Ассалому алайкум, мeҳмон, сайтимизга кирганингиз учун ташаккур, кўпроқ имкониятларга эга бўлишни хоҳласангиз илтимос "Рўйхатдан ўтинг"!

0овоз

3 bo‘lak sarimsoqpiyozli 1 piyola qaynatilgan iliq suv nahorga ichiladi. Davolash muddati 3 kun.
Dastarbosh giyohi, bo‘yimodaron, erman, qalampirmunchoq. Teng miqdorda olingan aralashmadan 1 oshqoshiq olib, 1 litr qaynoq suvga solib damlaymiz. Har kuni 3 mahal, ovqatdan oldin 1 piyoladan ichish tavsiya etiladi.
Dastarbosh va bo‘yimodarondan 1 oshqoshiq olib, aralashtirib, 1 litr qaynoq suvga solib, 5 daqiqa qaynatamiz. 3 kun kechqurun huqna qilish kerak.
Oshqovoq urug‘ini maydalab, 1 oshqoshiqdan kuniga 3 mahal iste’mol qilinadi. Davolash muddati 3 kun.
Yarim litr sutni qaynatib, unga 2-3 bo‘lak sarimsoqpiyozni maydalab soling, 10 daqiqa olovda tursin. Keyin iliq holatda kechqurun huqna qiling. Davolash muddati 1 hafta.
Oshqovoq urug‘ini po‘stidan ajratib, har kuni ertalab 30 donadan iste’mol qiling. Tushlik va kechqurungi taomga tayyorlanadigan achchiq-chuchukka ko‘p miqdorda sarimsoqpiyoz qo‘shing.
O‘spirin yigit-qizlarga buterbrod ustiga maydalangan sarimsoqpiyoz va tuz sepib, erishish lozim. Tushlikkacha hech narsa iste’mol qilmaslik kerak.
Bir dona o‘rtacha kattalikdagi piyozni maydalab, ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 12 soat tindirib qo‘yiladi. Suzib olib, 4 kun davomida 2 mahal yarim stakandan ichiladi. Bu gijjalarning ostritsa va askaridalar turini yaxshi haydaydi.
Oqqayin kurtaklaridan bir oshqoshiq olib, kechqurun termosga soling, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib, kuniga 4 mahal 50 g.dan ovqatdan yarim soat oldin ichilsa, gijjalarning ostritsa va askarida turlarini haydab tushiradi.

Сизнинг изоҳингиз

Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сайтимиздан бошқа сайтларга, каналларга, гуруҳларга ёзиб тарқатиш учун ёки газета журналларда чоп этиш учун маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт, ЎҒРИЛИК ҚИЛМАНГ!!!
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.