Ассалому алайкум, мeҳмон, сайтимизга кирганингиз учун ташаккур, кўпроқ имкониятларга эга бўлишни хоҳласангиз илтимос "Рўйхатдан ўтинг"!

1овоз

Hammaga Assalomu alaykum. Bu maslahatim to'kilib ketayotgan sochlardan aziyat chekayotgan dugonajonlarim uchun.

Meni sochlarim juda siyrak va nimjon yoshim 17 da bizning avlodda soch to'kilish bilan kechadigan kasallikga bo'lgan moyillik juda yuqori. Mening sochlarim judayam to'kilgani yo'q lekin to'kilishni boshladi, bu to'kilyatgan soha boshimni yuqori qismidan boshlanayotgandi. Men har xil bozordagi niqoblardan sotib olib sinab ko'rdim lekin men istagandek natijani sezmadim, juda ko'p izlandim dori darmon bilan natijasini ko'rish uzoq vaqt va sabr talab qiladi va bulardan natija ko'rish aniq emas.
Ohiri javobini topdim shunday oddiy davosi bor ekanki shu vaqtgacha anashu muolajani qilmaganimga juda afsus qilyabman. Bu muolajani tayyorlab sochlar uchun surtish juda noqulay bo'lishi mumkin lekin nimagadir erishish uchun nimadandir voz kechish kerak degan naqlga amal qilib foydalangan joiz deb bildim. Men hozir ham buni qillashda davom etyabman, to'g'risini aytsam men bu muolajani boshlaganimga endi 1 hafta bo'ldi, men bu hafta ichida 3 marta qildim lekin shu ozgina vaqt ichida ancha natijalar ko'rdim. Ular quyidagicha:

Kerakli narsalar: Oddiy sarimsoq piyoz, oddiy piyoz va achchiq bodom yog'i.

Men bularni hammasidan birdaniga foydalanmadim. 1-chi ikki kunda sarimsoq piyozni myasorubka yordamida maydalab suvini ajratib oldim anashu suviga bodom yog'i yoki zaytun bo'lmasam kana kunjut yog'idan qo'shib qo'yiltirib olib sochimni to'kilgan sohalariga ildizlari bilan yaxshilab surtib chiqdim, sochimda 30-45 daqiqa turdi keyin shampun bilan yuvib tashladim, 2 kun o'tgach faqat bodom yog'ini o'zini surtdim uni ham 30-45 daqiqadan keyin yuvib tashlasangiz bo'laveradi yana 2 kundan so'ng yani bugun oddiy piyozni ham myasorubka bilan maydalab 1 soatga chetro joyga qo'ydim keyin u vaqt ichida piyoz ancha o'zini tarkibidagi barcha suvini chiqarish uchun juda qulay bo'lib qoldi, so'ng uni huddi sarimsoq piyoz kabi suvini ajratdim va suviga tuxumni oqini qo'shdim chunki unda vitamin oqsil juda ko'p va ozgina bodom yog'i qo'shib sochlarimni ildizidan uchigacha surtdim va 30 daqiqadan ko'pro turdi keyin yuvdim shampun bilan.
Yuvayotgan payitimda sochlarimni avvalgi to'kilishiga nisbatan 4 dan biri bo'ldi avval sochlarimni yuvayotganimda sal qo'limda boshimni ishqaloyatganimda shunaqa sinib ketardi bugun uni deyarli sezmadim. Menga bu muolajani hali ohirigach ko'rsa sezadigan darajaga yetmabdiku deyishlarin mumkin lekin buni o'zim sezdim.
Sochlarimni dazmol juda ko'p qilar edim endi dazmolni yelkamni chuquri ko'rsin deb qoydim tog'risi. Eslaring bo'lsa aziz dugonajonlar opajonlar sochlaringa sirayam dazmolni yaqinlashtirmelar.
Meni bir tanish opa honim bor edi anashu opamni qizchasi bor edi sochlari juda siyrakdi keyin sochlariga chesnokni suvini 3 oy to'htovsiz surkadim dedi natijasi yahshi bo'ldi men ham buni qo'llashni boshladim uni qo'llashni boshlaganimga hali 3 oy bo'lmasada effectini bildim sochim ajoyib bo'lib qoldi, juda mayin va tekkis. Men bu maslahatni haqiqiy natijaga erishgandan so'ng yozmoqchi edim lekin buni 1 haftadayoq sezdim shuning uchun natijani ko'rib tezroq yordam beray mendaqa qizlar qanchaku deb juda shoshildim. Yana 2-3 haftadan keyin keyingi natijalarni yozishda davom etaman ungacha xoh qo'llanglar xoh kutinglar.

Maslahatim sizlarga ham umid qilamanki manzur bo'ldi . Agar shu mavzuga oid fikrlaring savollaring yoki qo'shimchalaring bo'lsa izoh qoldiringlar. E'tiborlaring uchun katta rahmat hammaga.

4 та изоҳ

Зухриддин изоҳ ёзди 0
Угил болалар хам фойдаланса буладими ушбу муолажадан?
Muslima изоҳ ёзди 0
iltimos sizlardan bu maslahatni shifokor tavsiyasi bilan qo'llashingizni so'rayman men o'zim ham bu muolajani qilishni to'xtatdim .men bu haqida hudoga shukur yomon natijaga erishganim yoq lekn sarimsoq piyozni tarkibida kuydiruvchi hususiyat borligini va u hususiyat bosh terisi uchun zararli bolish ehtimmolliligi borligi uchun men bu muolajaga chek qoydm .ming bor uzur sizlardan
Hilola изоҳ ёзди 0
Ajoyib tavsiya Muslima opa. Men ham shu muolajani qlib kormoqchiman. Yxshilik qilay deb niyat qilibsiz Alloh sizni asrasin.
zokki изоҳ ёзди 0
salom ogil bollargayam buladimi yo faqat qizlargami

Сизнинг изоҳингиз

Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сайтимиздан бошқа сайтларга, каналларга, гуруҳларга ёзиб тарқатиш учун ёки газета журналларда чоп этиш учун маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт, ЎҒРИЛИК ҚИЛМАНГ!!!
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.