Ассалому алайкум, мeҳмон, сайтимизга кирганингиз учун ташаккур, кўпроқ имкониятларга эга бўлишни хоҳласангиз илтимос "Рўйхатдан ўтинг"!

1овоз

Yigitlar uchun ideal qz bolish szlari

"Qanday turdagi erkaklar ayollarni qadrlaydi?”, "Qanday qilib erkak kishining hurmatiga sazovor bo’lish va uni doimo saqlab qolish mumkin?”. Shu kabi savollarni har ikkinchi qiz (ayol) o’ziga berishi tabiiy. Gap Sizni yigit kishi past yoki yuqori baholashlari haqida emas. Shunchaki, har bir ayol o’z yarmi uchun yakkayu- yagona, suyukli va albatta unig idealidagi "malika” bo’lishni istaydi. Hozirgi zamonda ideal bo’lish bu-unvon emas, balki ayol kishi uchun jiddiy va har kunlik ishdir. "Mening asarimning qahramoni” Har bir oddiy, romantika va obrazlardan uzoq, ayol orzularidan behabar erkak, o’zining himoyasiz va nozikkinna juftini himoya qilib, uy variantida bo’lsada qahramon "supermen” bo’lishni istaydi. Shuning uchun ham ideal ayol o’z jufti "qahramonliklari” ni har doim rag’batlantirib turishlari ma’qul. Balki bu qahramonlik ulkan ish emasdur, lekin bu ish uchun eringizga chin dildan minnatdorchilik va quvonch bildirsangiz, u har safar o’zining imkoniyatlariga ishona boshlaydi va bu imkoniyatlarni yanada orttirishga intiladi. Erkaklar orasida shunday gap bor: har bir omadli erkak suyukli yorga ega bo’lishga xaqli. Siz maqtovlaringiz bilan eringizni o’zini omadli deb his qilishi uchun imkoniyatlar yarating. Erkak kishining yaxshi jihati borligini isbotlab bera olgan ayol, albatta u uchun idealdir. Har bir kuchli jins sohibi (erkak kishi) o’zining kuch manbai bo’lgan har bir narsani qimmatli deb biladi va ardoqlaydi. "Hamma sevishni istaydi…” E’tibor berganmisiz, hofizlarimizning kuylari nafaqat sevish, balki sevilish haqida hamdir. Hatto juda kuchli, obro’li, jiddiy erkak ich-ichidan uni uyida kimdir kutayotganini, uni sevishini, unga ishonishini va unga xiyonat qilmaydigan odam borligini his qilishni hohlaydi. Uni yoshligida onasi va buvisi uyda kutgan paytlarida ham bu "mitti” ideal mavjud bo’lgan. "Sening qiziqishlaring-mening qiziqishlarim” Erkak kishi idealini o’z do’sti, ishonchli jufti, o’zining tarafdori deb biladi. Shuning uchun ayol kishi juftining barcha qiziqishlarini hotirjam qabul qilishi kerak (hobbi, qiziqishlar…). Bunda erkak kishining avtomobil yoki motosikllarga qiziqishi, balki Afrika shilliq qurtlari hayotini o’rganishi muhim emas. Ko’z yoshingni art! Erkaklar ayollar singari his- tuyg’ularga beriluvchan emas. Shuning uchun ular singan tirnoq, lirik qo’shiq, badiiy filmdagi yurakni ezuvchi sahna ustida kuyib-pishishingizni qiyinchlik bilan qabul qilishadi. Uning idealiga aylanish va raqiblar orasida g’olib bo’lish uchun yaxshilik to’lqinlariga moslashing. Bu-o’z qiziqishlaringizdan voz keching degani emas. Yurakni ezuvchi filmni dugonangiz bilan ko’rishingiz ham mumkin. Yana bir maslahat: kuchli universal ayol bo’lishga, barcha muammolarni yolg’iz hal etishga intilmang. Ayolning kuchi uning ojizligidadir. Erkak kishi uchun ideal ayol-billyur guldonga o’xshaydi. Uni doimo asrab- avaylashga intilishadi. Erkak kishi yonidagi asosiy vazifangiz, nazokatli, chiroyli, orasta bo’lishdir. Erka kishi ko’zlari bilan sevadi. Agarda erkakning ishlaridan mamnunligingizni sezdirib tursangiz, u sizni boshida ko’taradi. Uni ko’proq maqtang. Begona odamlar yonida kamtarroq bo’ling, ko’p gapirmang. Juftingizga aql o’rgatishdan ehtiyot bo’ling. Chunki u bunday holatda bergan maslahatingizni teskarisini bajarishi mumkin. Umuman olganda, samimiy, yaxshilikka intiluvchan, juftingizni boricha sevishga harakat qiluvchi ayol bo’ling.

2 та изоҳ

Malvina изоҳ ёзди 0
mani bo'lajak turmush o'rtog'imga nima yoqish yoqmasligini bilmayman? nima deb savol bersam ham ha,hm,yoq,balki deb javob beradi. man bazida mani sevmasalar kerak kungillarida boshqa bo'lsa kerak deb uylayman? shu uylagan fikrim qanchalik to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini qanday bilsam bo'ladi?

Lalitte изоҳ берди

Bir tarafdan unga ko'p savollar bermang yalinmang.Vazmn,irodali qiz bo'ling va o'zingizga hech bir so'z-u harakatsiz uni e'tiborini qaratishga harakat qiling.Omad!!!! :)
Ерингизга ишонг ва уни хм ха йук диган жавоблари уни табиатидан фел атвори огирлигидан далолат беради

Сизнинг изоҳингиз

Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сайтимиздан бошқа сайтларга, каналларга, гуруҳларга ёзиб тарқатиш учун ёки газета журналларда чоп этиш учун маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт, ЎҒРИЛИК ҚИЛМАНГ!!!
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.