Ассалому алайкум, мeҳмон, сайтимизга кирганингиз учун ташаккур, кўпроқ имкониятларга эга бўлишни хоҳласангиз илтимос "Рўйхатдан ўтинг"!

0овоз

KIYIMLARDAGI TURLI DOG`LARNI KETKAZISH

Kirlangan jun va ipak gazlamalarning kirlangan joylarini benzin, atseton, novshadil spirti yoki ularning aralashmasi (teng nisbatdagi)ga botirilgan jun gazlama bilan artish kerak. Ortiqcha suyuqlik bosma qog‘ozga shimdiriladi.

Dog‘lardagi qolgan izlarni novshadil spirti bilan (1/2 stakan suvga 1 choy qoshiq novshadil spirti qo‘shiladi) artish kerak. Novshadil spirti eritmasining gazlama rangiga qanday ta’sir etishini avval tekshirib kurish lozim.

Siyoh ruchka pastasi dog‘ini limon yoki tartrat kislota bilan ketkazish mumkin.

Rangli gazlama buyumlardagi siyoh dog‘ini yo‘qotish uchun glitserin bilan denaturat aralashmasi (2 kism glitserin va 5 qism denaturat) ishlatiladi. Jun va tabiiy ipak gazlamalaridagi siyoh dogini eng yaxshisi denaturat va xlorid kislota aralashmasi (1 oshqoshiq denaturatga 2-3 tomchi xlorid kislota qo‘shiladi) bilan ketkazgan ma’qul.

Dog‘ ketkazilgandan keyin uning o‘rnini suv bilan yaxshilab yuvish zarur. Bu usulni boshqa turdagi gazlamalarga ishlatib bo‘lmaydi. Yangi siyoh dog‘ini yo‘qotish uchun suyultirilgan novshadil spirti va ichimlik sodasi (1-2 choy koshigi 1 stakan suvga) ishlatsa ham bo‘ladi.

Sochiq, kiyimbosh va boshqa buyumlardagi rangli dog‘lar issik suv bilan yuvib ketkaziladi. Buning uchun buyumning dog‘li joyi biror idish misol chelak tepasiga tortiladi va ustidan dog‘i ketguncha suv quyiladi. Vaqt tig‘iz bo‘lsa, dog‘ni tez ketkazish uchun yangi dog‘ ustiga osh tuzi sepiladi.

Oq rangli gazlamalardagi dog‘larni maxsus preparatlar bilan ketkazgan ma’qul. Hozir do‘konlarda har xilini uchratish mumkin. Oq kiyimdagi eski dog‘larni ketkazishda novshadil spirti va vodorod peroksidi bilan ham ketkazsa bo‘ladi.

1 та изоҳ

Асила изоҳ ёзди 0
Шимдаги клейни кандай йук килса булади

Сизнинг изоҳингиз

Махфийлик шарти: Сизнинг электрон манзилингиздан фақат билдиришномалар юбориш мақсадида фойдаланилади.

Келгусида бундай текширувдан ўтмаслик учун, илтимос, киринг ёки рўйхатдан ўтинг.
...

Сайтимиздан бошқа сайтларга, каналларга, гуруҳларга ёзиб тарқатиш учун ёки газета журналларда чоп этиш учун маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт, ЎҒРИЛИК ҚИЛМАНГ!!!
Сайтга фойдаланувчи томонидан қўшилган ёлғон ёки инсон онгига салбий таъсир ўтказадиган маълумотлар, қолдирилган фикрлар ва изоҳларга жавобгарликни сайт маъмурияти ўз зиммасига олмайди.