Ассалому алайкум, мeҳмон, сайтимизга кирганингиз учун ташаккур, кўпроқ имкониятларга эга бўлишни хоҳласангиз илтимос "Рўйхатдан ўтинг"!

0овоз

Sochda qazg`oq ko`payishi sizni tashvishga solayotgan bo`lsa, quyidagi reseptlar yordamida buning oldini olish mumkin:
Qichitqi o`t (gazanda). Yangi uzilgan yoki quruq gazanda barglarini ezib, 1 stakan qaynoq suvga solib, bir kunga damlab qo`ying va ertasi kuni suyuqlikni dokadan suzib oling. Damlamani 2 oy davomida haftada 2 marta bosh terisiga surish lozim. Asal. Bir choy qoshiqdan asal, smetana, kanakunjut moyi va ikki bo`lak ezilgan sarimsoqpiyozni aralashtiring. Bu vosita sochlaringizdagi qazg`oqlarni kamaytirishda samarali yordam beradi. Mazkur niqobdan haftada bir marta foydalanishingiz mumkin.
Limon sharbati. Yarimta limonni siqib, sharbatini ajratib oling. Kanakunjut, zaytun va kungaboqar yog`idan bir choy qoshiqdan olib, limon sharbatiga aralashtiring. Ushbu aralashmani soch yuvishdan yarim soat oldin sochlaringizga suring. Limon po`stlog`i. 6 dona limon mevasi po`stlog`ini ajratib olib, 1 litr suvga soling. Aralashmani 15 daqiqa qaynatish lozim, olovni o`chirib, damlamani sovuting, dokada suzib oling. Ushbu damlamada sochlaringizni haftada bir marta yuvishingiz mumkin.
Yog`li qazg`oq bo`lsa yoki soch to`kilsa, bosh terisiga haftada 2-3 marta kalendulaning spirtli damlamasi surish mumkin. Sochlar sochiq bilan o`ralib, 30 daqiqadan so`ng iliq suvda yuviladi.

Zaytun yog`i. To`rt osh qoshiq zaytun yog`ini qizdirib, unga yarimta limondan olingan sharbatni aralashtiring. Iliq massani bosh terisiga suring. Bir soatdan so`ng sochlaringizni odatiy haroratdagi suvda yuvib olishingiz mumkin.

Agar foyda bermasa…
Agarda yuqoridagi reseptlar, damlamalar, niqoblar qazg`oqlarni yo`qotishga yordam bermasa, foydalanayotgan shampuningizni almashtiring. Ular, ehtimol sochlaringiz, bosh teringizni keragidan ortiqcha quritib yoki namlantirib yuborayotgandir. Doimo katta-katta shakldagi qazg`oqlar sizni bezovta qilsa, dermatologga murojaat qilib ko`ring: qazg`oqlarni teri zamburug` kasalliklari chaqirgan bo`lishi ham mumkin. Qazg`oqdan umrbod qutulishning iloji yo`q, teri ma`lum fursat ichida yangilanib turishi odatiy hayotiy jarayondir. Biroq ularni yuqoridagi
reseptlar yoki mutaxassis maslahati va ko`magi bilan kamaytirish mumkin.

Сизнинг изоҳингиз

Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сайтимиздан бошқа сайтларга, каналларга, гуруҳларга ёзиб тарқатиш учун ёки газета журналларда чоп этиш учун маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт, ЎҒРИЛИК ҚИЛМАНГ!!!
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.