dip o'zi ko'chaga qochadi. Kere bo'sa onasi nohaqmi nohaqligini etishi kere, undan tashqari shariatimizda kelin qaynonasini hizmatini qilish kere digan joy yoq. Qaynona yaxshi bo'sa kelinam yaxshi bo'ladi

Klara изоҳ берди

Menam ajrawyapan qaynonam tufayli erim bilanam kelishomadik onasini gapiga kirib ko'p kaltaklardi ming lanat shu qaynonalarga axr yaxwi qaynonalar xam borku nimaga ayrimlari ilon bo'lishadi

dinara изоҳ берди

Yashang.kelinlar hizmatkor emas.buni er ham qaynona ham tushinib yetishi kk.lekin afsuski toyniyam uy rozgorniyam qaynona qaynota qiladi bizda shunchun erni tili qisiq.onasi nima desa qiladi.chunku bizda bollarni lapashang qib ulgaytirishadi.uyni onam oberadi toyni onam qibberadi.qizniyam ula topadi.tovba bu ogillar hech narsa qimidi.shunchun qaynna nima desa ogli darrov oyijon deb hotinini urib sokishga tushadi.yana bizda televizorda nuqul ota ona rozi qilmasang jannatga kirolmisan degan faqat ota onaga itoattan bahs qilishadi.Iymon namoz roza Allohni tanish mavzulari qob diniy korsatuvlaram faqat ota onaga itoat erga itoattan bahsetadi.Ahir ayollar odammasmi.ajrashsayam hotinni pastkashlar onasini uyiga bollari bn hech vaqosiz quvib soladi.ayollar bechoralaram darrov onasinikiga ketadi.shulayam erkakmi.umuman turmush qurishdan oldin kelishuv hujjati qilish kk.mol mulk ajrimi bola bolsa nima qiladi falon fiston.Bizda bu kelishuvni qilishdan or qilishadiyu lekin kelinni bollari bn ojizani quvib solishga or qilishmidi.shunchunam ayollar rassiyada turkiyada uy joy qilaman bollarga qariman deb yomon yollarga kirib ketyapti.bunga er qaynona aybdor hatto ayolni himoya qiladigan qonunlar bolmagani uchun davlat ham aybdor.
Zuhrob жавоб берди 0
Erizi oldida o'zizi becharahol qib ko'rsatishi maslahat beraman. Erga qattiq gapirib hich narsaga erishib bomasligini o'zimdan bilaman. Onasini yomonlashiyam noto'riligiga amin bo'ldim
Lili жавоб берди 0
Assalomu alekum,menda ham shunga o'xshash vaziyat,qaynonam ikkita qaytib kelgan qaynigichlarim tinmay janjal qiladi,ikki nafar farzandim bor,yoshim 28da,6yil kelishishga xarakat qildim,nuqul kamsitishar edi,turmush urtogimni jonimdan ortiq yaxwi kuraman,ular ham,ammo yashasang shu sharoit yashamasang uch taloqsan dedilar,xozir onamning uyidaman,uzim oliy malumotliman,hech kelishib bulmayapti,xatto ogir oyoqlik paytim dopposlashgacha borishgan,bunday insonlarga qanday qayta kungil quyish mn? Sevgan insonimni yoqotgim yoq,farzandlarim tinmay otasini suraydi,,,

Sirojiddin Muhammad изоҳ берди

Агар фарзандларизни эрингизни ўйласангиз қайтиб боришизга ва сабр қилишизга тўғри келади. Кейин намоз ўқинг, Аллоҳга дуолар қилинг. Оилангизга тинчлик офият беришини сўранг. Ҳамма нарса Аллоҳ ни қўлида.

Q12q1 изоҳ берди

Qadrli Lili Sirojiddin Muhammad so'zlari haqiqat.
Siz kelin xotin va ona bir soz bn AYOLSIZ. Sizni qaynona va qaynisingillariz qiynaganiga aslo shak shubxa qila olmayman. Siz ham bir narsani tuwuning Eringiz onasini tanlabdi va sizga wart qoyibdi. Buni tan oliw qiyin bolsada bu qaror oriyatli er kiwini qarori. Unga ham osson emas ikki emas naq uch olov ortasida yonayapti. U erkak ko'z yowini hec kimga korsatmaydi. Lekin sizni oylab tunlari yostigingizni quchoqlab yiglab ciqiwi aniq. Har safar iwadan kelganida bolalaringizni soginib kiyimlarini oyinchoqlarini hidlab yuradi. U bn wirin otkazgan damlaringizni eslang. Uni qoynida erib ketar darajada baxtiyor paytlaringizni eslang. Wu damlar haqqi hurmati ularni qaytariw ucuna ham QAYTING. Axir kuni bn qaynonangiz oldida bolsangiz ham tunda Muhabbatingiz bagrida orom olasizku. Xudoyim sizga kunda 16 soat sinov bergani bn 8 soat haqiqiy rohat beribdiku. Naxotki sevganingizni soginmadingiz? Naxotki uni yana bir bor bagringizga bosingiz kelmaapti? Siz   muhabbatingiz ucun jon bera olasizmi? Naxot sevgingiz qaynonangizni kaltagidan kucsiz bolsa?
Siz onasiz. Siz qaynona qaynisingilaringizni kaltaklariga ciday olasiz lekin bolalaringiz tirik yetimlik balosiga ciday oliwmaydi. Bir kun kelib qaynisingillariz erga ham tegib ketar. qaynonangiz oziga ham keb qolar. oziga kelmasa ham hec kim abadiy yawamaydi oldin kega oldin ketar. Shu bilan siz qutulib qolarsiz. Lekin bolalaringiz umrini oxirigaca yetimlik tamgasidan qutulmaydi.
Sizga bularni aql orgatiw ucun yozmadim. Oz bowimdan otgani ucun yozdm. Men ham huddi sizning eringiz kabi olov icidaman. Siz ucun er bolsa u qaynonangiz ucun u bola. Har bir bola onasiga talpinganidek er ham ulgayganidan keyin ham onasidan vos kecha olmaydi. Wuni tuwuning.
Neki bo'lsa Alohdan, kuch ham iroda ham Allohniki.

dinara изоҳ берди

Endi qonun chiqyapti uy joy qib bermasa ajrasholmidi.sizni u uydan haydashga haqqi yoq.propiskagiz osha uyda bolsa kimni nomida bolsayam oshatta yashashga haqqiz bor.ketib qolmang.erizga odamga ohshab tushintiring.Meni taloq qilishga or qilmaysan 2 farzand bn lekin onangni hatosi deb ajrashishga or qilmisan .deng.ayrim chiqib kirada yashashni taklif qiling.ajrashishga uyalmisan lekin kiraga yashashga uyalasanmi deng.dinimizda onaga itoat qilish kk lekin nohaq joyda itoat qilmasa gunoh munoh bolmidi.ahir bir oila buzilsa arsh larzaga keladiku.nahot ona roziligi deb oila buzilsa.bu juda qoloqlik
Sherzod жавоб берди 0
salom mani xotinimam shu mamoda xozir onasinikida exxx ayollar dumoglarigni buncha balat tutmaglar

erga tegdim enni er meniki xoxlaganimdek yashayman deb uylamaglar ona muqadas ona topilmaydi

biz erkaklae 100 xatto 1000 marta xotin olishimiz mumkin lekin ona topa olmaymiz onani otasini qadirlagan

xurmat qilgan kelin eri bilannam yaxshi baxtli yashaydi maslaxatim kelinligigizni qilig xech bir ona uz bolasiga yomonlik

ravo kurmaydi

Улугбек изоҳ берди

100 % qo'shilaman

аноним изоҳ берди

San vabshe gapirma uyatsiz
Dilara жавоб берди 0
Jon singlim. Manam 15 yil oldin huddi sizdek holatga tushganman. Qaynonam ustimdan kulish, qiynash uchun uyda umuman ish qolmaganidan tomni cherdagigacha tozalatib, artirardi. Erim "ket qiynalib ketding, mani pichoqsiz suyma, yoqol deb urishishgacha bordi. Hammasiga qaynonam aytganlaridek "bezbetligim" sabab chidadim. Endichi endi?? Oradan 15 yil otdi. Mana oyim bn DUGONA bb qoldik. Mani maslahatimsiz hatto biror joyga boromiydilar. Biror joyga chiqsam tinimsiz tel qungiroqlar... Ovsinim kelgach, (3yil buldi) umuman manga biglanib qoldi. Erimku mani boshida kutaradi. Oyimni yaxshi kuraman...ammo bazan utmishda qolgan asablaru, daryo daryo kuz yoshlarga achinaman. Qaror sizdan... Bahtli buling

Aziza изоҳ берди

Sizdan Alloh rozi bo‘lsin,ko‘zlarimga yosh keldi!Alloh sabringizga yarasha mukofotlasin

Q12q1 изоҳ берди

Dilara siz qahramonsiz.
sh жавоб берди 0
Mandayam shu muammo 1yosh o'g'lim bilan onamnikida o'tiribman 3marta ket dib kuchaga sudradila qaynonamning gaplarini ko'tara olmay... kimga ham yoqadi ishdan charchap keganda xotinin undo xotinin bundo dib turishsa... ovsunim bilan birga turamiz ovsunim ancha yosh qushkelin edik... ovsunimni ozlari topib yalinib kelin qilganlari uchunmi uni hamma qiliqlarini kutarganlar... man erim bn sinfdoshmiz sevishib oila qildik... lekin sizzi yoqtirmiman mosmasiz oglimga dib betimga etardila...
lazokat жавоб берди 0
Singlim hamma narsani ilojisi bor qaynonezi ko'nglini olin bir kun ulayam tushinarla notog'ri qiganlarini hali yosh ekansiz balki o'zizdayam qaynonezlaga yoqmidigan tomonlariz bordir o'ylap ko'rishizi maslahat beraman ulani yo'qotib shirin so'zizni ayamen o'zizi onezlaga qiyos qilin ulayam ona siz sevgan insoni shuncha yil tarbiya qilganla. Muhimi turmush o'rtogiz sizi yahwi ko'rarkanla, shunichunam hammasiga sabrli bo'lishiz kk. Shunaqa ayolla bor erini bir og'iz wirin so'ziga etiboriga zor bo'lgan uni o'rniga faqat yomon munosabat ko'radigan yoki bollarini o'ylab hiyonatkor er bilanam chidab yashavotganla bor unga qaynonasiyam qo'shilib turadigan. Shunaqamasligiga shukr qilin ajrashish notog'ri.
Alisher I M M жавоб берди 200
Ko'pni ko'rgan va yoshi kattalarni o'rtaga qo'shish kerak.

Ikki tomonlama kelishish kerak. Qaynonayizni fikrini o'zgartirish uchun domlalarmi yoki boshqalarni elchi qilish kerak

manimcha foydasi bo'ladi!
халим жавоб берди 0
Ассалому адайкум азиз юртдошлар маниям бошимга оилавий муаммолар тушяпти хоззир хотиним 15 кундан бери онасиникида оддий нарсаларга хам кетамам сиз бн яшаамиман деган гапларни куп гапиради хотинимни жуда яхши кураман икки угилчамизми бор кайнонам бир куни менга мен сизи суйиб куёв кимаганман деди хатто сенсираб уйидан хайдади хотинимни олиб кетишимга йул куймади шу кунларда яна уришиб колдик хотиним хам кайнонам кайнотам хам енди ажрашасидар биттадан болани булишиб оласилар дейишяпти лекин мен уччовидан хам ажралгим келмайди.

Sirojiddin Muhammad изоҳ берди

Ака аёлизни ота онасини оилангизни бузишга умуман хаққи йўқ. Аёлиз билан яширинча учрашиб гаплашинг. Тушунтиринг. Севишизт айтинг. Ўтган дамларни эслатинг. Кўнглига қайта йўл топинг. Агар аёлиз рози бўлса қайтишга. Марра сизники. Аёлиз яшайдиган маҳалла оқсоқолини, ўзиз яшайдиган маҳалла оқсоқилини. Отангизни. Ва шахриздаги биронта катарроқ масжидни ёши сал улуғроқ имомини олиб боринг аёлизникига.  Қайнотез билан гаплашишади. Қайнотез мен тўсқинлик қилмаяпман ёшлар ўзилари келиша олишмади дейишга мажбур бўлади кейин Аёлизни отаси қизидан сўрашга мажбур бўлади қизим хоҳлайсанми қайтишни деб. Аёлиз ҳа деса тамом. Опкеторасиз. Қайнонез ғринг деёлмеди эркакларни ишига. Буерда асосий масала аёлиз билан алоқезни тиклаб олишиз.

shavkat изоҳ берди

Shunga o'xshagan xolatni korganman. Agar uyda qaynonani roli katta bo'lsa qizini miyasini zaxarlab qo'yadi. Qaynota ustun bo'lgan uyda baraka bo'ladi.Tinchlik xotirjamlik bo'ladi.Afsus xozir bizda qaynona birinchi shep bo'lgan uylar ko'payib ketyapti.

халм изоҳ берди

Гапиз тугри хотинимнинг оиласида онаси бош кайнотами гапи утмайди Бунака оила билан келешиш жуда кийин экан
***** жавоб берди 0

Maslahatim, siz ham,  eringiz ham biron bir qaror chiqarishdan oldin Shayx Muhammad Soqid Muhammad Yusufning "Baxtiyor oila" nomli kitoblarini to'liq o'qib chiqinglar. 

Allohning nazdida halol hisoblangan lekin uni Alloh hush ko'rmaydigan narsa bu TALOQDIR. Faqatkina ota onaning noroziligi sababli ajrashish yaxshi emas, oxiratini ham o'ylab ko'ringlar. 

Munisa изоҳ берди

Kelin degani xizmatkor degani emasku kelin xam bir ota onaning yaxwi korgan farzandi kelinsan chidiysan orningni bil bolamni berib qoyibman dep xoxlagan gapini gapiradi uriwadi jerkiydi baqiradi turtkilagisi kesa turtkilaydi nastrenyasi bomasa bor alamini kelindan oladi nimaga wunaqa mani qaynanam xuddi wunaqa xicham tuwunmiman iwimdan momilamdan uyim joyim dep xattoki ozimdan pulni ayiyman xammasini biladi erim xam qaynanam xam odam urishsa sababi boliwi kerak bekordan bekor qaynanamam dep bilganini qilib kelinsan bir meni gapimni kotarolmasang nima qilib yuribsan dip uriwvursa kimga yoqadi xayron qolarkansiz bunaqa qaynanalar boliwini kelin bop bildim togri narsani gapirsa xam yoqtirmiydi uruwvuradi indamiy yuriy dep gapirmasdan yursam xam baloga qolaman xich kongliga yol topa olmadim gapirgan gaplarini oylasam oyijon dep etgim kemiydi qanchadan qancha uyatsiz gaplarni ewitaman ayol kiwi bop turib ozini tarbiyasini togirlamiydimi gapirvotgan gapidan uyalmidimi xafa bolib indamiy yursam erimga gijgijlab uriwtiradi qaynanamga qarasam kulib turgan boladi erimni xam tuwunmiy qoldim chida otib ketadi dip yurardi endi esa urib sokib uyinga ket ajrawaman diydigan bogan nima qiliwni bilmiy qoldim naxotki kelinga bir ogiz yaxwi gapiriw kamsitmasdan gapiriw wunchalar qiyin bosa yaxwi oiladan tuwganman xich narsam kam bomagan xich qanday kamchiligim yoq hudoga wukur ozlari ortaxol oiladan bolgani uchunmi bilmiman nimaga past nazar bilan qarab yomon korvuradi xich tuwunmadim birxilpayt qiliqlariga gap sozlariga kulgiz keladi jaxliz chiqadi arziydigan narsa bosa ekan uruwiwga janjallawiwga yigiwtirgan narsalarimni ateylab qiladimi yoki wunaqa yawab organib qolganmi sovhib tawab tawab ketadi odam wu darajada bomasligi kereyde erimdan uje xichqanaqa sado yoq ertalapdan kechgacha iwda damda bogan kunlari xam kochadan kemiydi na oilasiga etibor beradi na mani koynimga qariydi wundo jonimga tegib ketti yawavotganimga 2yil boldi 1 ta farzandimiz bor bolasiga xam mexri yoq wuncha kurawdim xammasi befoyda

Ddd изоҳ берди

Avalambor assalomu alaykum. Tepada yozganlariz mani axvolim bn 6xwaw ekan.  Siz yaxwi niyat qilib s6ren yurgan y6lizda hamma gap Sabr va Shukurda  9 oy ota onamlanikida 6tirib wu narsani bildimki haqiqat egiladi bukiladi lekin sinmidi. Hayorim 6z y6liga tuwti opkettila Olloxga bexisob wukur. Bu hayotde siz hohlasez hohlamasez baribir b6ladi bu narsala.

Lola изоҳ берди

Meni ham Erim shunaqa, onasini gapiga kirib meni uradigan, bolaga mehri yo'q. O'Zim 2 Xotin bo'lib tushganman, oldingi oilasi ham qaynonam rozi bumagan ekan, ajrashgan. Tatar qaynona buganligi uchunmi juda og'zi yomon, meni Faqat yomonlab Faqat so'kib o'tiradi boshqalarga. Qandai u ayolni yaxshi ko'ra olasiz? Erim Faqat oyisini deydi, ona topilmiydi, Xotin topiladi deydi. O'zimni ham yashagim kemiy qoldi. 1ta bolamiz bor. Nima qiliy?
...

Сиз ушбу бўлимда сизни қийнаётган ва қизиқтираётган саволларни бериб жавоб олинг, ва берилган саволарга маслаҳатлар бериб, савол берувчининг мушкулини осон қилинг.
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.